beriladigan) identifikatsiyalash nomeri mavjud bo‘lgan taqdirda amalga
oshiriladi.
Muvofiqlik belgisini qo‘yish joylari, uning shakli, hajmi va boshqa
parametrlari standartlar bilan belgilanadi.
Xususan, alkogolli mahsulotning tashqi o‘ram belgisida:
tegishli
raqamlangan muvofiqlik belgisi, «O‘zstandart»ning Davlat reyestridan
ro‘yxatdan olinganlik belgisi va korxonaning kodi, Aksiz markaga mos
keluvchi kod, shuningdek, amaldagi normativ hujjatlar talablariga mos
keluvchi boshqa ma’lumotlar bo‘lishi zarur
1
.
Mahsulotni
idishlarga quyish, tiqinlash, yorliqlash va Aksiz markalari
hamda muvofiqlik belgisi bilan markalash amaldagi Standart talablariga
muvofiq va «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan Alkogolli
mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibiga muvofiq amalga
oshiriladi. Ishlab chiqarish tashkilotlari, import qiluvchilar, savdo
tashkilotlari va yakka tadbirkorlik subyektlari
tovarlar va mahsulotlarni
muvofiqlik belgilari bilan markalashtirish bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi tashkilotlar agar tovar va mahsulotlar ularning ishlab
chiqarish jarayonida markalashtirilgan bo‘lsa, qo‘shimcha ravishda
markalashga haqli emaslar.
Chet el oziq-ovqat va tamaki mahsulotlaridan ishlab chiqarilgan
alkogolli va tamaki mahsulotlarini Vazirlar Mahkamasining ruxsatisiz olib
kirish taqiqlanadi.
— «Vino-aroq mahsulotlari va boshqa alkogolli mahsulotni idishlarga
quyish tsexlarida har oyning birinchi kunida
alkogolli mahsulotlar
qoldiqlarini chiqarib olish, idishlarning, Aksiz
markalarining,
yorliqlarning, tiqinlarning va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni
tayyorlashga taalluqli boshqa moddiy boyliklarning holatini aniqlash yo‘li
bilan hisobga olish amalga oshiriladi. Ushbu moddiy resurslarning tezkor
hisobi har kuni olib boriladi»
2
.
1
Ўзбекистон Республикаси ҳудудидаги корхоналар томонидан чиқарилаётган алкоголли маҳсулотларни
Мувофиқлик белгиси билан маркалаш тартиби (Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 1998
йил 24 августда 480-сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган, Ўзбекистон Республикаси «Ўздавстандарт» томо-
нидан 1998 йил 10 июнда тасдиқланган), 2.6-банд.
2
Қаранг:
Спирт ва алкоголли маҳсулотларни ишлаб чиқариш, идишларга қуйиш, сақлаш ва улгуржи
сотишни ҳисобга олиш ҳамда назорат қилишга оид Низом (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг
1998
йил 2 июлдаги 275-сон қарори билан тасдиқланган), 11-банд.
201
Amaldagi qonun hujjatlari talablarini
buzgan holda etil spirti, alkogolli
mahsulotlari yoki tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish taqiqlanadi.
Agar etil spirti, alkogolli mahsulotlar yoki tamaki mahsulotlarini ishlab
chiqaruvchi korxona belgilangan texnik talablarga rioya etmasa va
iste’molchilarning xavfsizlik talablariga javob bermaydigan mahsulotlar
ishlab chiqargan taqdirda, qilmishni JK 186-moddasi
bilan kvalifikatsiya
qilish lozim. Agar bu holatda ishlab chiqarishning o‘zi ham noqonuniy
bo‘lgan taqdirda qilmishni JK 186-moddasi va
Do'stlaringiz bilan baham: