tftimlari, multimedia va gipermatnli ta’lim turlarining intellektual
tfeimi yordamida ©‘zlashtiriladi.
Yangi ta’Iim*turlarining shakllanish sabablari hamda ilg‘or o ‘quv
vositalarining samaradorligini o ‘rganish ular o ‘rtasida o ‘zaro birlik
rfavjudligini ko‘rsatdi. Bu birlik mohiyati nuqtai nazaridan
quyidagi
mexanizmga asosfanadi:
So‘nggi yifiarda amal iyotda K.Kerr tomonidan tavsiya etilgan
quyidagi faol ta’lim uslublari samarali qo‘llanilmoqda:
T a’limning yangi vositalari quyidagilardan iborat:
43
Demak, pedagogik texnologiyalar ta’lim vositalarining yangi
avlodi va turlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Ta’lim muassasalarining ijtimoiy-iqtisodiy
resurslari bir-biridan
farq qiladi. Shu bois barcha ta ’lim muassasalarida o ‘quv jarayoniga
ilg‘or pedagogik texnologiyalami tatbiq etishga bir vaqtda erishish
mumkin emas. Bu yo‘lda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritish quyidagi
sharoitlarning mavjudligini taqozo etadi:
Ishga yaroqli
vositalar va noto‘liq
apparat qismlarini
ta’mirlash;
Yangi ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va turli fan
yo ‘nalishlari bo‘yicha yaratilgan o ‘quv matnlarini tarjima qilish
qobiliyatiga
ega
bo‘lgan
mahoratli
pedagog-texnologlarni
tayyorlash;
T a’limning texnik vositalaridan foydalanish jarayonida
peda-
goglar duch kelayotgan qiyinchiliklar,
shuningdek, “faoliyatsiz
fikrlash” sabablarini o'rganish va bartaraf etishga erishish.
K.R.Branson (AQShning Florida universitetidagi Pedagogik tex
nologiya markazi direktori) pedagogik texnologiya nazariyasi shaklla-
nishining tarixiy asosini shunday belgilaydi: ibtidoiy jam oa tuzumi-
ning ilk davrlarida bilimlarni yetkazib berishda og‘zaki usullar keng
qo‘llanilgan. Bu usul quyidagi to ‘rt elementni o ‘zida mujassam-
lashtirgan:
Bilim - tajriba - o‘qituvchi -
talaba
Ushbu paradigma ta ’limning individualIashtirilgan shakli deb
nomlanadi.
T a’limni juftli yoki guruhli shakllarda tashkil etish g‘oyasi esa
XII asrda ilgari surilgan bo‘lib, XX asrning oxirida ushbu g ‘oya
negizida quyidagi:
Bilim - tajriba - talaba
modeli shakllandi. Bu model mohiyatini yorituvchi paradigma
guruhli deb nomlanib, u ta’lim oluvchilarning o ‘quv faoliyati
doirasida o ‘z-o‘zini anglash, vaqtning samarali o ‘tishiga erishish,
qayta aloqa
sifati va sonini orttirish, didaktik materiallar sifatini
44
yaxshilash, o‘z-o‘zini boshqarish tizimini kengaytirish, rivojlangan
ta’lim tizimini joriy etish, yangi kurslami loyihalash, o ‘quv rejasi
mazmunini
takomillashtirish,
ta’lim
sub’yektlarining
o ‘quv
imkoniyatlarini orttirish, shuningdek, ular faoliyatini baholashda qulay
vositalardan foydalanishga xizmat qiladi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyaga asoslangan yangi para-
digmning mohiyati interfaol ta’limni keng ko‘lamda va mavjud
imkoniyatlar asosida yo‘lga qo‘yishdan iborat. Unga ko‘ra, har bir
ta’lim oluvchi o‘quv axborotini uch manba:
- o ‘qituvchi yordamida,
- ma’lumotlar bazasi (muayyan fan bo‘yicha yoki o ‘quv
doirasida) yordamida;
- talabalar guruhi (ular bilan o ‘zaro faoliyatni tashkil etish)
yordamida egallaydi.
Pedagogik texnologiya modelida quyidagi paradigma aks etadi:
1. Muammoni q o ‘yish;
2. Kuzatish va tajriba asosida dalillar to ‘plash;
3. Dalillarni sharhlash va ilmiy farazlarni ilgari surish;
4.
Testlar yordamida, nazariy g ‘oyalarni amaliyotga tatbiq
etish yo‘li bilan ilmiy farazlarning haqqoniyligini tekshirish;
5. Xulosa va tavsiyalar tayyorlash
Robert Tomasning fikricha (AQSh, Kaliforniya universiteti),
pedagogik texnologiya elementlari orasidagi munosabat uni qo‘llash
sohasiga oid modelda ifodalanishi mumkin.
Pedagogik
texnologiya
mazmunida:
boshqaruv
vazifasi
(menejment); joriy etish (rivojlanish); ta’lim vositalarini ishlab
chiqarish vazifalari aks etadi.
Olib borilgan kuzatish va tadqiqotlar natijasida shahar maktab-
larida qishloq maktablariga nisbatan zamonaviy texnologiyalarni
qo‘llash darajasi ancha yuqori ekanligiga guvoh bo‘Iindi.
Pedagogik texnologiya pedagogik jarayonni tashkil etishda
yaxlit ta ’lim yoki m a’lum ta’lim doirasida bilimlarni puxta
loyihalashga sharoit yaratadi.
M.Eraut (M.Eraut-Oksford, 1985 yil) tomonidan yaratilgan o ‘nta
tomdan iborat “Xalqaro pedagogik ensiklopediya”da quyidagi
zamonaviy pedagogik texnologiya konsepsiya (paradigma)larining
majmui taqdim etiladi:
45