1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   152
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka
aytiladi.
Ne’matlar tovar boʻlishi uchun, ular ayirboshlashga moʻljallangan, ma’lum mehnat sarflangan, bozorga 
sotishga chiqarilgan boʻlishi zarur. Shunga koʻra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, oʻz 
iste’moli uchun emas, balki boshqalarning iste’moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan 
mahsulotdir. Tovarning natural-buyum va ijtimoiyiqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana Shundan kelib 
chiqadi. Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh 
qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan 
tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularning almashuv qiymati ifodalanadi. Qiymatning mehnat 
nazariyasi tarafdorlari

fikriga koʻra, tovarlar qiymatining umumiy asosi boʻlib mehnat hisoblanadi, shu 
sababli ular ma’lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Tovarlarning ogʻirligi, hajmi, shakli va shu kabi 
tabiiy xususiyatlaridan birortasi qiymatning umumiy asosi boʻla olmaydi. Ayirboshlashning zarur sharti 
boʻlib tovarlarning turlicha nafliligi 

Борисов Е.Ф. Экономическая теория: учеб. – 2-е изд., перераб. и доп. - М.: ТК Велби, Изд-во Проспект, 
2005, с.144. 

Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, 
А.И.Добрынина, Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, с.143. 

Tovar qiymatini mehnat bilan aniqlashga yondoshuvlarida ma’lum farqlar mavjud boʻlsada ularga A.Smit, 
D.Rikardo, U.Petti, J.S.Mill va boshqa ayrim iqtisodchilarni, ularning izdoshlarini kiritish mumkin.
hisoblanadi. 
Biroq, turli tovarlarning nafliligi sifat jihatidan farq qilish bilan birga miqdoriy 
oʻlchamga ega emas. Miqdor jihatdan taqqoslash uchun tovarlarda mavjud boʻlgan umumiy narsa – 
ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir. Tovarlar oʻlchovdosh boʻlishining boisi shuki, bularning 
hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya’ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari 
sarfning mahsulidir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi. Bu qiymat 
tovar ayirboshlaganda koʻrinadi, Shuning uchun almashuv qiymati (ya’ni iste’mol qiymatlarini 
ayirboshlash nisbati) qiymat shakli boʻlib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holat L.M.Kulikov 
tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiy xususiyatlari sifatida ajratilib 
koʻrsatilishida namoyon boʻladi. «Qiymat – bu tovar ishlab chiqarish va uni sotish (koʻpincha qisqacha 
qilib «ishlab chiqarish xarajatlari» deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni 
ayirboshlaganda (sotilganda) ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, oʻz xarajatlarini qoplashni istaydi


biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa koʻrsatkich – almashuv 
qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriy nisbatdir».

Tovarning oʻzi esa 
ikki tomon – naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir. Shu oʻrinda ta’kidlash lozimki, L.Kulikov 
tomonidan qiymatga berilgan yuqoridagi ta’rif 
ba’zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yoʻl qoʻyiladigan yanglish fikrlardan ham holi emas. 
Ya’ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilan ayniylashtirilishini u tomonidan yoʻl qoʻyilgan xatolik 
deb hisoblaymiz (ishlab chiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi boʻlib, miqdor jihatidan undan kamdir). 
Tovar qiymatining miqdori 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish