O'zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta-maxsus ta’lim Vazirligi Toshkent Davlat stomatologiya institute Buxoro filiali



Download 8,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/575
Sana01.05.2022
Hajmi8,81 Mb.
#601373
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   575
Bog'liq
ichki kasalliklar propedevtikasi

32-33-surat
 
Rentgenografiya tasvirida Zivert-Kortagener sindromi tasvirlangan. 
Kasallikning klinik ko’rinishi, avvalo, balg’amli yo’tal bilan 
xarakterlanadi. Yo’talni xarakterli tomoni shundaki, u asosan bemor 
yotgan holatini o’ng yoki chap tomonga o’zgartirishi yoki ertalablari 
bezovta qiladi. Chunki kechquruni bilan kengaygan bo’shliqga balg’am 
to’planib ertalab turgandan so’ng balg’am bronxlarga harakat qilib, 
yo’tal chaqiradi. Balg’am ancha ko’p miqdorda ajraladi; u yiringli, 
suyuq bo’ladi va oson ko’chadi, “og’iz to’lib” chiqadi. Ba’zan balg’am 
bemor yonboshlab yotganda ayniqsa ko’proq ajraladi. Bunda 
bronxoektaz o’pkaning qaysi tomonida ekanligini aniqlash osonlashadi. 
Agar bemor chap yoni bilan yotganida yo’tal tutishi va balg’am ko’p 
ajralishidan shikoyat qilsa, bu narsa bo’shliq uning o’ng tomonida 
ekanini ko’rsatadi. Balg’am o’z og’irligiga ko’ra tashqariga olib 
chiquvchi 
bronxlarga 
oqadi. 
Ikki 
tomonlama, 
ko’p 
sonli 
bronxoektazlarda bu hodisa kuzatilmaydi. Bemorlar juda ko’p, ayniqsa 
hidli balg’am ajratganlari sababli, og’zi bekiladigan maxsus idish olib 
yuvishga majbur bo’ladilar. Kengaygan bronxlarda yaralar paydo 
bo’lganligi tufayli vaqt-vaqti bilan balg’amda qon aralashgan bo’ladi. 
Ba’zan qon tuflash tufayli kasallikning bunday turini ba’zan o’pka sili
kasalligi deb o’ylaydilar. 


124 
O’pka perkussiya usulida tekshirilganda o’pkaning kengaygan 
bronxlar joylashgan qismi ustida timpanik tovush eshitiladi. Qopsimon 
va silliq devorli katta bo’shliqlar ustida jaranglama tovush eshitiladi. 
Ba’zi hollarda bo’shliqga xos gavda holatini o’zgartirish, og’izni ochish 
yoki yopish vaqtida paydo bo’ladigan boshqacha tovush fenomenlarni, 
shuningdek darz tuvak tovushini hosil qilish mumkin. Bronxoektazga 
uchragan joy auskultatsiya qilinsa, bronxial nafas yoki uning amforik 
nafas tipiga kiruvchi xili eshitiladi, odatda yirik va jarangli xirillashlar 
ham eshitiladi (tovushning balandligi katta bo’shliqdan chiqgan 
rezonans hamda bronx devorining qalinlashib zichlanganligiga bog’liq). 
Bronxoektaziya sohasi, tovush dirilashi va bronxofoniya kuchayadi. 
O’pka va plevrada chandiqli o’zgarishlar paydo bo’lishi tufayli, bronxlar 
kengaygan bo’lsa, bemor ko’zdan kechirilganda ko’krak qafasining 
kasallangan tomoni kichiklashgani seziladi, ko’krakning shu qismi bir 
oz cho’kkan bo’ladi, nafas olganda esa shu tomon yetarli ko’tarilmaydi. 
Perkussiya qilinganda o’pkaning shu tomondagi cheti kam siljiydi. 
Shuni ham aytib o’tish kerakki, yuqorida ko’rsatib o’tilgan fizik 
alomatlar sodir bo’lmasligi va kasallik faqat yo’tal hamda balg’am 
ajralish bilangina kelishi mumkin. Bunday hollarda rentgenologik 
tekshirish 
muhim 
diagnostik 
ahamiyatga 
ega. 
Rentgenologik 
tekshirishda bronxoektatik kengaygan bo’shliqlar tuxumsimon yorug’ 
joylar shaklida ko’rinadi: bular odatda yakka- yakka, yoki to’p-to’p 
bo’lib, o’pka ildiziga yaqin joyda, o’pkaning pastki qismida joylashadi; 
yorug’ joy atrofida chandiqli va infiltratli, tasmasimon qorong’u 
tortmalar ko’zga tashlanadi, ular bronxlar bo’ylab tarqaladi, 
bo’shliqlarning o’ziga sekret yig’ilib qolgan bo’ladi, ularning kattalarida 
gorizontal joylashgan suyuqlik ko’rinadi, gavda holatining o’zgarishi 
bilan bu suyuqlik sathi ham o’zgaradi. 
Haltasimon bronxoektazlar yuzaga kelsa manzara ana shunday 
bo’ladi. Tsilindrik bronxoektazlarda tortmalar dag’alroq, ular ko’proq 
o’pkaning pastki qismida joylashgan bo’lib, o’pka ildizidan chiqadi. 
Tsilindrik bronxoektazlar kengaygan va devorlari qalinlashgan 
bronxlarda paydo bo’ladi (bronxlar atrofiyaga uchrab devori 
yupqalashganda ular ko’rinmaydi: ular sekret bilan to’lgandagina 
ko’rinishi mumkin). Biroq bronxlar kengaygan bo’lishiga qaramay, 
ba’zan ularni rentgenoskopiyada aniqlab bo’lmaydi (juda mayda 
bronxoektazlar ko’p bo’lganligi sababli). Bunday hollarda bronxografiya 
qo’llaniladi. Tekshiriladigan bronx tarmoqlarining tegishli bo’limiga 


125 
kontrast modda kiritilgandan keyin uning rasmi olinsa tasvirlanganda 
o’xshash aniq va chiroyli manzara hosil bo’ladi: kontrast qorishma bilan 
to’lgan bronxoektazlar uzum boshi yoki mevali daraxt shoxida o’xshash 
shakllar hosil qiladi. 
Bronxoektaziyada uchraydigan boshqa alomatlardan biri bemor 
barmoqlarining uchlari nog’ora tayoqchalariga o’xshab to’mtoqlanib 
qolishidir. Bunday o’zgarishning sodir bo’lishi sababli hozirgacha 
aniqlangan emas. Bunda trofik buzilishlar rol o’ynasa kerak (ba’zi 
suyaklar, ayniqsa naysimon suyaklar to’qimalarining siyraklashib 
qolishi-ya’ni osteoporozning sababi ham shunda). Bemor yuzining 
kerkishi ham kishi diqqatini o’ziga jalb qiladi, bu hol bemorning doimiy 
yo’talishga bog’liq. Bemorning umumiy ahvoli uzoq vaqtlar davomida 
o’zgarmaydi. Tana harorati odatda normal bo’ladi, biroq harorat vaqti - 
vaqti bilan (balg’am ajralmay qolganda) qisqa vaqtda ko’tarilishi 
mumkin. Kasallik surunkali kechadi, u goh zo’rayib, goh pasayib turadi. 
Bemor tamomila sog’ayib ketmaydi. Bemorlar o’zlari uchun ham, 
boshqalar uchun ham ortiqcha yuk bo’lib qoladilar (ayniqsa balg’am 
badbo’y hidli bo’lganda). 

Download 8,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   575




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish