O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet393/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

Patologik anatomiyasi.
Surunkali glomerulonefritning klinik ko'rinishi 
va buyrakdagi anatomik o'zgarishlar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Agar 
glomerulonefrit klinikasida nefrolik sindrom ustun bo'lsa, buyrak hajmi 
katta, ustki pardasi oson ajraladigan, yuzasi silliq, och kulrang bo'ladi 
(katta oq buyrak). Po'stloq qismi kengaygan, och kulrang bo'lib, qizg'ish 
miya qismidan ajralib turadi. Mikroskopda buyrakning ilon-izisimon 
naychalari kengayganligini, epiteliy to'qimasida shish, bujmayish, 
donachali yoki vakuolli distrofiya hodisalarini ko'rish mumkin. 
Buyrakni punktsion biopsiya usuli bilan tekshirish natijasida 
surunkali glomerulonefritning quyidagi gistologik turlari ajratiladi: 1) 
pardali (membranali) glomerulonefrit - buyrak koptokchalarining bazal 
pardasida to'qimalarning birlashuvi va qalinlashuvi bilan kechadi; 2) 
to'qimalar 
ko'payib 
zichlashuvi 
bilan 
kechuvchi 
(mezangial) 
glomerulonefritda koptokchalarda biriktiruvchi to'qima paydo bo'ladi 
(fibroplastik 
glomerulonefrit). 
3. 
proliferativ 
glomerulonefrit-
koptokchalar 
hujayralari 
proliferatsiyasi 
bilan 
kechuvchi. 


412 
Glomerulonefritning so'ngi bosqichida buyrak bujmayadi, o'lchamlari 
kichrayadi. Miya qismi donachalar bilan qoplanib, po'stloq qismi 
yupqalashadi. Koptokchalar bo'shab, o'rnida biriktiruvchi to'qima paydo 
bo'lishi buyrakni ikkilamchi bujmayishiga olib keladi.
Klinikasi.
Surunkali glomerulonefritning klinik manzarasi uning 
turlariga bog'liq bo'lib, 1. Siydikdagi o'zgarishlar: proteinuriya
gematuriya, tsilindruriyadan iborat. 2. Qon bosimi ko'tarilishi natijasida 
paydo bo'lgan o'zgarishlar. 3. Badanda shish paydo bo'lishi kabi 
o'zgarishlar bilan kechadi. 
Surunkali glomerulonefritning quyidagi klinik turlari farq qilinadi: 
1.
Yashirin kechuvchi (latent) glomerulonefrit- ko'p uchraydigan 
turi bo’lib, siydikda bir oz o'zgarishlar borligi bilan ifodalanadi. Bu turda 
qon bosimi oshmaydi, shish ham sezilarli darajada bilinmaydi. Yashirin 
davr 30-40 yil kechib, keyin yuzaga chiqishi mumkin. Bemorlar uzoq 
yillar davomida ish qobiliyatlarini yo'qotmaydilar, xastaliklarini 
sezmaydilar. Ko'pincha surunkali glomerulonefritning yashirin turi 
dispanserizatsiya vaqtida siydikdagi o'zgarishlar (solishtirma og'irligi 
pasayganligi, qizil qon tanachalari ko'proq ajralayotgani, tunda 
siydikning ko'proq ajralishi), qon bosimining bir oz oshganligi, 
EChTning tezlashgani, qonda oqsil moddasi kamaygani, xolesterin 
ko'payganligi asosida aniqlanadi. Ko’pchilik holatlarda buyrak 
yetishmovchiligi rivojlanganda aniqlanadi. Buyrak yetishmovchiligi esa 
qonda qoldiq azot, mochevinaning miqdori oshishi bilan yuzaga chiqadi. 
2.
Surunkali glomerulonefritning nefrotik ko'rinishi. Siydik orqali 
katta miqdorda oqsil ajraiishi kunda 3-5 g dan ko'proq, qonda oqsil 
miqdori (gipoproteinemiya) kamayadi, ayniqsa, albumin, globulin 
koeffitsientining kamayishi (disproteinemiya), xolesterin miqdorining 
ko'payishi (giperxolesterinemiya-600-800 mg %) bilan ifodalanadi. 
Bemorlarning badanida gipoproteinemik shishlar paydo bo'ladi. Bunday 
shishlarning yurak va boshqa shishlardan farqi, ertalablari yuz-ko'z 
qovoqlaridan boshlanib va asta-sekin butun tanaga tarqaladi. Ular 
doimiy xususiyatga ega bo'ladi, hatto ichki a'zolarga, yurak, o'pka va 
qorin bo'shliqlarga tarqaladi. Teri, shilliq pardalar quriydi, mushaklar 
atrofiyalanadi, natijada teri bujmayadi. Siydik orqali oqsil chiqishi bilan 
birga, qon tarkibida triglitserin va erkin xolesterin ko'payadi. Surunkali 
glomerulonefritning nefrotik ko'rinishi nefrotik sindrom va buyrak 
yallig'lanishi belgilari (siydikda qon bo'lishi, buyrak filtrlash 


413 
xususiyatining pasayishi) bilan birga namoyon bo'ladi. Qon bosimi 
xastalikning so'ngi davrida ko’tariladi. 
3.
Surunkali glomerulonefritning gipertonik shakli ko'pincha 
yashirin kechuvchi glomerulonefritga xosdir. Qon bosimi buyrakda 
yukstaglomerulyar apparatda ishemiya bo’lib, renin sintezi ko'payadi, bu 
o’z navbatida qon bosimi ko'tarilishiga olib keladi. Buyrak faoliyati 
pasaygach, sistolik va diastolik bosim muntazzam oshib boradi, asta-
sekin yurak faoliyati ham buziladi, yurak cho'qqi turtkisi kuchayadi
cho'qqi sohasida I ton susayib, aorta proektsiyasida sistolik shovqin 
paydo bo'ladi va II ton aktsenti eshitiladi, uch ritmli ton yani ot dupuri 
tovushlari eshitiladi, so'ngra yurak faoliyati yetishmovchiligi qo'shiladi, 
yurak astmasi xuruji va o'pka shishi paydo bo’lishi mumkin. Surunkali 
glomerulonefritda qon bosimini oshishi, yurakning ishemik kasalligi
stenokardiya rivojlanadi. Bemorda miokard infarkti, bosh miyaga qon 
quyilishi hollari ro'y berishi mumkin. 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish