TA‟LIM JARAYONINI FAOLLASHTIRISHDA PEDAGOGIK
TEXNOLOGIYALARDA INTERFAOL TA‟LIMNING O„RNI
301-KT(MKK) guruh talabasi
Jabborov Xurshid., “Kasb ta`lim” kafedrasi
o`qituvchisi To`rayeva Nargiza
Ma‘lumki, har qanday texnologiya ta‘limning yangi mazmunini
shakllantiruvchi ta‘lim tamoyillariga asoslanadi va ta‘lim oluvchi shaxsini
tarbiyalash, unda mehnat va muayyan yo‗nalishlarda kasbiy ko‗nikmalarni hosil
qilishga yo‗naltiriladi. Ta‘lim jarayonining faol sub‘ektlari o‗qituvchi va
o‗quvchilar bo‗lib, ularning hamkorlikdagi faoliyatlari muayyan mavzu (yoki
fanlar asoslari) bo‗yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy va amaliy
bilimlarni chuqur o‗zlashtirish imkonini beruvchi jarayonning umumiy
mohiyatini tavsiflaydi
.
Hozirgi vaqtga kelib
Respublikamizning ta‘lim
muassasalarida faoliyat
ko„rsatayotgan pedagog xodimlarga malaka oshirish kehg
yo`lga
qo`yildi
.Malaka
oshirishning
asosiy
maqsadi
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalar va interfaol usullarni o‗rgatish, pedagogika va
psixologiya fanlariga oid bilimlarini yanada mustahkamlash va olgan bilimlarini
o‗quv-tarbiya jarayoniga qo‗llay olishlariga erishish, shuningdek, ularga
pedagogik mahorat sirlarini ochib berish, pedagogik va axborot texnologiyalarni
amaliyotga joriy etishda pedagog- o‗qituvchilarning kasbiy malakasi va
mahoratini oshirishga amaliy yordam ko‗rsatishdir.Umuman olganda, dars
jarayonida interfaol usullardan foydalanish talabalarning mustaqil ijobiy fikr
qobiliyatini rivojlantirib, fanni chuqur va puxta egallash, shuningdek, bozor
iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyatga
ega bo‗lmoqda.
Demak,
‖ Ta‘lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga
yo‗naltirilgan pedagogik texnologiyalar‖ni qo‗llashdan maqsad:
-bo‗lajak mutaxassislarni mavjud pedagogik qonuniyatlar va aniq shart-
sharoitga, asosan ta‘lim-tarbiya jarayonini loyihalash samarali metod va
vositalarni tanlashga o‗rgatishdan iborat
-ta‘lim-tarbiya maqsadi, mazmunini va optimal metodlarini qo‗llash
ko‗nikma va malakalarini shakllantirish
-pedagogik diognostika qobiliyatini o‗stirishdan iborat.
Ta‘lim jarayonini faollashtirish va jadallashtirishga yo‗naltirilgan
pedagogik texnologiyalarning o‗ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va
‗qituvchilarning birgalikda faoliyat ko‗rsatishi orqali amalga oshiriladi.Bunday
pedagogik hamkorlik jarayoni o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lib, ularga:
o‗quvchining dars davomida befarq bo‗lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod
qilish va izlanishga jalb etilishi;
-o‗quvchilarning
o‗quv jarayonida fanga bo‗lgan qiziqishlarini
doimiyligini ta‘minlanishi;
-o‗quvchilarning fanga bo‗lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir
masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirilishi;
214
-pedagog va o‗quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda
tashkil etishlari kiradi.
o‗quvchini o‗z fikrini bayon qila olish, himoyalash, isbotlay olishga
odatlantirish;
O‗quvchi shaxsi, uning mustaqil bilish faoliyati ta‘lim jarayonida
rivojlanib borishi tufayli ta‘lim metodlarini takomillashtirishga ehtiyoj tug‗iladi.
Shu tariqa ta‘lim jarayonini mazmunan umumlashtirish konsepsiyasi, ta‘limni
algoritmlashtirish, muammoli ta‘lim, aqliy faoliyatni bosqichlab shakllantirish
nazariyasi, ta‘limda hamkorlik faoliyati, kabi g‗oyalar yuzaga keladi.Bu hol
avtoritar pedagogika o‗z o‗rnini hamkorlik pedagogikasiga berishini taqozo etadi.
Endi o‗qituvchi o‗quvchining rahnomosi, eng yaqin odami, hamdardi bo`lib
qoladi. Shuning uchun ham ta‘lim jarayoniga pedagogik texnologiyalar, interfaol
metodlar jadal suratlar bilan kirib bormoqda.Ta‘limda interfaol metod- bu
o‗quvchi bilan o‗qituvchi o‗rtasida ta‘limni o‗zlashtirish munosabatlarini yanada
kuchaytirish, faollashtirish demakdir.Interfaol metodni q o`llaganda talaba o`zini
erkin his eta oladi vaerkin fikirlaydi qolaversa o`z ustida izlanadi.Pedagogik
texnologiya ta‘lim tizimida mazmunan unga tegishli bo‗lgan dasturlar, darsliklar
va o‗quv qo‗llanmalar, ko‗rgazmali qurollar va texnik vositalarni umumlashtirish
jarayonidir.Hozirda maktabgacha ta`lim muassalarida ham maktablarda ham
boshlang‗ich sinflardanoq interfaol pedagogik texnologiyalarning ularning
yoshiga mos elementlarini qo‗llab darslarni tashkil etish o‗quv jarayonini
faollashtirish
va
jadallashtirishda
katta
ijobiy
natijalar
berayotganini
ko‗rsatadi.Interfaol pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning
afzalliklari shundan iboratki, bunday darslar tizimi tafakkurni charxlaydigan,
Vatanga cheksiz muhabbat, sadoqatni, fuqarolik axloqi va demokratik
madaniyatni shakllantiruvchi fan asosi bo‗lib xizmat qiladi. Fanlarni o‗qitishda
―Guruhlar bilan ishlash‖, ―Munozara‖, ―Muammoli o‗qitish‖, ―Aqliy hujum‖ kabi
metodlar, shuningdek jadvallar bilan ishlash, mustaqil fikrni ifodalaydigan yozma
ishlar, insholar yozish o‗quvchilar faolliginioshiradi. Bu metodlar asosida olib
borilgan ana shunday darslar vaqt tejamkorligi bilan birga, yangi bilimlarni
o‗quvchiga yetkazib beradi, shuning bilan birga bolani o‗ylantiradigan, chuqur
mushohadaga undaydigan, butun diqqat e‘tiborini o‗ziga jalb qila oladigan,
muammoli vaziyatlar, bahs-tortishuvlarda to‗g‗ri xulosalar bilan vaziyatdan
chiroyli chiqib keta oladigan va olgan bilimlarini boshqa mavzular bilan bog‗lab,
umumlashtiradigan sharoitga ega bo‗ladi..Bu usullar o‗quvchilarning nutq,
tafakkur, mulohaza, zehn iste‘dod, zakovatlarini o‗stirish orqali ularning mustaqil
fikrlaydigan, komil insonlar bo‗lib yetishlariga xizmat qiladi.«Interfaol»
tushunchasi inglizcha «interact» so‗zidan olingan.( «inter» –«birgalikda», «act» –
«harakat qilish»). Interfaol o‗qitish – bu kognitiv faoliyatni tashkil etishning
maxsus turidir. Unda to‗liq, aniq va rejalashtirilayotgan maqsadlar bo‗ladi. Ushbu
maqsadlardan biri – o‗qitish jarayonida shunday yuqori darajadagi sharoit
yaratish kerakki, unda tinglovchi o‗qitish jarayonini produktiv jarayonga
aylantiruvchi o‗zining muvaffaqiyati, intellektual darajasini anglab yetishi
lozim.
Interfaol ta‟lim usuli
– har bir o‗qituvchi tomonidan mavjud vositalar va
o‗z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o‗quvchi o‗z
motivlari va intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o‗zlashtiradi.
Pedagogik texnologiya mexanizmi – uni amalga oshirish va samarali qo‗llash
215
uchun zarur bilim, ko‗nikma, malakalarni egallash, qulay sharoitlarni yaratish,
zamonaviy o‗quv vositalari, darsliklar, qo‗shimcha adabiyotlar bilan ta‘minlash
hamda o‗quvchilarning darsda faol ishtirok etishlari uchun zarur barcha
tayyorgarliklarni amalga oshirish, darsda ularning hamma imkoniyatlarini
hisobga olgan holda, maqsadga muvofiq texnologiyalarni to‗g‗ri tanlash va
qo‗llashni nazarda tutadi.
Interfaol mashg‗ulot modeli
Do'stlaringiz bilan baham: |