1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   152
qiymat qonunini 
mavjud boʻlishini tan oladi. Ular fikriga koʻra, bu qonunga binoan tovar ishlab 
chiqarish va ayirboshlash ularning qiymati asosida amalga oshiriladi. Qiymat qonuni individual mehnat 
sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq boʻlgan ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantiradi. Bu bilan ishlab 
chiqaruvchilarning mehnat unumdorligini oshirishga undaydi. Aks holda ular bozordan siqib 
chiqarilishlari yoki xonavayron boʻlishlari mumkin. Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni 
tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni ragʻbatlantiradi va mehnatning ishlab 
chiqarish sohalari boʻyicha taqsimlanishini tartibga solib turadi. Masalan, eng yuksak mehnat 
unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar 
oʻz tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan yuqori narxlarga 
sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish faoliyatining muvaffaqiyati kafolatlangan deb 
boʻlmaydi. CHunki ular ishlab chiqarishga fan-texnika yangiliklarini, samarali ishlab chiqarish usullarini 
oʻz vaqtida qoʻllab turmasalar, ma’lum vaqtdan soʻng oʻz ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin. 
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi raqobat kurashi natijasida bozor narxlarining 
stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan farq qilib turishidan iborat. Tovar 
narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi: 
Talab = taklif boʻlgan holda narx = qiymat. Talab > taklif boʻlgan holda narx > qiymat. Talab < taklif 
boʻlgan holda narx < qiymat. Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab 
chiqaruvchilarning xohishi bilan sodir boʻlmay, balki obyektiv qiymat qonunining kuchi ta’siri ostida 
boʻladi. 
Keyingi qoʻshilgan miqdor nafliligi

nazariyasining 
asoschilari boʻlib avstriya maktabi vakillari K.Menger 
(1840-1921), F.Vizer (1851-1926), Ye.Bem-Baverk (1851-1914) va boshqalar hisoblanadi. Mazkur 
nazariyaga koʻra, kishilar tomonidan juda xilma-xil moddiy va 
ma’naviy ne’matlar (hamda xizmatlar) ularni ishlab chiqarishga ijtimoiy zaruriy mehnat sarflanganligi 
uchun emas, balki ushbu ne’matlar naflilikka ega boʻlishi sababli qadrlanadi. Insonlar tomonidan ma’lum 
nafliliklarga ehtiyoj sezilganligi sababli u yoki bu tovarni ishlab chiqarishga mehnat sarflari amalga 
oshiriladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikrlariga koʻra, faqat tovarning nafliligi mehnat sarflariga 
«ijtimoiy zaruriy» deb nomlanadigan tavsif berishi mumkin. Keyingi qoʻshilgan miqdor nafliligi nazariyasi 
bilan qiymatning mehnat nazariyasining bir-biriga toʻgʻri kelmasligi turli xil iste’mol qiymatlarini yoki 
nafliligini hisobga olish muammosi bilan bogʻliq. Chunki, turli koʻrinishdagi ikkita tovarning nafliligini 
Shunchaki umumiy tarzda oʻzaro taqqoslash mumkin emas. Bu nazariya tarafdorlari, naflilikning ikki 
turini ajratib koʻrsatish zarur deb hisoblaydilar: a) abstrakt yoki umumiy naflilik, ya’ni ne’matlarning 
kishilar biron-bir ehtiyojlarini qondirish layoqati; b) aniq naflilik, bu ne’mat mazkur nusxasi foydaliligining 


subyektiv narxini bildiradi. Bu subyektiv narx ikki omilga bogʻliq: mazkur ne’matning mavjud zahirasi va 
unga boʻlgan ehtiyojning toʻyinganlik darajasi. Keyingi qoʻshilgan miqdor nafliligi muammosini oʻrmonda 
yashovchi chol ega boʻlgan besh qop don misolida, uning ongida sodir boʻlgan psixologik hayol orqali 
tasvirlab koʻrsatadilar. Bu qoplardagi donning nafliligi kamayib boruvchi tartibda joylashadi: birinchi 
qopdagi don eng zarur, ya’ni cholning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini qondirish uchun iste’mol qilinadi, 
ikkinchisi – ovqatlanishni yaxshilash uchun, uchinchisi – uy parrandalarini boqish, toʻrtinchisi – pivo 
tayyorlash, beshinchisi – cholning oʻz uyi atrofida sayrab yurgan qushlarni boqib, koʻngilxushlik qilishi 
uchun. Bundan koʻrinadiki, beshinchi qopning nafliligi chol uchun u qadar ahamiyatli emas, chunki agar 
bu qopdagi dondan mahrum boʻlsa u faqatgina koʻngilxushlik qilish imkoniyatidan voz kechadi xolos. 
Biroq, toʻrtinchi qopdagi donning yoʻq boʻlishi cholni pivosiz, uchinchisi esa 

«Keyingi qoʻshilgan miqdor nafliligi» atamasini qoʻllashda mualliflar tomonidan koʻplab mulohazalarga 
borildi. Sababi – bugungi kunda iqtisodiy adabiyotlarda bu atamaning turli variantlari («me’yoriy 
naflilik», «me’yoriy foydalilik», «chegaraviy naflilik», «chegaraviy foydalilik» va h.k. ) qoʻllanib kelmoqda. 
Biroq, bu atamalar lugʻaviy tarjima sifatida oʻrinli qoʻllanilgan boʻlsada, mazkur tushunchaning haqiqiy 
mazmunini ifodalay olmaydi. «Keyingi qoʻshilgan miqdor nafliligi» atamasi esa bu mazmunga koʻproq 
mos tushadi. Bobning bayon etilishini osonlashtirish maqsadida keyingi oʻrinlarda qoʻllaniluvchi «soʻnggi 
qoʻshilgan miqdor nafliligi», «qoʻshilgan miqdor nafliligi», «keyingi qoʻshilgan naflilik» kabi iboralar bir xil 
ma’no kasb etadi. parrandalarsiz qoldirishi mumkin. Faqat bitta qopdagi don qolgan taqdirda chol uchun 
uning nafliligi eng yuqori darajaga yetadi, ya’ni u ovqatlanish ehtiyoji bilan tenglashadi. Shu oʻrinda turli 
qoplardagi donlarning nafliligi turlicha ekan, ularning qaysi biri donlarning umumiy naflilik darajasini 
aniqlab beradi, degan savol tugʻiladi. Xolbuki, qoplardagi donlarning bir-biridan farqi yoʻq ekan, chol 
uchun ularning nafliligi beshinchi, soʻnggi qopdagi donning nafliligi orqali aniqlanadi. Demak, har bir 
ne’matning soʻnggi qoʻshilgan birligi, ya’ni uncha muhim boʻlmagan ehtiyojni qondiruvchi birligining 
nafliligi kamayib borish xususiyatiga egadir. Qiymat va narx nazariyasida yangi yoʻnalishni boshlab 
bergan kishi mashhur ingliz iqtisodchisi A.Marshall hisoblanadi. Tovarlarning qiymatini aniqlashda 
mehnat nazariyasi ham, qoʻshilgan naflilik nazariyasi ham yetarli asosga ega emas, deb hisoblagan 
A.Marshall bir nechta nazariyalarni sintez qilish yoʻli bilan aniqlik kiritishga harakat qildi. Qoʻshilgan 
miqdor nafliligi nazariyasining bir tomonlamaligini u qiymatni faqat naflilik bilan tushuntirishda koʻrdi. 
A.Marshall keyingi qoʻshilgan miqdor nafliligi nazariyasini talab va taklif nazariyasi hamda ishlab 
chiqarish xarajatlari nazariyasi bilan bogʻlashga harakat qildi. A.Marshallning tovar qiymati nima bilan 
aniqlanishini bilishda qoʻshilgan miqdor nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlarini sintez qilish 
(umumlashtirish) zarurligi haqidagi fikri juda mashhur. Neoklassiklarning qiymat va narxning bir negizli 
(monistik) nazariyasini yaratishga urinishdan chekinish xususan A.Marshall ishlari bilan bogʻliq. 
Neoklassiklarning qoidalari qiymatning yagona manbai, narxning yagona asosi va bozor xoʻjaligida 
jamiyat daromadlarining yagona manbai topilishi zarurligini bildiradi. Bunday yagona manba, masalan, 
ingliz klassik iqtisodiy maktabi va markscha nazariyalarda mehnat, marjinalistlarda qoʻshilgan miqdor 
nafliligi kategoriyasi hisoblanadi. A.Marshall nazariyasida esa qiymat va narx ham talab (qoʻshilgan 
miqdor nafliligi) va ham taklif (tovar ishlab chiqarish xarajatlari) tomonida yotuvchi bozor kuchlari oʻzaro 
ta’siri orqali aniqlanadi. A.Marshall fikricha, tovar qiymati teng darajada keyingi qoʻshilgan miqdor 
nafliligi va ishlab chiqarish xarajatlari bilan aniqlanadi. Shunday qilib, A.Marshalldan boshlab iqtisodiyot 
nazariyasida turli nazariyalarni sintez qilishga oʻtildi. Lekin A.Marshall ushbu sintezni oxirigacha yetkaza 
olmadi. U ijtimoiy zaruriy naflilik va ijtimoiy zaruriy mehnat tovarning ikki tomoni ekanligini aniq koʻra 
olmadi. Shuning uchun, u ijtimoiy naflilik oʻrniga qoʻshilgan naflilikni, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari 
oʻrniga ishlab chiqarish xarajatlarini qoʻydi. Natijada tovarning qiymati ham, nafliligi ham toʻliq hisobga 
olinmadi. Umuman aytganda uzoq tarixiy davrdan boshlab tortishuvga sabab boʻlgan narsa tovarda 
gavdalangan ijtimoiy mehnatning ikki yoqlama tavsifi va shu asosda hosil boʻladigan tovarning ikki xil 
xususiyatiga ega boʻlishini inobatga olmaslikdir. Mehnat nazariyachilari tovarga sarflangan mehnat 
miqdoriga asosiy e’tiborni qaratgan boʻlsa, marjinalistlar uning nafliligiga e’tibor berib keladilar. Ularning 
biri koʻproq tovarni ishlab chiqaruvchilar manfaati nuqtai nazaridan tahlil qilgan boʻlsa, ikkinchisi 


iste’molchi (xaridorlar) manfaati nuqtainazaridan qaraydilar. Xolbuki tovarning qiymatini va binobarin 
narxini aniqlashda uning ikki tomoniga va sotuvchilar bilan xaridorlar manfaati toʻqnashgan tugunga 
e’tibor qaratish zarur (3- chizma). 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish