Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

192
8
-moddasi
da ko‘zda tutilgan jinoyat 
obyektiv tomondan
, tadbirkorlik subyektlarining hisobvaraqlarida pul 
mablag‘lari mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlarida nazarda 
tutilmagan hollarda talab qilib olishda ifodalanadi. Mazkur ma’lumotlar 
yozma yoki og‘zaki shaklda talab qilinishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Jinoiy faoliyatdan 
olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni berish tartibi to‘g‘risida»gi Qaror 
hamda Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va 
terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bog‘liq axborotni 
berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan Departament quyidagi hollarda 
tashkilotga qo‘shimcha axborotni va tegishli operatsiya bo‘yicha 
hujjatlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etish 
to‘g‘risida yozma so‘rovnoma jo‘natishga haqlidir: 
operatsiya to‘g‘risida olingan axborotning ishonchliligini tekshirish 
zarurati bo‘lganda; 
bunday operatsiyaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni 
legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga 
oshirilayotgan bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lganda; 
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni 
moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni bajarish 
doirasida. 
Departamentning axborot va hujjatlar taqdim etish to‘g‘risidagi yozma 
so‘rovnomalari Departamentning rasmiy blankalarida rasmiylashtiriladi 
hamda Departament rahbari yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan 
imzolanadi va maxsus pochta aloqasi vositasida tashkilotlarga jo‘natiladi. 
265 


Shuningdek, tadbirkorlik subyektining bank hisobvaraqlarida pul 
mablag‘lari haqidagi ma’lumot prokuratura, tergov va surishtiruv 
organlari, sud va sud ijrochisi, davlat soliq xizmati organlariga taqdim 
etilishi mumkin. 
Jumladan, «Bank siri to‘g‘risida»gi Qonunga asosan, bank sirini tashkil 
etuvchi ma’lumotlar prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga mazkur 
bank mijoziga (vakiliga) nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi mavjud 
bo‘lgan taqdirda, yetkazilgan zarar undirib olinishini yoki uning mol-
mulki xatlanishini ta’minlash maqsadida tergovchi yoxud 
surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga binoan prokuror sanktsiyasi 
bilan taqdim etiladi (9-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni 
prokuratura, tergov va surishtiruv organlariga taqdim etish); bank sirini 
tashkil etuvchi ma’lumotlar sudga uning yozma so‘rovi asosida, mazkur 
bank mijoziga (vakiliga) nisbatan sudning ish yurituvidagi ishlar bo‘yicha 
taqdim etiladi. 
Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar sud ijrochisiga uning yozma 
so‘rovi asosida, sudning undiruvni mazkur bank mijozining (vakilining) 
mol-mulkiga qaratish to‘g‘risidagi yoki bu mijozning (vakilning) mol-
mulkini xatlash haqidagi qonuniy kuchga kirgan qarori bo‘lgan taqdirda 
taqdim etiladi. (10-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni sudga 
va sud ijrosiga taqdim etish); Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar 
davlat soliq xizmati organlariga bank mijoziga (vakiliga) soliq solish 
masalalariga taalluqli hollarda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etiladi 
(11-modda. Bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati 
organlariga taqdim etish). 
Bunda shuni ta’kidlash lozimki, yetarli asoslar mavjudligida, bank 
operatsiyalari yoki bank hisobvaraqlarida saqlanayotgan pub mablag‘lari 
haqidagi ma’lumotlarni talab qilib olish tartibini buzish, mazkur jinoyat 
tarkibining obyektiv tomoni belgisi sifatida tan olinishi mumkin emas. 
Jinoyat shunday harakatlar uchun 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish