Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

NOTA BENE ! 
Iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob 
bermaydigan tovarlar, ishlar, xizmatlar 
deganda, odatdagi sharoitlarda 
iste’mol qilish, foydalanish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, utilizatsiya 
qilish, shuningdek, ish yoki xizmatlar natijasidan foydalanish natijasida 
iste’molchilarning hayoti, sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 
tovar, ish yoki xizmat tushuniladi. 
Tovarlarning (ish, xizmat) sifati va xavfsizligiga qo‘yiladigan majburiy 
talablar quyidagi 
normativ hujjatlarda 
belgilanadi: standartlar va shunga 
tenglashtirilgan boshqa hujjatlar (qurilish normalari va qoidalari), texnik 
shartlar, texnik tavsiflar va boshqa hujjatlar. 
Mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun 
tovarlar (ish, xizmat)ni 
sertifikatlashtirishdan 
o‘tkaziladi. O‘tkazilgan 
sifat bo‘yicha sertifikatlashtirishdan so‘ng tegishli organlar tomonidan 
muvofiqlik sertifikati 
beriladi. 
Muvofiqlik sertifikati 
— sertifikatlangan mahsulotning belgilangan 
talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi 
qoidalariga binoan berilgan hujjat. 
Sertifikatlashtirish majburiy va ixtiyoriy tusda bo‘ladi. 
Majburiy sertifikatlashtirish 
ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot 
xususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni 
sinashni, nazorat yo‘sinidagi tekshiruvni va sertifikatlangan mahsulot 
ustidan nazoratni o‘z ichiga oladi («Mahsulotlar va xizmatlarni 
sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 11-moddasi). 
Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yxatini O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi («Mahsulotlar va 
192 


xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunning 10-moddasi). 
«Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi 
Qonunning 12-moddasiga ko‘ra: «Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim 
bo‘lgan mahsulotlar quyidagi hollarda: sertifikatlashtirishga taqdim 
etilmagan bo‘lsa; sertifikatlashtirish talablariga muvofiq emasligi sababli 
sertifikatlashtirishdan o‘tmagan bo‘lsa; 
agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi 
to‘xtatib qo‘yilgan (bekor qilingan) bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi 
hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas. 
Qonunga xilof tarzda muvofiqlik belgisi bosilgan mahsulotlarni 
realizatsiya qilish man etiladi». 
O‘zbekiston Respublikasi «Mahsulotlar va xizmatlarni 
sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunining 17-moddasiga ko‘ra, har 
qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq ekanligini 
tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaxsning tashabbusi bilan 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish