1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152
Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt
birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan
mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan
belgilanadi. 
Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan 
belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini V bilan 
belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: . Mehnat unumdorligi sarflangan jonli 
mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot 
miqdori bilan aniqlanadi. Samaradorlikni aniqlashda kapital unumdorligi degan koʻrsatkichdan ham 
foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, 
daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar kapital unumdorligini – KU deb, ishlab chiqarishda 
qatnashgan kapital miqdorini – K, mahsulotni – M, yalpi daromadni – YaD bilan, foydani – F bilan 
belgilasak quyidagi formulalar hosil boʻladi: 
КU 

М К 

КU 


К 

КU 


К 
.
Samaradorlikni aniqlashda bu koʻrsatkichlardan tashqari 
mahsulotning mehnat sigʻimi, material sigʻimi, energiya sigʻimi degan koʻrsatkichlar ham qoʻllanilib, ular 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun 
zarur boʻlgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi. Bu koʻrsatkichlarning har biri 
ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bogʻliq 
va bir-birini toʻldiradi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham 
bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi: 1. Ilmiy-texnik 
taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qoʻllash. 2. Ishlab chiqarishni 
ratsional joylashtirish, ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash. 3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning 


tashkiliy boʻgʻinlarini oʻzgartirish. 4. Ishlab chiqaruvchilarni ragʻbatlantirish va ularning faolligini oshirish. 
5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli 
xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor 
zotlarini topib ishlab chiqarishga joriy qilish. 6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, yetuk 
ishchi va mutaxassislar tayyorlash. Bular ichida fan-texnika taraqqiyoti omili hozirgi kunda respublikamiz 
uchun dolzarb va muhim ahamiyat kasb etadi. Fan-texnika taraqqiyotining evolyutsion va revolyutsion 
shakllari farqlanadi. Evolyutsion shaklda rivojlanish deganda, FTTning mavjud texnologiyasi asosida, 
mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalash asosida rivojlanishi tushuniladi. Revolyutsion 
shaklda rivojlanishi deganda esa, fan-texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta oʻzgarishlar 
boʻlib, texnikaning eng soʻnggi yangiliklarini, avlodlarini ishlab chiqarishda qoʻllash, printsipial yangi 
texnologik tizimga oʻtish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shaklda rivojlanishi yuksak 
samara beradi. Shuning uchun ham 
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov oʻzining asarlarida iqtisodiyotning barcha 
tarmoqlarini hozirgi zamon fan va texnikasining eng yangi yutuqlari bilan qayta qurollantirish lozimligini 
ta’kidlamoqda. Buning uchun avvalom bor texnika taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ishlab 
chiqarishning hamma sohalarini yangi, unumdor, arzon texnika bilan qurollantiruvchi mashinasozlikni 
rivojlantirishga e’tiborni qaratmoq lozimdir. Asosiy tayanch tushunchalar Ishchi kuchi – insonning 
mehnat qilishga boʻlgan aqliy va jismoniy qobiliyatlari yigʻindisi. 
Mehnat qurollari – insonning tabiatga, mehnat predmetlariga ta’sir qilishda vosita boʻlib 
xizmat qiladigan narsalar: mashinalar, stanoklar, traktorlar, pluglar, qurulmalar, uskunalar va 
boshqalar. 
Mehnat predmetlari – bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan 
narsalar (er – suv, xom ashyo, materiallar va boshqalar). 
Kapital – ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishda ishlatilib, oʻz egalariga daromad 
keltiradigan ishlab chiqarish vositalari, tovarlar va pul mablagʻlaridir. 
Er-suv – tuproq unumdorligi, oʻtloqlar, suvlar, oʻrmon, qazilma boyliklardan iborat 
boʻlgan va foydalanishga tortilgan tabiiy resurslar. 
Tadbirkorlik qobiliyati – insonda boʻlgan tashabbuskorlik, tashkilotchilik, novatorlik, 
iqtisodiy xavfdan, javobgarlikdan choʻchimaslik hislatlarining birligi. 
Ishlab chiqarish jarayoni – kishilarning maqsadni koʻzlab amalga oshiriladigan faoliyati 
boʻlib, iste’moli uchun zarur boʻlgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan 
jarayon. Ishlab chiqarish jarayoni bir tomondan iste’mol qiymatlarini (naflilikni) yaratish 
jarayoni boʻlsa, ikkinchi tomondan qiymatning oʻsishi jarayonidir. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish – oʻzaro bogʻliqlikda va doimiy aloqada boʻlgan barcha 
individual ishlab chiqarishlarning birligidan iboratdar. 
Ishlab chiqarishning umumiy samarasi – ishlab chiqarishning pirovard natijasi bilan unga 
sarflangan resurs xarajatlari oʻrtasidagi nisbat. 
Zaruriy mahsulot – ishchi va xizmatchilarning zaruriy ish vaqtida yaratilgan va ishchi 
kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur boʻlgan mahsulot. 
Qoʻshimcha mahsulot – ishchi va xizmatchilarning qoʻshimcha ish vaqtida yaratilgan 
mahsulot boʻlib, sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan oshiqcha qismidir. Qoʻshimcha mahsulot 
tadbirkorlarga, mulkdorlarga va davlatga tegishlidir. 
Ishlab chiqarish funktsiyasi – ishlab chiqarish omillari bilan uning samaralari oʻrtasidagi 
bogʻliqlikni bildiradi. 
Qoʻshilgan kapital – ishlab chiqarishda mavjud band boʻlgan kapital miqdori ustiga yangi 
qoʻshimcha ravishda sarflangan kapital, boshqacha qilib aytganda kapital miqdorining oʻsgan 
qismi. 
Oʻrtacha mahsulot – jalb qilingan ishchi kuchi va kapitalning bir — birligiga toʻgʻri 
keladigan mahsulot miqdori. 
Soʻnggi qoʻshilgan mahsulot – soʻnggi qoʻshilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) 


evaziga oʻsgan mahsulot. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish