Visa
va
MasterCard
kabi oshkora
raqobatchilarni yoddan chiqaring. Agar, aytaylik, raqamli to‘lovlarning barcha
afzalliklarini taklif qiladigan va bundan bitkoinning barcha real va ehtimoliy
kamchiliklaridan xoli bo‘lgan to‘lov tizimi mavjud bo‘lsa-chi? Agar bu tizim
odamlar unga ishonadigan boshqa tizim ichiga kiritilgan bo‘lsa-chi? Agar
bularning hammasi nomi va logotipi bir mevadan iborat bo‘shgan kompaniya
tomonidan qadoqlangan holda sotilgan bo‘lsa-chi?
Apple
uchunboshqa to‘lov
tizimlaridan foydalanuvchilarni og‘dirib olish va ularga mobil to‘lovlar tizimini
taklif qilish bitkoinga hizmatlar sifatidan qat’i-nazar xuddi shu ishni qilishdan
osonroq bo‘lar edi. Havfsizlik (va o‘zgaruvchanlik) muammosi ularning ochiq
kodli modellari tufayli keng istiqbollarga ega bo‘lgan kriptovalyutalarni yanada
modernizatsiya qilish yo‘li bilan bartaraf qilinishi mumkin va lozimdir.
Kriptovalyutalarning moliya tizimida ustunlik qiladigan holatga erishish
usuli ularning uzluksiz moslashuv jarayonidan iborat bo‘lib, buni hech kim
kriptovalyuta bozoridagi asosiy o‘yinchilardan tezroq bajara olmaydi. Aynan ular
bitkoinni samarali ilgari surishga imkon bergan bo‘lar edilar.Bitkoin joriy
qilishning asosiy katalizatori hukumatning davlat sektori moddiy-texnik ta’minoti
harajatlarini qisqartirishga yoki boshqaruv qarorlari qabul qilishning shaffoflik
darajasini oshirishga intilishi oqibatida bo‘lar edi. Hozir raqamli asr, bitkoin esa –
raqamli asr valyutasi hisoblanadi. Odamlar hayotini telefonsiz tasavvur ham qila
olmaydigan, juda ko‘plab savdo bitimlari onlayn amalga oshiriladigan dunyoda
muomala oddiyligi va harajatlar tejalishi bitkoinga ustunlik beradi. U yuqorida
aytib o‘tilgan katalizatorlardan bittasiga, keyin yana bittasiga, undan keyin yana
bittasigava ehtiyoj sezadi. Pirovardida bitkoin shu qadar ommalashdiki, pulning
uchala funksiyasini birlashtiradi va shunda xuddi dollar kabi buyuk ahamiyatga
ega bo‘ladi. Jamiyatdagi salbiy imidjga va me’yoriy cheklovlarga qaramasdan,
tashqi muhit kriptovalyutalarning gullab-yashnashiga to‘sqinlik qilyapti deb
bo‘lmaydi. Kriptovalyutalarga moyillik bildiradian ayrim davlatlar, jumladan,
Shveytsariya,
Singapur,
Birlashgan
Qirollik
va
Kanada
kriptovalyuta
texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan innovatsion xablar
180
yaratishga hizmat qilgan bo‘lardi. Hatto AQSH da ham, NDFU direktori
Bendjamin Loski tomonidan taklif qilingan bit-litsenziya qabul qilinmaganiga
qaramay, chuqur fikrlaydigan qonun chiqaruvchilar kriptoolam sohasidagi
innovatsiyalar uchun imkon qoldirishgan. Shu bilan bir vaqtda, rivojlanayotgan
mamlakatlardagi kriptotexnologiyalar rivojlangan mamlakatlar bilan bu sohada
tenglashish ma’nosida juda ham sekin harakat qilishmoqda. Lekin u yerlarda ham
bitkoin bilan ishlashga intilish sezilarli darajadaligi OAV habarlari vositasida
ma’lum bo’lmoqda. Agar bitkoin, masalan, Xitoyda
WeChat
sifatidatashkil
qilingani kabi, rivojlanayotgan mamlakatlarda kriptovalyutalar moliyaviy
transfertlar va xalqaro pul o‘tkazmalari uchun tezda asosiy vositalardan biriga
aylanishi mumkin bo‘lganida edi, bank hizmatlari uchun ochiq bo‘lmagan 2,5 mlrd
kishining ehtiyojlarini qondirgan bo‘lardi. Ular unchalik boy emas, lekin tijorat
agentlari va yetaki investorlar qiziqarli deb hisoblaydigan yangi bozorni tashkil
qilgan bo’lar edi. Bunday bozorlarda ishlash uchun esa qandaydir kriptovalyuta,
masalan, bitkoin kerak bo’ladi. Ehtimol, aynan shu holat kriptovalyutalar va
bitkoinning tez orada ustunlik qiladigan global valyuta sifatida kelishidan darak
beradigan ulkan global mash’ala hisoblanishi mumkindir.Agar bu stsenariyda
bitkoin blokcheyni afzal ko‘riladigan bo‘lsa, bitkoinning valyuta sifatidagi qiymati
shiddat bilan o‘sib boradi, chunki unga talab doimo mavjud bo‘ladi. Agar
bitkoinning bunday kelajagiga ishonadigan bo‘lsangiz, bemalol unga investitsiya
kiritavering. Sizga bu qanday yutuq va’da qilishini tushunish uchun ota-onangiz
maslahati kerak emas.Biroq bitkoin, shubhasizki, pul o‘tkazmalari global
tizimining kriptovalyuta platformasiga aylanish uchun eng ehtimoliy nomzod
hisoblanadi. Uning bozor kapitallashuvi qolgan barcha altkoinlarning birga
olgandagi kapitallashuvidan ham yuqori. Bitkoinlar depozitariysi va elektron
hamyonlar ijaraga beruvchi
SEO
mutahassisi Xapo Venses Kasares bitkoin
kelajagini u onlayn-savdo uchun afzal ko‘riladigan ayirboshlash vositasiga
aylanadigan «internet tabiiy valyutasi» sifatida ko‘radi.
An’anaviy valyutalarning raqamli variantiga to‘liq asoslangan pul tizimi
hukumatlarni yana bir necha usulda kuchaytiradi. Markaziy banklar, masalan, bank
181
omonatlariga manfiy foiz stavkalari belgilashi va omonatchilar o‘z jamg‘armalarini
yo‘qotmaslik uchun ularni naqd pulga o‘tkaza olmasliklari mumkin. Bu o‘z
pullarini to‘plab o‘tirmasdan, ularni raqamli valyutalar ko’rinishda sarflashni butun
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun bir kuchli stimulga aylantiradi. Markaziy bank
haddan tashqari kuchli hukmronlik qilish huquqlariga egadeb hisoblaydiganlar
uchun bu haqiqiy bosinqirash bo‘ladi. Bu kriptovalyuta utopiyasining antitezasidir.
Shu yerga kelganda yana, kriptovalyuta nima, degan savolga javob topishga
harakat qilamiz. Kriptovalyutani himoyalangan raqamli elektron pullar deb ham
atashimiz mumkin. Ularni qo‘l bilan ushlab bo‘lmaydi, lekin oddiy pullarga
almashtirish va turli valyutalar uchun xos bo‘lgan boshqa operatsiyalarni amalga
oshirish mumkin, shu jumladan, ular orqali nimanidir sotish yoki sotib olish
mumkin. Kriptovalyuta nafaqat to‘lov vositasi sifatida, balki investitsiyalash usuli
sifatida ham ishtirok etadi–oxirgi oylarda kriptovalyutalar narxi sezilarli o‘sib va
kamayib, bu ularni spekulyativ usulda yaxshigina pul ishlab topishning yuqori
riskli usuli sifatida ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Bu turdagi investitsiyalarda eng
salbiy jihat – raqamli pullar narxi ertaga qanday bo‘lishi mumkinligini oldindan
aytish imkoni yo‘qligidir. Darvoqe, kriptovalyutalar tizimlaridagi axborot
saqlanadigan bloklar zanjiri belgilangan ketma-ketlikda ko’rsatilgan qoidalar
bo‘yicha tashkil qilingan blokcheyn texnologiyasi asosida faoliyat ko‘rsatadi.
Kriptovalyutalar kursi neftga ham, oltinga ham bog‘lab qo‘yilmagan. Aytaylik,
bitkoin narxini oshiradigan yagona omil bu – cheklangan emissiya va talabning
ortishi yoki kamayishi bo’lib, bitkoinlar miqdori chegaralangan. Uni oltin yoki
kumush kabi foydali qazilmalar bilan taqqoslash mumkin – dunyoda uning miqdori
cheklangan va uni sun’iy raivshda ishlab chiqarib bo‘lmaydi. Kriptovalyutaning
asosiy ustunligi ham huddi mana shundan iborat – uni qalbakilashtirib ham
bo‘lmaydi. Biroq moliyaviy ekspertlar bunday qo‘yilmalar riskli ekanligi haqida
ta’kidlashni davom ettirishmoqda, ko‘plab davlatlar esa avvalgidek, o‘z ramsiy
bozorlarida kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni taqiqlamoqdalar. Markaziy
bankni asosan ular oldindan aytish imkoni bo‘lmagan kriptovalyutalar kursini,
shuningdek, ular oddiy valyutalarga o‘xshamasligi, mulkiy ma’noda esa ularni
182
bunday deb atash mumkin bo‘lmagan efiriumlar va bitkoinlarni tartibga solish
huquqini beradigan tushunchalar yo‘qligi xijolatga qo‘yadi. Shuningdek, mahalliy
tartibga soluvchida kriptovalyutalarni nazorat qilish imkoniyati yo‘qligi ham
shubha uyg’otadi. Biroqzamonaviy iqtisodiyotdagi tendensiyalarhukumatni
raqamli elektron pullarni mahalliylashtirish ustida o‘ylanishga majbur qiladi.
Dastbalki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda kriptovalyutalar bilan operatsiyalarni
rasmiy darajada faqat o‘zini birjalarda munosib tomondan ko‘rsatgan investorlar
amalga oshirish mumkin bo‘ladi, kriptovalyutaning o‘zi «boshqa mulk»ka
tenglashtiriladi, kapital egalari esa kriptovalyutalardagi raqamli valyutani
deklaratsiya qilishga majbur qilinadi. Kriptovalyutalar olamida havfsizlik ham
muhim rol o‘ynaydi – ko‘pincha jinoyatchilar jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni
kriptovalyuta yordamida «yuvish» uchun undan foydalanadilar.
Kriptovalyutani qanday qilib ishlab topish mumkin? OAVda yil boshida
chop etilgan kriptovalyutalar kursi geometrik progressiyada yuqorilay boshlagani
haqidabir qator nashrlar va yangiliklardan so‘ng, ayrim tadbikorlar raqamli
elektron puldan foydalanib, daromad topish haqida o‘ylana boshladilar. Aniqrog‘i,
kriptovalyutalarni toppish, unga egalik qilish va ularni foyda bilan sotish haqida
fikrlay boshladilar. Kriptovalyutalarni uy sharoitlarida bir nechta usullar vositasida
ishlab topish mumkin: ulardan birinchisi mayning – kriptovalyutalarni mustaqil
ishlab topish, ikkinchisi forjing –maynerlarni moliyalashtirish, shuningdek,
uchinchisi ularni kriptovalyutalar birjasi orqali oddiygina sotib olish.
Endi kriptovalyutalar birjasihaqida fikrlab ko’ramiz. Agar siz nima qilib
bo‘lsada, bir necha bitkoin yoki efiriumga ega bo‘lish istagida bo‘lsangiz, va bu
orqali nimadir ishlab olishni istasangiz, siz to‘g‘ri birjaga yo‘l olishingiz lozim.
Kriptovalyutalar birjalari ko’pchlik hollarda oddiy birjalar bilan bir xil tartibda
ishlaydi. Bu savdo maydonchalardagi asosiy farq shundaki, agar oddiy birjaga
odamlar brokerlarsiz biror bir ish qila olishmasa, kriptovalyuta birjasida savdolarda
boshqalarni jalb qilmasdan ham ishtirok etish mumkin. Birjadagi bi=undan boshqa
ishlar esa o‘xshash, ya’ni, ro‘yxatdan o‘tish, birjada kotirovka qilinadigan ma’lum
bir valyutada hisobraqami ochish, shundan keyin operatsiyalarni amalga oshirish
183
mumkin bo‘ladi. Asosiysi – kriptovalyuta birjalarining ikki xil turi mavjudligini
esdan chiqarmaslik kerak. Birinchi turdagi birjalarda kriptovalyuta «tirik» pulga –
dollar, evro, funt va hatto rublga sotiladi. Ikkinchi turdagilarida esa –
kriptovalyutalar raqamli elektron pullarga sotiladi. Elektron pullar bitkoinni
efiriumga (yoki boshqa kriptovalyutaga) joriy kurs bo‘yicha onlayn rejimida
almashtrish va bunda pul ishlab olish mumkin bo‘lgan kriptovalyuta ayirboshlash
shahobchasi rolida ishtirok etadi.Agar birja savdosi siz uchunmurakkablik
qiladigan bo‘lsa, lekin siz bitkoinni rublga yoki rublni bitkoinga almashtirish
fikridan qaytmasangiz, kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasiga murojaat
qilishingiz kerak bo’ladi. Bunday shahobchalar joriy kurs bo‘yicha kriptovalyutani
boshqa turdagi valyutaga ayirboshlashga imkon beradigan oddiy servislardir.
Kriptovalyuta ayirboshlash shahobchasini tanlashda shuni yodda tutish kerakki,
oxirgi paytlarda kriptovalyutaga ixtisoslashgan firibgarlar soni ancha ortgan. Shu
sababli, ayirboshlash uchun maydonchani tanlashga jiddiy yondashish kerak.
Internetda kriptovalyuta ayirboshlash shahobchalari reytinglari va ular haqidagi
fikrlarni osonlik bilan topishingiz mumkin. Endi esa kriptovalyutalar kapitallashuvi
masalasini ko’rib chiqamiz. Kriptovalyutalar bilan bog‘liq masalalarda odamlar
yo‘l qo‘yadigan asosiy xatolik - bu atamalarning ma’no va mihiyatini tushunmaslik
yoki bilmaslikdir. Ko‘pchilik kapitallashuvni kurs bilan adashtiradi bu esa qo‘pol
xato hisoblanadi. Ha, kriptovalyutalar kapitallashuvikriptovalyutalar kursiga
bog‘liq, lekin bularning ikkalasi bir xil narsa emas. Odatda, kurs qanchalik baland
ko‘tarilsa, kapitallashuv shunchalik tez o‘sadi. Biroq ayrimmutaxassislarqaysidir
kriptovalyutaning bozor qiymatini mavjud sxemalar bo‘yicha aniqlashning imkoni
yo‘q, chunki kriptovalyutalar kapitallashuvi – tortishuvli masala degan fikrlarga
qo‘shiladilar. Kriptovalyutalarning yo‘q bo‘lib ketish holatlari ekspertlar orasida
shubha uyg‘otadi. «Satosi Nakamotu» niki ostida ishlaydigan tadbirkorlik
sub’ektlariu bir necha yil oldin million bitkoin bilan birga g‘oyib bo‘lgandeb
hisoblashadi. Shuningdek, avvalroq buzilgan uskunalarda «yonib» ketgan
kriptovalyutalar haqidagi axborotlar ham paydo bo‘lgan. Albatta, hozir tizim ancha
havfsiz, elektron pullar qimmatlashuvi foydalanuvchilarni bu masalaga jiddiyroq
184
yondashishga majbur qiladi, lekin risk baribir mavjud.Mayning qilish uchun esa
kriptovalyutani «mayning» qiladigan asbob-uskunalar hamda tegishli dastur xarid
qilish talab etiladi. Ko‘plab ijobiy fikrlarga qaramay, mayning uskunalari bitkoinni
juda ham katta miqdorlarda «jalb qilmaydi». Kriptovalyuta fermasi egasi, uskunani
kriptotizimga ular ekan, ushbu tizimdagi tranzaksiyalar haqidagi axborotni
saqlaganligi uchun qandaydir miqdorda mukofot oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |