Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari


Virtual (raqamli/elektron) valyuta



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

Virtual (raqamli/elektron) valyuta
– moddiy timsolda mujassam topmagan, 
to‘laqonli pul belgisi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan pul mablag‘laridir. 
Kripotovalyuta
–kriptografik algoritmlarni maxsus ko’rinishlarda qo‘llashga 
asoslangan emission valyuta turi. 
Tranzaksiyalar bloklari zanjiri (Block Chain / Blokcheyn)
– taqsimlangan 
ma’lumotlar to‘plamlarini tuzish metodologiyasi bo‘lib, bunda har bir ma’lumotni 


37 
qayd qilish unga egalik qilish tarixi haqidagi axborotdan iborat bo‘ladi, bu esa uni 
qalbakilashtirish imkoniyatini qattiq chegaralab qo‘yadi. Blokcheyn virtual valyuta 
tizimlarida operatsiyalarni bajarish va ularning tarixini saqlash uchun qo‘llanadi. 
Bitkoin
– mavjud virtualvalyutalar ichida birinchi va eng keng tarqalgan 
kriptovalyuta hisoblanadi va u bitkoin blokcheyni texnologiyasidan foydalanadi. 
Virtual valyutalar kriptovalyutalarga mansub bo‘lmasligi va Blokcheyn 
texnologiyasidan foydalanmasligi ham mumkin. Bunday virtual valyutalarga misol 
qilib Yandeks-pul, Veb-mani (WebMoney) va Kivi-hamyonni (Qiwi) keltirishimiz 
mumkin. Ko‘pchilik virtual valyutalar, kriptovalyutalar va blokcheyn atamalarini 
adashtirib yuboradi va ularni sinonim sifatida qo‘llaydi, lekin bu faqat birinchi –
bitkoin uchun to‘g‘ridir. Gap shundaki, blokcheyn texnologiyasi maxsus Bitkoin 
uchun ishlab chiqilgan va ma’lum vaqt davomida boshqa hech qaerda 
qo‘llanilmagan, hozir esa holat bunday emas. Blokcheyn texnologiyasi asosida 
bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni emissiya qilish boshlangan. 
Blokcheyndan pul nominali nuqtai-nazaridan emas, balki davlat reestrlari yuritish 
sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat sektorida blokli zanjirlar bilan 
amalga oshirilgan tajribalar butun dunyo bo‘ylab tezlashib bormoqda. AQSHda 
sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa bir qator tarmoqlarda, Shvetsiyada mulk 
huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Buyuk Britaniyada pensiya ta’minoti sohasida 
ham aynan shu yo‘lni, ya’ni blokcheyndan foydalanishni tanlagan. Bunday 
loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar yaratish bilan taqqoslaganda, ancha 
pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardan olinadigan ijtimoiy samara, 
raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa yuqori bo‘ladi. Masalan, hisob-
kitoblarga ko‘ra, faqat AQSHning o‘zida mulk huqiqini ro‘yxatdan o‘tkazish 
sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4 mlrd dollar tejashga imkon bergan 
bo‘lardi. Bunda tejamkorlik operatsiyalar tezlashuvi bilan, demak, tijorat 
sektorinnig rivojlanishi bilan birga kuzatiladi. Blokcheyn texnologiyasi tobora 
ko‘proq quyidagi sohalarda qo‘llanilmoqda: mualliflik huquqi, saylovchilar 
ovozini hisoblash, tashabbus kraudfandingi, ijtimoiy obro‘-e’tibor, sug‘urta, 
reklama, stavkalar va boshqa bir qancha sohalar. Texnologiyalar va algoritmlar 


38 
mohiyatiga kirishib o‘tirmasdan, quyida blokcheyn texnologiyasining 
boshqalaridan ajratib turadigan asosiy xusuyatlarini sanab o‘tamiz: 
ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar 
tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda 
saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o’zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib 
qo‘yadi; 
har bir qayd qilingan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib 
chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirishga imkon beradi; 
ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki 
g‘ayri qonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi. 
Blokcheyn 
texnologiyasining 
sanab 
o‘tilgan 
xususiyatlari 
kriptovalyutalarning asosiy xususiyati – ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni: 
1. qalbakilashtirish imkonsizligi; 
2. o‘g‘irlash imkonsizligi. 
3. umumiy emissiya markazi yo‘qligi; 
4. ochiq dasturiy kod mavjudligi; 
5. tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari); 
6. transchegaraviylik mavjudligi. 
Ishonchlilikdan tashqari, kriptovalyutalar foydalanuvchilarni foydalanish 
qulayligi va tranzaksiya harajatlari minimalligi bilan ham o’ziga jalb qiladi. 
Bitkoin (
yoki boshqa har qanday kriptovalyuta
) qiymati maxsus birjalarda 
(
kriptobirja yoki virtual valyutalar birjasida
) bozor talab va taklifi asosida 
belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘plab virtual valyutalar moddiy 
ta’minotga ega emas, balki ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi. 
Ta’kidlash joizki, valyutalar, obligatsiyalar, aktsiyalar, veksellar va boshqa 
shu kabi moliyaviy vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham ijtimoiy shartnoma shakli 
hisoblanadi va to‘liq moddiy ta’mniotga ega bo‘lmaydi. Biroq agar klassik valyuta 
qiymati asosan uni emissiya qiladigan mamlakatning moliyaviy-iqtisodiy va 
siyosiy tarkibiy qismlariga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati faqat 
foydalanuvchilar kutadgan natijalar bilan belgilanadi. 


39 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish