O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet396/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Oqibati,
surunkali glomerulonefrit oqibati sifatida buyrak 
bujmayishi va buyrak faoliyatining pasayishi, buyrak yetishmovchiligi - 
uremiya rivojlanishi mumkin.
Davolash. 
Oxirgi 10-15 yil mobaynida buyrak kasalliklarini 
aniqlash va davolash sohasida erishilgan yangiliklar, jumladan, davolash 
jarayonida kortikosteroidlar va immunodepressiv moddalarni qo'llash 
kasallikning noxush oqibatlarini kamaytiradi, bemorlarning mehnat 
qobiliyati uzoqroq saqlanishiga va hatto 14-18% bemorlarning butunlay 
sog'ayib ketishiga olib keladi.
Surunkali glomerulonefritni davolashda parhez (7-parhez stoli) ga 
katta ahamiyat beriladi. Nefrotik va kasallikning aralash turida osh tuzi 
kam beriladi (kuniga 1,5-2,5 gr gacha). Siydik ajratish xususiyati 
buzilmagan bo'lsa oqsil chegaralanmaydi. O'rtacha 1 kg vaznga 2-2,1 g 
oqsil berish kerak. Bemorning qon bosimi yuqori bo'lsa, osh tuzi kam 
beriladi (5 g), oqsil va uglevodlar me'yori o'zgarmaydi. Surunkali 
glomerulonefritning shish bilan kechuvchi mezangioproliferativ va 
mezangiomembranoz turlarida glyukokortikosteroidlar ijobiy ta'sir 
ko'rsatadi. Diffuz fibroplastik va o'choqli-segmentar glomerulosklerozli 
nefritda glyukokortikosteroidlar buyurish maqsadga muvofiq emas. 
Xastalik xuruj qilganda, ayniqsa, kasallikning nefrotik turida 
kortikosteroidlar, masalan, prednizolon buyuriladi. Prednizolon tana 
og'irligiga nisbatan 1 mg/kg dan 3-8 hafta buyuriladi, so'ngra asta-sekin 
doza kamaytirilib boriladi va sutkasiga 7,5-10 mg ga tushgach uzoq vaqt 
davomida beriladi. Agar nefrotik sindrom kamaymasa, prednizolon puls-
terapiya usulida buyuriladi. Surunkali glomerulonefritning nefrotik 
turiga glyukokortikoidlar yordam qilmasa, prednizolon bilan birga 
azatiopirin yoki tsiklofosfamid kuniga 150-200 ing dan buyuriladi. 
Dorilar dozasi 6-8 haftadan so'ng pasayliriladi va uzoq vaqt davomida 
bemorga beriladi (6 oygacha). Surunkali glomerulonefritni davolashda 
prednizolon, tsiklofosfan, leykeranlar bilan bir qatorda sandimmun 
preparati ham qo'llanilmoqda. Bu preparat bilan davolangan bemorlarda 
kasallikning klinik remissiya davriga o'tishi kuzatilgan. Shu bilan bir 


416 
qatorda, buyrak to'qimasi skleroziga olib keladigan kortikosteroidlarni 
katta miqdorda qabul qilishdan saqlaniladi. Surunkali glomerulonefritda 
patogenetik dorilarga rezistent bo'lgan bemorlarda sandimmun 
qo'llanilganda ijobiy natija bergan. Sandimmunga sezuvchan bemorlarda 
bu preparat ta'sirida immunologik ko'rsatkichlar ijobiy tomonga 
o'zgaradi. Sandimmun 2,5-7 mg/kg hisobida 20-25 kunga buyuriladi. 
Agar kortikosteroidlar buyurish mumkin bo'lmasa (qandli diabet, meda 
yarasi va hokazo), tsitostatiklarning o'zi buyuriladi. Tsitostatiklar bilan 
davolanayotgan bemorlar qonida leykotsitlar va neytrofillar soni 
tekshirib turiladi. Buyrak parenximasidagi yallig'lanishni kamaytirish 
maqsadida indometatsin kuniga 50 mg dan 150 mg gacha beriladi. 
Indometatsin mediatorlarda immunologik jarayonlarni kamaytiradi. 
Gipertoniya 
va 
buyrak 
yetishmovchiligi 
bilan 
kechuvchi 
glomerulonefritda indometatsin buyurilmaydi. 
Buyrak koptokchalari va arteriolalari devorlarida fibrin cho'kishini 
va qon zardobidagi fibrin miqdorini kamaytirish maqsadida teri ostiga 
yoki vena tomiriga geparin yuboriladi. Geparin teri ostiga kuniga 4 
mahal 5000-10000 TB yuboriladi. Odatda geparin kindikdan 4 sm 
pastroqqa yoki kindik atrofiga teri orasiga yuboriladi. Qon ivish vaqti 
Moravits usuli bilan tekshiriladi. Agar trombin, qon ivish vaqti va 
antitrombin III nazorat qilinmasa, geparin 10000-15000 TBdan faqat 3 
kun beriladi. Geparin bilan davolash davomida kurantil, trental buyurish 
maqsadga muvofiqdir. Badanda shish kamaymasa, siydik haydovchi 
dorilar buyuriladi (furosemid, uregit, veroshpiron, aldakton). Shishlarni 
haydashga poliglyukin (dekstran) ham yordam qiladi. Poliglyukin qon 
zardobi kolloid-osmotik bosimini oshiradi va to'qimalardagi ortiqcha 
suyuqlik qonga o'tadi. Oqsil almashinuvi buzilganda anabolik garmon - 
retabolil, fenabolil qo'llaniladi. Qon bosimini pasaytirish uchun rezerpin, 
dopegit, enap, berlipril, enalapril va boshqa gipotenziv dorilar beriladi. 
Bemorlarning mehnatga layoqatligi kasallikning turi va bosqichiga 
bog'liq. Buyrak yetishmovchiligi rivojlanganda bemorlar nogironlik 
guruhi beriladi va mehnatga layoqatsiz hisoblanadi. 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish