N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

TOMDA O T G A N TUNLARIM
Yana yoqim siz o ‘y-xayollar yopirilib kela boshladi. ; 
Said akaning gaplarini eslab, dadillandim. Uyga kechroq 
kirib borishni m aqsad qilib, shoshm asdan yayov keta- 
verdim. Vaqt allam ahal b o ‘lganda Tegirmonboshi qish- : 
log ‘iga kirib bordim. O dam lar xonadonlariga kirib 
ketgan, k o ‘chalar kim sasiz edi. Uyga to ‘g ‘ri borishga 
yuragim betlamay, daraxtlar panasiga o4ib o ‘ylay 
boshladim. Yaxshisi, tom ga chiqib hovlini kuzatishga 
qaror qildim.
Daraxtga tirm ashib, osongina tom ga chiqib oldim. 
Ehtiyotlik bilan em aklab borib, hovli tom onga nazar ; 
soldim. A llaqachon ham m a uyquga ketib b o ‘lgan, faqat 
o ‘gay otam ning y o lg ‘iz o ‘zi chiroq yo ru g ‘ida nim adir : 
qilyapti. K uzata boshladim . U xuddi o ‘g ‘rilarday tez-1 
tez atrofga alanglar, gazetaga term ilib, tilla zayomlarini 
tekshirm oqda edi. Darrov O tashning gaplarini esladim. 
Demak, u hazillashm agan, otasining zayom lari chindan 
ham anchagina ekan.
Tomning bir chetiga bosilgan sholi poxoliga suyanib 
o ‘yga toldim. Pastga tushib o ‘gay otam ga boMganj 
voqealarning ham m asini aytib bersam m ikan?
Haqligimni qanday isbot qilishim mum kin. X o‘p, j 
isbot ham qildim deylik, undan keyin onam ikkimiz- • 
ning hayotim iz qanday kechadi? To‘g ‘ri, beparvoliginaj 
tufayli govm ishning b o ‘kib oTishiga sababchi b o ‘lgan-
134


dirman. Buning uchun beriladigan jazogayam chiday- 
man. Lekin qator o ‘g ‘irliklarda gumon qilinib tuhm at- 
larga qolish, o ‘g ‘ri degan jirkanch tam g ‘ani k o ‘tarib 
yurish judayam o g ‘ir-ku. Qolaversa, hozir pastga 
tushsam, q o ‘rquvdan o ‘gay otam ning yuragi yorilib 
o‘lishi ham hech gap emas. U ch-to‘rt kun yolchitib 
uxlolmaganim uchunm i, k o ‘zim ilinibdi. Erta tongda 
junjikib uyg‘ondim.
Yana Said akaning so ‘zlarini eslab, k o ‘nglim yo- 
rishganday b o ‘ldi. M ayli, ham m asiga chidayman. 
Otam bilan k o ‘rishish qochm as, oldin onam bilan 
bir m aslahatlashay-chi. Ana undan keyin gap arzon 
b o iad i. 0 ‘gay otam ning ishga, O tashni maktabga 
ketishini poylab jim yotaverdim. Men kutgan fursat 
keldi. O najonim so ‘rida paypoq to ‘qib o ‘tirardi. Uni 
cho‘chitib yuborm aslik uchun yengil y o ‘taldim. U 
atrofga alanglab, meni qidira boshladi.
P - Bu yerdam an, - dedim unga jilm ayib qarab.
- Davronjonmisan! Voy X udoyim dan aylanay.
Onajonim meni k o ‘rdi-yu o ‘m idan turib narvonni
tomga q o ‘ydi va k o ‘cha eshikni tam balash uchun cho- 
pib ketdi. Pastga tushdim . U k o ‘zlarida yosh bilan meni 
quchoqlab b ag ‘riga bosdi. Tugunni yechib, undagi 
mayda-chuydalami dasturxonga q o ‘ydim. Osh solingan 
sopol laganni k o ‘targandim, uning tagidan ellik so‘m 
pul ham chiqdi. Bu m ening ishlab topgan halol pulim 
edi. Uni onajonim ning q o ‘liga tutqazm oqchi b o ‘ldim.
- M enga pul kerak emas, qom im to ‘ysa b o ‘ldi, 
o‘g‘lim. 0 ‘zingga bir qavat usti-bosh qilib ol, - dedi 
xomush tortib. - Puldan ham k o ‘nglim qoldi. O damzod 
shu bir parcha q o g ‘ozni deb nim alar qilmaydi. Uyi- 
mizdagi ham m a kelishm ovchiliklar shuning orqasidan 
bo‘lyapti. Pul odam lar aqlini o ‘g ‘irlab, ulam ing o ‘r- 
tasiga nifoq soladi. U b o ‘lgan jo yda insonning kimligi
asl basharasi yaqqolroq nam oyon b o ‘ladi. K am bag‘al
135


b o ‘lsayam, otang rahmatlini him mati baland, naqadar 
nazari to ‘q odam ekanligini chuqurroq anglayapman.. 
M ing shukur, umring o ‘xsham asin-u, sen otangga tort- 
ding. Hech qachon pulga mehr q o ‘yma, bolam. K o‘zi 
och, xasis odam ning d o ‘sti ham b o ‘lmaydi. Anavi, uyda 
yo'qolgan pulning gapi k o ‘chagayam chiqdi.
Birov ishondi, birov ishonmadi. Seni nom ing qora 
b o ‘lgach, Berdivoy bilan Qurbon aka ham k o ‘pchilik 
ichida dadangni m ulzam qilganmish. Senga ishonaman, 
o ‘g ‘lim. Vaqt-soati kelib o 'g 'riy a m topilib qolar. Balo- 
dan hazar... K o‘nglimki, yana to ‘rt-besh kun k o ‘zdan 
panaroq b o ‘lib tursang, yaxshi b o ‘larmidi. Shu kunlarda 
otang o ‘g ‘li Otash bilan ham chiqisholm ay yuribdi. 
Bu qaysar bola xuddi asov otga o ‘xshaydi, borgan sari 
jilovlash qiyinlashib boryapti. N a otasiga quloq soladi, 
na boshqaga. M eni-ku, sariq chaqagayam olmaydi. 
O tang shu kunlarda ju d a tutab yuribdi, Alini o ‘chini 
Validan olm asin deym an-da, bolam.
- Siz nim a desangiz shu, - dedim onam ni yupatib.
- Bilasan, kutilm aganda kelib qoladigan odati bor. 
Men gunohkor onangdan xafa b o ‘lma, bolam. Bir kun 
yuzing y orug1 b o ‘lishiga ishonaman. To‘g ‘ri to g ‘ang- 
nikiga borgin.
K o‘chaga chiqib qadam im ni tezlatdim. Tog‘amnikiga 
borm aym an. Darrov yana Said akaning oldiga borishga 
uyaldim. Tuman m arkazida aylanib, o ‘zim ga mos ish 
qidira boshladim.
H arakatlarim zoye ketdi. O dam lar hatto meni ting- 
lashniyam istamadi. Yarim tungacha tentirab, qayerga 
borishim ni bilmay, Tegirmonboshi qishlog‘iga, uyim iz­
ga qarab yuraverdim . Bundan boshqa choram qol- 
madi. A trofni ko ‘zdan kechirib, yana daraxt orqa- 
li tom ga chiqib oldim. Tomning o ‘rtarog‘ida do ‘m- 
payib k o ‘zim ga bir narsa k o ‘rindi. Q o ‘rqib ketdim. ; 
Q im irlam ayapti, nim a b o ‘lishi m um kin? Asta yaqinlash-
136


dim, xayriyat k o ‘rpacha bilan bolish ekan. Bu m ehribon 
onajonim ning ishi edi! Yostiqni olib, ko‘rpachaga 
yonboshladim . Bulutlar orasidan m o ‘ralayotgan oy 
atrofni yoritib yubordi. Hovlini kuzata boshladim . 
A tro f suv sepganday jim . Tomga tutash ishkom ustuni 
ayrisidagi kosaga k o ‘zim tushdi. Sekin borib ichiga 
qaradim. Ovqat. Sovib qolgan b o ‘lsa-da, ishtaha bilan 
mantini yeb, kosani yana joy iga q o ‘ydim va asta 
o ‘m im ga c h o ‘zildim. Tong qorong‘isida uyg‘onib, 
ko ‘chaga qaradim. Hech kim y o ‘q. Hushyorlik bilan 
tomdan tushib, tum an m arkaziga qarab y o ‘l oldim.
Kunlar shu y o ‘sin o ‘taverdi. Biror ish topolm agach, 
bozom i aylanib kunni kech qilaverdim . El uyquga 
ketganda pusib kelib, tom ga chiqib yotaman. Yaxshi 
uxlolm ay qiynalam an. B o‘shagan kosani k o ‘rgan onam ­
ning m endan k o ‘ngli to ‘q. Tong otm asdan o ‘m im dan 
turib, yana j o ‘nayman.
Tuxum bozoriga bir-ikki m arta borib, qiziqib qol­
dim. O dam lar xaridorgir b o ‘lishi uchunm i, pishgan 
xonaki tuxum lam i qizil, k o ‘k, har xil ranglarga b o ‘yab 
sotadilar. Q iziqligi shuki, ikki kishi sotuvchining yoniga 
o ‘tirvolib, tuxum dan o ‘n donadan oldilariga qator qilib 
teradilar va raqib b o ‘ldi deguncha urishtiraveradilar. 
Har o ‘ntadan kim k o ‘p yutsa, yigirm ata tuxum ga, 
m ag‘lub pul to ‘laydi.
G ‘olib esa urishtirilgan tuxum lam i bem alol sotave- 
radi. Bu o ‘yin ham qim om ing bir turi b o ‘lib, ishlam ay 
pul topadigan «kunda-shunda»lar-u, tom oshaga talablar- 
gorlar ham talaygina.
Kutilm aganda o ‘gay otam ning o ‘ynayotganini k o ‘rib 
qoldim. Endi qochishni m o ‘ljallab turgandim, uning 
olazarak k o ‘zlari m enga tushdi.
- Iye, o ‘g ‘lim siz bu yerda nim a qilib yuribsiz? -
dedi kutilm agan shirinsuxanlik bilan, tirjayib sizlarkan.
- Tomosha, - dedim q o ‘rqqanim dan yerga qarab.
137


- Ha, tom osha deng... D aydim asdan bugun uyga 
boring, o ‘g ‘lim. Sizga yangi kastim -shim olib q o ‘y- 
ganman. Bir kiyib k o ‘ring, loyiq kelsa kiyarsiz, loyiq 
kelmasa, alm ashtirgizib beram an. Tushundingizm i?
-T u sh u n d im .
- Yashang, o ‘g ‘lim!
Bu y o g ‘i necha pulga tushdi, Davronboy, deydigan 
odam ning o ‘zi y o ‘q. D avradan silliqqina orqam ga tisa- 
rilib chiqib ketdim. Endi to ‘g ‘ri uyga boraman.
O tang senga kostum -shim olib q o ‘ygan b o ‘lsa-yu, 
sen ovsam ing yurishingni qara-ya, deym an o ‘zimga- 
o ‘zim. Yo‘q, deym an yana o ‘z xayollarim ga qarshi 
borib. S im yog‘o ch g ab arg chiqibdi, desa, ishonsa b o ‘lar, 
lekin otam ning bunday qilishi aqlga sig‘maydigan ish, 
ch o ‘pchakdan boshqa narsa emas. To‘g ‘ri, yosh bola- 
man, am mo nahotki meni shunchalik dumbul deb 
o ‘ylasa. T uzog‘ingizdan o ‘rgilay, otajon, m ana men 
uyingizga ketyapman.
0 ‘zim da anglab b o ‘lmas bir kuchni, shijoatni his 
qildim. N egadir m enda q o ‘rquvdan asar ham qolma- 
gandi.

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish