Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan 
o‘tkazilishi mumkin. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tovarlarga qonunga muvofiq majburiy 
ravishda 
yaroqlilik muddati 
o‘rnatiladi. Yaroqlilik (saqlash) muddati 
muayyan davr bo‘lib, bu davrda tovar foydalanishga yaroqli bo‘ladi va u 
tamom bo‘lgach, tovar odamlar hayoti hamda sog‘lig‘i uchun xavf 
tug‘dirishi mumkin. 
Ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tovar (ish, xizmat)ning xizmat muddati yoki 
yaroqlilik muddati mobaynida, agar bunday muddat belgilanmagan bo‘lsa, 
tovar iste’molchiga sotilgan (ish bajarilgan) kundan e’tiboran o‘n yil 
mobaynida uning xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi shart. 
«Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonunning 
12-moddasiga ko‘ra: «Agar tovar (ish, xizmat)dan xavfsiz foydalanish 
yoki uni shu tarzda tashish va saqlash uchun maxsus qoidalarga rioya etish 
zarur bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi) bunday qoidalarni ishlab chiqishi
sotuvchi (ijrochi) esa, ularni iste’molchilar e’tiboriga yetkazishi shart. 
Agar tovardan foydalanish, uni saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish, 
ish (xizmat) natijalari iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i, mol-mulkiga yoki 
atrof muhitga zarar yetkazayotganligi yoxud zarar yetkazishi mumkinligi 
193 


aniqlansa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) zarar keltiruvchi sabablar 
bartaraf etilgunga qadar ularni ishlab chiqarishni (bajarishni, uni 
realizatsiya qilishni) darhol to‘xtatishi, muomaladan chiqarish va 
iste’molchilardan qaytarib olish choralarini ko‘rishi shart. 
Zarar yetkazilishining sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan 
taqdirda, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bunday tovarni ishlab 
chiqarishdan olib tashlashi, ishni bajarish va xizmat ko‘rsatishni tugatishi 
shart, bunda oziq-ovqatga mo‘ljallangan tovarlar va maishiy kimyo 
tovarlari sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan utilizatsiya qilinishi 
shart. Bu majburiyatlar sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi (ijrochi) 
tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib 
tashlash, ishni bajarish va xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish, ularni 
muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish tovarning 
(ishning, xizmatning) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga 
oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari ko‘rsatmasiga binoan amalga 
oshiriladi». 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish