Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълимвазирлиги мирзо улуғбек номидаги


ZOOLOGIYA O`QUV FANIDA BADIIY ADABIYOTLARDAN



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/192
Sana13.05.2022
Hajmi4,25 Mb.
#603391
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   192
Bog'liq
IV qism

ZOOLOGIYA O`QUV FANIDA BADIIY ADABIYOTLARDAN 
FOYDALANISHNING TA`LIM – TARBIYAVIY AHAMIYATI 
NDPI o`qituvchi M.X Ravshanova 
 
Bir xil usulda dars o`tish jarayoni o`quvchilarning ko`pchiligi uchun 
zerikarli hisoblanadi va ularning darsga bo`lgan qiziqishini so`ndiradi. O`qituvchi 
o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishini, ishtiyoqini oshirish uchun turli 
usulllar va vositalardan foydalanib dars o`tish kerak. Hozirgi kunda umumta`lim 
maktablarida zoologiya fanini o`qitishda odatdagi an`anaviy o`qitish usullaridan 
voz kechib, noan`anaviy o`qitish usullaridan foydalanish, innovatsion pedagogik 
texnologiyalarni qo`llab dars o`tish rivojlanib bormoqda. 
Zoologiya fanini o`qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanish, ta`lim – 
tarbiya samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Badiiy adabiyot 
o`quvchilarning sezgi, idrok, xotira, tafakkur, nutqi hamda aqliy rivojlanishiga 
ijobiy 
ta`sir 
ko`rsatadi. 
O`quvchilarning 
bu 
sohaga 
oid 
bilimlarini 
mustahkamlanishida, so`z boyligining o`sishida, aqliy – axloqiy tarbiyasida 
muhim ahamiyat kasb etadi. O`quvchilarni tabiatga, xususan hayvonot olamini 
avaylab asrashga, ularga nisbatan mehrli bo`lishga o`rgatadi.
Zoologiya fanida mavzuga oid aytilgan kichkinagina she`r, topishmoq yoki 
hikoya dars davomida o`quvchilarda o`qituvchini tinglashga bo`lgan layoqatni 
o`z – o`zidan oshiradi, zerikish hissi uyg`ongan hamda tinglash qobiliyati 
susayayotgan o`quvchilarda qiziqish qobiliyatini yana tiklab olishga yordam 
beradi. O`qituvchi badiiy adabiyot orqali o`quvchilarning diqqatiga, sezgi hamda 
xotirasiga ijobiy ta`sir etib, dars davomida ularga estetik zavq berishi mumkin. 
Tabiat xususan, hayvonot olami to`g`risidagi kuzatishlar va ma`lumotlarni 
xalq og`zaki ijodi, shoir, yozuvchilarning yozgan asarlarida ko`rishimiz mumkin. 
Yozilgan bu asarlar o`quvchiga oson hamda tez yetib boradi. Chunki, xalq 
og`zaki ijodi, she`r, topishmoq, hikoyalarda hayvonlarning tashqi qiyofasi, hayot 
kechirish tarzi oddiy tildagiga nisbatan go`zalroq va nafisroq tasvirlanadi. 
Bolalar shoiri va yozuvchilari Quddus Muhammadiy, Anvar Obidjon, 
Jabbor Razzoqov, Abdullar Avloniy, Zafar Diyor, Qudrat Hikmat, Po`lat 
Mo`min, Rauf Tolib va boshqalarning she`rlari, hikoyalarini mavzuga oid tanlab, 


210 
zoologiya fanida qo`llash o`quvchilarning hayvonot olami to`g`risidagi bilim, 
malaka va ko`nikma hosil bo`lishida samarali hisoblanadi.
Xususan, Abdullar Avloniyning ―Ittifoq‖, ―Bolari va pashsha‖ nomli 
hikoyalaridan hasharotlar sinfini o`tganda foydalanish darsning qiziqarli va jonli 
bo`lishini ta`minlaydi. Abdulla Avloniy ta`kidlashicha:
Jonivorlar ichida kichiklari chumolilardir. Lekin o`zlari kichik bol`salar 
ham nihoyatda g`ayratli, ittifoq hayvonlardir. O`zlaricha podshohlari, kattalari, 
askarlari bo`ladur. Ulug`lari nimani buyursa, shuni qilur. Ittifoq va g`ayratlari 
soyasindao`zlaridan katta – katta dushmanlardan qo`rqmaslar. Agar ari kabi 
dushman kelub, birlariga tegsa, hamma hammalari birdan yopushib, biri qo`lini, 
biri oyog`ini biri qanotini qattiq tishlab, o`zlaridan necha barobar kata bo`lsa ham 
tezgina qochirurlar. 
Ko`rdingizmu buning o`zi xub maydadur 
Birlashib arqon bo`lsa, fil boylanur 
Ittifoqa kuch – quvvat kor aylamas. 
Ittifoqa jin ham ozor aylamas. 
Abdulla Avloniyning ushbu hikoyasida chumolilarning birdamligi, o`zaro 
ittifoq bo`lib yashashi, birgalikda dushmanlardan himoyalanishi hamda 
mehnatsevarligi keltirilgan. O`quvchilarning hasharotlar ya`ni chumolilar 
to`g`risidagi bilimini mustahkamlash bilan bir qatorda ularni mehnatsevarlikka, 
birdamlikka, ahillilikka o`rgatadi. Bu hikoya mavzuning yanada qiziqarli va jonli 
bo`lishini ta`minlaydi.
Rauf Tolibning ―Qurbaqavoy, holingga voy‖ she`ridan suvda ham 
quruqlikda yashovchilar sinfini o`tganda foydalanish juda qo`l keladi.
-Ayt – chi, menga qurbaqa, 
Ishing o`zi qanaqa. 
Ko`rdim seni ariqda, 
Dam o`tmasdan quruqda, 
Uying seni suvmi, yer? 
Qurbaqajon shunday der: 
-Qayda bo`lsa ko`p ovqat,
Qayer bo`lsa tinch rohat 
Mening uyim o`sha joy 
Holingga voy, baqavoy. 
Ushbu she`ro`quvchilar xotirasida oson qoladi, mavzuga bo`lgan diqqatini 
jamlaydi. Baqa bilan qurbaqani bir – biridan osongina ajratib, farqlab olishni 
o`rganishadi va mavzuning mazmunini uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga olib 
keladi. ―Qushlar sinfi‖ ni o`tganda P.Mo`minning ―Qushlar xaqi‖ she`ridan 
foydalanish mumkin. 
O`qituvchi bu she`rlarni dars davomida o`quvchilarga o`qib eshittirsa, 
ularning darsga bo`lgan qiziqishi, ishtiyoqi o`z – o`zidan ko`tariladi. Ularni 
qushlarga nisbatan g`amxo`r bo`lishga, asrab – avaylashga, ya`ni qushlarga inlar 
qurib, mehribon bo`lishga chaqiradi. Ushbu she`r tarbiyaviy ahamiyatga ega 
bo`lish bilan bir qatorda ta`limiy ahamiyatga ham ega. She`rda asosan 
hasharotxo`r qushlarning xususiyati yoritilgan:
Mevalarning posboni
Ana shu qushlar 
Hasharotlar zotini
Qirishni xushlar. 
Ammo inson uchun foydali bo`lgan qushlar bilan bir qatorda bog`lardagi 
mevalarni cho`qib yeb ketadigan, insonlarga doim zarar keltiradigan qushlar ham 


211 
borligini o`quvchilarga eslatib qo`yish va u qushlarning yomon odatlariga 
o`xshash odatlar insonlar orasida ham uchrashini eslatib, ularni tarbiyaviy 
tomonga chaqirish mumkin. Abdulla Oripovning ―Mayna‖ she`ridan shu 
maqsadda foydalanish mumkin. 
Adabiyot darsligida berilgan ―Imom Ismoil al – Buxoriy‖ mavzusi 
hadisshunos olim hayoti va ijodi tog`risida bo`lib, olim hayoti davomida 
to`plagan hadislardan na`munalar keltirilgan. ―Insonlarning hayvonlarga 
rahmdillik qilmog`i‖ haqidagi hadisdan Zoologiya fanida ―Sut emizuvchilar 
sinfi‖ ni o`tganda o`quvchilar diqqatiga havola etish mumkin. Ushbu hadis 
o`quvchilarni hayvonlarga nisbatan mehr – shavqatli bo`lishga undaydi. 
Ularning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Bunday misollarni juda ko`p keltirish mumkin. Xulosa qilib aytganda 
zoologiya darslarida ba`diiy adabiyot materiallaridan o`z o`rnida maqsadli 
foydalanish, o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishini, jonli tabiatni asrab
avaylashga, ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga, qolaversa 
o`quvchilarning ma`naviy – axloqiy, estetik, gigiyenik, ekologik tarbiyasida katta 
ahamiyatga ega. 

Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish