1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


 Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   152
4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib 
foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini toʻlaroq qondirib borish mumkin, degan 
muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan foydalanishning turli 
xil muqobil variantlari mavjud boʻlishi koʻzda tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat 
ehtiyojlarini ancha toʻlaroq qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish 
imkonini beradigan turini tanlab olishga harakat qilinadi. 
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat a’zolarining 
barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin boʻlmaydi. Shuning uchun jamiyatga qaysi 
mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz kechish lozimligini hal qilish, ya’ni 
tanlashni amalga oshirish zarur boʻladi. Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida 
mahsulot olishning aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini 
koʻrsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan toʻliq foydalanish uchun, iqtisodiy 
resurslarning toʻliq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning toʻliq hajmini ta’minlash zarur. 
Toʻliq bandlilik 
deganda biz ishlab chiqarishga yaroqli boʻlgan barcha resurslardan toʻla 
unum bilan foydalanishni tushunamiz. Ishchi majburiy ishsiz boʻlib qolmasligi, iqtisodiyot 
ishlashni xohlagan va unga layoqatli boʻlgan barchani ish bilan ta’minlashi zarur, haydaladigan 
yerlar yoki kapital uskunalar ham boʻsh qolmasligi lozim. 
Ishlab chiqarishning toʻliq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni ulardan 
mahsulotning umumiy hajmiga eng koʻp hissa qoʻshadigan qilib foydalanishni va mavjud 
texnologiyalarning eng yaxshisini qoʻllashni ham bildiradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma’lum chegarasi 
boʻladi. Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib ancha aniq 
tasvirlash mumkin (3-jadval). Bu muammoning mohiyati quyidagicha: resurslar kamyob 
boʻlganligi sababli iqtisodiyot toʻliq bandlilik va ishlab chiqarishning toʻliq hajmida ham tovar 
va xizmatlarni cheklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. 
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chegarasi toʻgʻrisida yaxshiroq ta’savvurga ega boʻlish 
uchun: 
birinchidan, iqtisodiyot faqat ikki xil mahsulot - non va tegirmon ishlab chiqaradi (bunda 
non iste’mol tovarlarini, tegirmon ishlab chiqarish vositalarini bildiradi); 
ikkinchidan, iqtisodiy resurslar miqdor va sifat jihatdan oʻzgarmaydi; 
uchinchidan, mehnat unumdorligi va texnologiya doimiy boʻlib qoladi, deb faraz qilamiz. 
Mavjud resurslar cheklanganligi sababli iqtisodiyotning tegirmon va non ishlab 
chiqarishni birdaniga koʻpaytirib borish imkoniyati cheklangan. Resurlarning cheklanganligi 
mahsulot ishlab chiqarishning cheklanganligini bildiradi. Bunday sharoitda tegirmon ishlab 
chiqarishni har qanday koʻpaytirishga, resurslarning bir qismini – non ishlab chiqarishni 
kamaytirish orqali erishadi. Aksincha, agar non ishlab chiqarishni koʻpaytirish afzal koʻrinsa, 
buning uchun zarur resurslar faqat tegirmon ishlab chiqarishni qisqartirish hisobiga olinishi 
mumkin. 


Quyidagi jadvalda jamiyat tanlash mumkin boʻlgan sanoat tegirmonlari va non 
miqdorining muqobil uygʻunlashuvi keltirilgan. A – muqobil variantga binoan, iqtisodiyot 
oʻzining butun resurslarini tegirmon, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarishga 
yoʻnaltiradi. Ye – muqobil variantda esa mavjud resurslar toʻligʻicha non, ya’ni iste’mol 
buyumlari ishlab chiqarishda foydalaniladi. 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish