186
nuqtasida uchta asosiy, ya’ni qizil, yashil va binafsha ranglarni sezuvchi tuzilmalar
bo‘lishi kerakligi tahmin qilinadi. Nurlar, rangidan qat’iy nazar, bu tuzilmalarning
har uchchalasiga ta’sir qiladi. Ammo, qizil rang ko‘proq qizilni sezuvchi, yashil
rang ko‘proq yashilni sezuvchi va binafsha rang ko‘proq binafsha rangni sezuvchi
tuzilmalarni ta’sirlaydi. To‘r pardaning har bir nuqtasidagi uchliklarning
ta’sirlanish nisbatiga qarab bo‘yoqlar aralashadi va u yoki bu rang seziladi.
Kolbachalarni, ulardagi nur yutuvchi pigmentiga qarab ham uch turga bo‘linishi
aniqlangan. Ularning biri, eng ko‘p miqdorda, to‘lqin uzunligi 560 nm li bo‘lgan
(qizil)
nurlarni, ikkinchisi to‘lqin uzunligi 530 nm bo‘lgan (yashil) nurni va
uchunchisi to‘lqin uzunligi 430 nm bo‘lgan (binafsha) nurni yutish qobiliyatiga
ega. Kolbachalarning qo‘zg‘alish darajasi, yutilgan nur energiyasiga bog‘liq. Qizil
rang "qizil" kolbachalarni kuchli qo‘zg‘atish bilan birga, "yashil" va "binafsha"
kolbachalarni ham ma’lum darajada qo‘zg‘atadi. Yashil rang "yashil"
kolbachalarni kuchli qo‘zg‘atish bilan birga, ma’lum darajada "qizil" va "binafsha"
kolbachalarni ham qo‘zg‘atadi. Demak, kolbachalarning faollanishi darajasidagi
farq turli rang sezishning asosi hisoblanadi. Spektri uch turdagi kolbachalarni
deyarli bir xil darajada qo‘zg‘atgani sababli keng yorug‘lik, masalan quyosh nuri,
rangsiz "oq" bo‘lib ko‘rinadi. Rang ko‘rishning uch komponenti nazariyasi ba’zi
bir psixofiziologik kuzatishlar natijasini tushuntira olmaydi. Masalan, yashil halqa
qamrab olgan kulrang doiraga qaralsa, doira qizil bo‘lib ko‘rinadi.
Fizika
qonunlariga binoan, kulrang doira atrofida qanday halqa bo‘lmasin, bu doiradan
qaytarilgan nur spektri o‘zgarmaydi. Yoki nima sababdan havorang va sariq
ranglar, qizil va yashil ranglar aralashganda biri ikkinchisini yo‘qolishiga va oq
rang hosil bo‘lishiga olib keladi. Bu faktlarni tushuntirish uchun E.Gering uch
opponent tizimlar nazariyasini taklif qilgan. Unga binoan sariq, havorang, yashil
va qizil asosiy ranglar hisoblanadi va antagonistik mexanizmlar yordamida yashil -
qizil va sariq - havo rang juftlarga bog‘langan. Juftlarni
tashkil qiluvchi ranglar
qarama - qarshi (opponent) ranglar hisoblanadi va shuning uchun yashil - qizil va
havorang - sariq ranglar bo‘lmaydi. Gering nazariyasi bo‘yicha, asosiy ranglarning
o‘zaro ta’siri kolbachalarda emas, antagonistik munosabatda bo‘lgan neyronlar
187
pog‘onasida yuzaga chiqadi. Masalan, bir neyronni yashil rang qo‘zg‘atsa, qizil
rang uni tormozlamaydi. Bunday neyronlarning borligi bevosita tajribalarda
ko‘rsatilgan. Ayrim rang ko‘ruvchi umurtqali hayvonlarning to‘r pardasida "qizil-
yashil" gorizontal hujayralar topilgan. Ularning retseptiv sohasiga to‘lqin uzunligi
400 dan 600 nm gacha bo‘lgan (yashil) nur ta’sir etilsa, neyron membranasi
giperpolyarizatsiyaga uchraydi (neyron tormozlanadi), ta’sir qiluvchi nurning
to‘lqin uzunligi 600 nm dan yuqori bo‘lsa, depolyarizatsiya rivojlanadi (neyron
qo‘zg‘aladi). Ganglioz hujayralar qavatida
va lateral tirsakli tanada ham, o‘ziga
xos bo‘lgan rangni farqlaydigan neyronlar borligi aniqlanadi. Uch komponentli
nazariya retseptorlar pog‘onasidagi hodisalarni yaxshi tushuntirsa, Gering
nazariyasi, ko‘ruv tizimining yuqori pog‘onasi va neyronlar o‘rtasidagi hodisalarni
to‘liqroq tushuntiradi. Erkaklarning 8 % da rang ko‘rishning ma’lum nuqsonlari
uchrab turadi. Bu nuqsonlar to‘r pardada bitta, ikkita yoki uchta turdagi
kolbachalarning yo‘qligi natijasida kelib chiqadi. Qisman rang ko‘rlikning uch xili
uchraydi: qizil rangni ko‘rmaydigan odamlarga (protanopiklarga)
havorang
rangsiz bo‘lib ko‘rinadi; yashil rangni ko‘rmaydigan odamlarga (deyteranopiya)
to‘q qizil va havorang yashil bo‘lib ko‘rinadi; tritanopiyada odam havorang va
binafsha rangni ko‘rmaydi. Rang ko‘rishning bu nuqsonlarini uch komponentli
nazariya asosida tushintirish oson. Ularning har biri, to‘r pardada uch turdagi
kolbachalarning bittasini bo‘lmasligiga bog‘liq. Bunday odamlar (protanopik,
deyteranopik va tritanopiklar) rangni saqlanib qolgan ikki turdagi kolbachalar
yordamida ko‘radilar. To‘liq rang ko‘rlik (axromaziya) ham odamlarda uchrab,
bunday nuqsoni bor odamlarda uchchala turdagi kolbachalar bo‘lmaydi yoki
Shikastlangan bo‘ladi va ular yorug‘ dunyoni oq-qora tasvirda ko‘radilar. Rang
ko‘rlik erkaklarning toq x-xromosomasida ma’lum genlarning yo‘qligi
tufayli
paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: