1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Natural va tovar xoʻjaligining bir-biridan farqlanishi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   152
Natural va tovar xoʻjaligining bir-biridan farqlanishi.
Asosiy jihatlar Natural xoʻjalik Tovar xoʻjaligi
1. Moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish maqsadi Shaxsiy 
ehtiyojlarni qondirishda foydalanish Boshqa tovarlarga ayirboshlash, bozorda oldisotdi qilish 2. Ishlab 
chiqariladigan mahsulot tarkibining aniqlanishi Ehtiyojlar va imkoniyatlardan kelib chiqqan holda 
oldindan aniqlanadi Bozordagi muayyan talab va ishlab chiqaruvchining xususiiy manfaati asosida 
aniqlanadi 3. Iste’molchini oʻziga jalb etish uchun kurash Bunday kurash mavjud emas Bunday kurash 
mavjud va tovar xoʻjaligining rivojlanishi bilan kuchayib boradi 4. Ishlab chiqarilgan mahsulotning 
iste’mol qilinishi darajasi Barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar toʻlaligicha 
iste’mol qilinadi Ishlab chiqarilgan mahsulotlar ayrim turlari va qismlarining sotilmay qolishi, ya’ni 
iste’mol kilinmasligi 5. Ishlab chiqarish jarayonida ishchi kuchining ishtirok etish tamoyillari Ishlab 
chiqarish jarayonida faqat oʻzining va oila 
a’zolarining ishchi kuchidan foydalaniladi Ishlab chiqarish jarayonida yollanma ishchi kuchidan ham 
foydalanish mumkin Tovar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar oʻrtasidagi 
munosabatlarning, mehnatni oʻlchash va uni jamiyatning jami mehnati tarkibiga kiritishning 
oʻziga xos usulidir. Natural xoʻjalikni siqib chiqarish va tovar ayirboshlashning rivojlanish jarayoni mehnat 
taqsimotining chuqurlashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi, xususiy mulkning vujudga kelishi va 
rivojlanishi asosida individual xoʻjaliklarning tovar ayirboshlashga, oldi-sotdiga oʻtish yoʻli bilan boradi. 
Ayrim turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuv, ularni turli xil ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida 
ayirboshlashni zarur qilib qoʻyadi. Ixtisoslashuv esa mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi, demak 
tovar ayirboshlash faqat zarurgina emas, balki foydali boʻlib boradi. Vaqtni va moddiy resurslarni tejash 
tovar xoʻjaligini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi boʻlib chiqadi. Ayirboshlash jarayoniga 
tortiladigan ishlab chiqaruvchilar bir-biriga tobora koʻproq bogʻliq boʻlib qola boshlaydi. Dastlabki 
davrlarda tovar xoʻjaliklari jamoalar, quldor latifundiyalari, feodal va dehqon xoʻjaliklari oʻrtasida 
aloqalar oʻrnatilishiga yordam berib, ishlab chiqarishning va umuman jamiyatning rivojlanishi uchun 
qoʻshimcha imkoniyatlar ochgan. 
Ma’lum tarixiy davrlarga kelib tovar munosabatlari jamiyat iqtisodiyotining barcha tomonlarini keng va 
chuqur qamrab oladi. Tovar xoʻjaligining vujudga kelishi va amal qilinishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari 
hamda shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: 1) ijtimoiy mehnat taqsimotining roʻy berishi. Bunda 
ishlab chiqaruvchilar u yoki bu aniq mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ixtisoslashuv, oʻz 
navbatida, qiyosiy ustunlik tamoyili boʻyicha, ya’ni mahsulotni nisbatan kam muqobil qiymatda ishlab 
chiqarish layoqati bilan aniqlanadi; 2) ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi. Bunda 
ular oʻz mehnat natijalarini oʻzlari tasarruf qiladilar. Iqtisodiy alohidalik xoʻjalik faoliyatiga oid barcha 
qarorlarni ishlab chiqaruvchining oʻzi hal qilishini bildiradi. Xuddi shu ikki holat tovar ishlab chiqarishni 
zarur qilib qoʻyadi va bozor vujudga kelishining shart-sharoiti hisoblanadi. Mehnat mahsuli tovarga, ya’ni 
bozorda ayirboshlash uchun, sotish uchun tayyorlanadigan narsaga, ishlab chiqaruvchilar esa tovar 
ishlab chiqaruvchilarga aylanadi. Tovar ishlab chiqarishning mohiyatini yanada kengroq tushunish uchun 
uning asosiy unsuri boʻlgan tovarning xususiyatlarini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish