Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

Andressen Horowitz 
investitsiya fondi venchurli tadbirkori Kris 
Dikson. «Bir tomondan, sizda ish joyini yo‘qotgan bank xodimi bor va siz uning 
oldida o‘ng‘aysizlik his qilasiz, boshqa tomonidan esa, qolgan hamma 3%dan 
to‘lashi kerak bo‘lmaydi va bu ulkan iqtisodiy ahamiyatga ega, chunki bu kichik 
biznes rentabelligining o‘sishini jiddiy rag‘batlantiradi. Biroqjamiyatda yuzaga 


176 
kelgan muammolga qarashlar nuqtai-nazaridan bu salbiy qabul qilinadi. Axir 
muayyan odamlar yo‘qotadi va butun jamiyat uni qabul qiladi».Bunday masalalar 
kriptovalyutalar asrida o‘ziga xos dolzarblikka ega bo‘ladi – har xolda, bu holat 
blokcheyn avtomatlashtirishga duch keladigan va uni ishonch asosida ishlatganlar 
band bo‘lgan tarmoqlarda ro’y beradi. Ular moliyaviy hizmatlarni 
rivojlantirishning ushbu yangi yo‘li raqamli videokameralar istiqbollarini yaxshi 
tushuna olmagan 
Eastman Kodak 
tushib qolgan vaziyatga olib kelmasligiga umid 
qilish imkonini beradi. Biroq, siz tushungan bo‘lsangiz kerak, biz bunday 
qarashlarni o‘ta soddalik deb hisoblaymiz. Hozirgi paytda ancha kam sonli 
yetakchi tadqiqotchilar bitkoinni o‘tib ketadigan qiziqish deb hisoblaydilar –2014 
yil o‘rtalariga kelib, bu lagerda faqat Nyu-York universitetidan Nuriel Rubini va 
Yellik Robert Shiller qolgan holos. Raqamli valyuta bunday kutilgan natijalarni 
qanchalik ko‘p rad qiladigan va bitkoin biznesi innovatsion egri chiziq bo‘ylab 
qanchalik harakat qilishi bilan bunday qarashlar shunchalik qoloq bo‘lib 
ko‘rinaveradi. AQSHda kriptovalyutalarning asosiy aylanmasi risk yuqori bo‘lgan 
pul siyosati sharoiltarida ro‘y beradi. Bu maydonga kriptovalyuta va u bilan 
bog‘liq biznes «lobbisi» sifatida endi kirib kelmoqda. Moliya hizmatlari an’anaviy 
tarmoqlarida ularning raqobatchilari uzoq vaqt davomida siyosatchilar 
jamg‘armalariga katta miqdorda mablag‘lar o‘tkazib yurgan va bu ular uchun 
qulay bo‘lgan qonunchilik ishlab chiqishga hizmat qilgan bir paytda 
bitkoinchilarbu dunyoga kirish huquqini yaqinda qo‘lga kiritdilar. 
Bitkoin Vashington moliyaviy doiralarida o‘rin egallay boshlashiva 
an’anaviy moliya sektori vakillari bilan rentabellik bo‘yicha raqobat qila boshlashi 
bilan umoliyaviy qonunchilikni ishlab chiqish va joriy qilish jarayoniga ma’lum bir 
ta’sirga ega bo‘ladi. Taqdir taqozosi bilan, agar kriptovalyuta biznesi ko‘ngildagi 
darajada foydali bo‘lganida edi, u o‘z ishini yo‘qotgan kishilarning manfaatlarini 
ifodalaydigan guruhlar vakili bo‘lgan jiddiy kayfiyatdagi muxoliflarga duch kelgan 
bo‘lardi. Jamiyat hammaga ma’qul keladigan qaror ishlab chiqishi, o‘z ishini 
yo‘qotgan va malakasini o‘gartirishi lozim bo‘lgan kishilar minimal harajatlar 
bilan nomarkazlashgan kriptovalyuta dasturlarini joriy qilish natijasida o’z 


177 
vakolatlarni kommunalarga berishdan hosil bo’ladigan afzalliklarni amalga 
oshirishi uchun barcha manfaatdor tomonlar to‘planishi va muzokaralar yo‘li bilan 
mos keluvchi yechim topishi zarur. Bu yerda gap ish joyi qisqartirilgan 
xodimlarning 
manfaatlarini 
himoya 
qilish 
haqida 
bormoqda. 
Bitkoin 
biznesiadolatli o‘yin qoidalari belgilash zaruratini tushunib yetadigan hukumatning 
qo‘llab-quvvatlashi tufayli yutuqqa erishishi mumkin. Kriptovalyutalar 
asridamonopoliyaga 
qarshi 
qonunchilikka 
rioya 
qilish, 
biznes 
yuritish 
qoidalarining shaffof bo‘lishi va iste’molchilar huquqlarining himoya qilishni 
qattiq turib talab qilish kerak. Monopoliyalar va trastlarni tiyib turish hamda 
raqobatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan hozirgi davlat modeli bu masalalarda 
ilgari hech qanday qoidabuzarliklarga duch kelmagan deb bo‘lmaydi. 
Biroqmarkazlashgan hukumatni butkul axlatga chiqarib yuborish uchun kelajak 
iqtisodiyotini nazorat qilishga qodir bo‘lgan monopollashgan – yoki boshqacha 
qilib aytganda, markazlashgan – kuchni yordamga chaqirishga to‘g‘ri keladi. 
Kriptovalyuta tashabbuskorlari 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish