17
tarbiyachi va murabbiyning xamkorlikda faoliyat yuritishi:
hamkorlik,
hamjihatlik bilan faoliyat yuritishni bilishi kerak.
Qayd qilingan qonun-qoidalarga amal qiladigan tarbiyachi yoki murabbiy
MTM ning ma`naviy muhitini
qaror toptira olishi mumkin, chunki bu qandaydir
alohida, uzib olingan tarbiya vositasi esa, balki ota-onalar va
murabbiy va
tarbiyachilar olib boradigan har taraflama tarbiyaviy ishlarning bolaga ijobiy ta`sir
ko`rsatishi natijasidir. Shuning uchun bunday tarbiyaviy ta`sirlar yil davomida olib
borilishi kerak.Quyida biz MTM da olib boriladigan “Ma`naviyat saboqlari”
haqida to`xtalamiz.
Ma`lumki, MTM da 2 yoshdan 6-7 yoshgacha bo`lgan
bolalar tarbiyalanib
ta`lim oladi. O`quv yili, deb atalgan oraliq 35 haftani tashkil etadi.
Tadqiqotlarimizning ko`rsati-shicha, MTMda “Ma`naviyat saboqlari” ni
o`tkazishga imkoniyat bor ekan. Bungga sabab MTM dagi dastlabki davrdayoq
jamoaning va jamoadagi bolalarning inoqlashuv davri boshlanadi. Bu davrda
bolalar o`z murabbiy va tarbiyachilarini diqqat bilan o`rganadilar. Shuning bilan
birga murabbiy va
tarbiyachilarning MTM dagi
asosiy vazifasi
- hamisha ijobiy
holatda bo`lish, o`qitish, o`rgatish va o`rganishdir. Demak, ular MTM dagi
jo`shqin faoliyatning boshqaruvchisidir.
Bu borada
mohir boshqaruvchi
bo`lish
murabbiy va tarbiyachilarning baxti hamdir. Bu jo`shqin faoliyat yana shunisi bilan
ahamiyatliki, MTM da bolalarning o`zaro va murabbiy hamda tarbiyachilari bilan
bo`ladigan munosabatlari yanada chuqurroq va mazmundorroq bo`ladi. Bolalarda
o`z-o`zini o`rganish va tarbiyalashga ishtiyoq kuchayadi.
Murabbiy va
tarbiyachilar bu davrda bolalar uchun yaqin maslahatchi, yo`l ko`rsatuvchi, yaqin
kishiga, o`rtoqga, do`stga aylanadi. Bu bolalarga jamoaning hayoti haqida
gapirishga, takliflar va tavsiyalar berishga sharoit yaratsa, murabbiy va
tarbiyachilarga esa har bir bola bilan suhbatlashishga, har bir bolaga e`tibor
qaratishga imkoniyat beradi. Shu sababli ham MTM ning deyarli barcha
guruhlarida “Ma`naviyat saboqlari” mashg`ulotlarini o`tkazish mumkin. Kichik
18
yoshdagi guruhlarga (2 yoshdan 3 yoshgacha bo`lgan bolalar guruhi)
bunday
mashg`ulotlarni nima yaxshi-yu, nima yomon, nima mumkin-u,
nima mumkin
emas? kabi savollar orqali olib borish mumkin. 3 yoshdan 6-7 yoshgacha bo`lgan
bolalar tarbiyalanadigan guruhlarda esa muayyan mavzu bo`yicha “Ma`naviyat
saboqlari” mashg`ulotlarini olib borsa bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: