271
hech qanday vositachilarsiz (
bank yoki boshqa moliyaviy instrumentlarsiz
)
to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida amalga oshirilishini ta’minlovchi
to’lov tizimi valyutasidir. Bunda nazorat qiluvchi organlarsiz, tangalarning
haqiqiyligini murakkab matematik algoritmlar asosida tasdiqlanadigan tizim
amal qilgan xolda ishtirokchilarning har biri ushbu tangalarni emissiya qilishi
ham mumkin. Bitkoinning o’ziga xos jihatlari sifatida quyidagilarni
ko’rsatishimiz mumkin:
Markazlashmagan tizim –bunda har bir ishtirokchi teng huquq va
imkoniyatlarga ega;
Hisob-kitoblarning to’liq saffofligi – har bir ishtirokchi barcha
tranzaktsiyalarni ko’rishi mumkin;
Nazoratning yo’qligi – hech bir davlat yoki tashkilot tizim ichidagi
operatsiyalarni nazorat qila olmaydi;
Sirlilik – tizim ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlanishini
so’ramaydi;
Kriptotangalarni emissiya qilish cheklangan –jami 21 million BTC
(bitkoin tangasi) chiqariladi;
Balans ikki yoqlama yozuv asosida bo’lmaydi, balki barcha
tranzaktsiyalar xronologik tartibda barcha ishtirokchilarda ko’rinadi;
Kriptovalyutalar inflyatsiyaga uchramaydi. Qiymati esa bozordagi talab
va taklifga qarab o’zgaradi;
Yuridik (huquqiy) jihatdan kriptovalyutalarning ishlatilishi uchun hech
qanday asos mavjud emas;
Bitkoin va u bilan bog’liq operatsiyalarning amalga oshirilishi uchun
faqatgina internet tarmog’iga ulangan ishtirokchilarning mavjud bo’lishi
kifoya.
Kriptovalyutalar bilan ishlash jarayoni qaysidir ma’noda oldindan mavjud
torrent tizimida ishlovchi ishtirokchilarning o’zaro fayllar almashinuviga
ham o’xshab ketadi. Faqat bu tizimda fayllar o’rnida maxsus kriptografik
kodlar xeshlangan xolda bloklarga yig’iladi. Ushbu bloklarning vaqt bo’yicha
272
to’g’ri
ketma-ketlikda
tuzilishi
esa
blokcheyn
(bloklar
zanjiri)
texnologiyasini yuzaga keltiradi, masalan:
Har bir ishtirokchi o’zi amalga oshiradigan tranzaktsiyani ommaviy kalit va
mahfiy kaliti orqali amalga oshirilishi ko’zda tutiladi.
Ommaviy kalit orqali
bo’ladigan harakatlar va tranzaktsiyalar umumiy tizimda barcha ishtirokchilar
tomonidan qayd etilib boriladi. Mahfiy (
yopiq
) kalit orqali kelib tushgan pul
mablag’lari tasdiqlanadi. Bu tranzaktsiyalarni amalga oshirish va umuman
boshqa har bir tranzaktsiyani ishlov bergan xolda saqlab olish uchun
zamonaviy yuqori ko’rsatgichli parametrlarga ega bo’lgan (
videokarta ishlov
berish tezligi va protsessor takt chastotasi o’ta yuqori bo’lgan
)
komp’yuterlar va tezkor internet aloqasi bo’lishi talab etiladi. Tizim to’liq
kuchlanishda ishlashi uchun esa komp’yuterlar ko’proq energiya sarfini talab
etadi. Ushbu harajatlarni sarflash orqali ishtirokchilar rag’batlantirish sifatida
yangi kriptovalyuta (
bitkoin, efirium, laytkoin va boshqalar
) yoki oddiy
pullarda komission haq olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ishtirokchilar soni
qanchalik ko’paygani sari kriptovalyuta tangalarini olish ham shunchalik
qiyinlashib boraveradi. Xuddi shuning uchun ham kriptovalyuta tangalarini
qo’lga kiritishni oltin qazib olingani singari –
Mayning
qilish deb nomlangan.
Xozirgi
davrga kelib, maining qilish uchun katta-katta inshootlar va
binolardan foydalangan xolda doimiy ravishda ishlab turuvchi yirik
serverlardan iborat “
Mayning fermalari
” tashkil qilingan. Kim avvalroq shu
ishga qo’l urgan bo’lsa, hozirda barcha harajatlarni qoplagan xolda, bir necha
273
million dollarlik daromadga ega bo’lgan. Ammo bu amalni kechroq
boshlaganlarda harajatlar hali qoplanmagan.
Yuqorida kriptovalyutalar orqali amalga oshirladigan to’lovlarning
xususiyatlari haqida ma’lumotlar berildi. Endi esa nima uchun ularning
(
bitkoin, laytkoin, efirium va boshqalarning
) qiymati so’nggi
vaqtlarda
yuqori sur’atlar bilan oshayotgani haqida ma’lumotlar keltiramiz. Aslida
kriptovalyuta tangalarini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar unchaik
katta emas, biroq,foydali qazilmalar yohud heftni qazib olishdagi tashkilotlar
ko’payishi va ushbu zahiralarning kamyob topilishi bois narxi oshgani kabi
bitkoinni ham mayning orqali hosil qilish murakkablashgan holatda butun
boshli mayning fermalaridagi bir necha kunlik to’xtovsiz amaliyot natijasida
bor-yo’gi bir nechta bitkion hosil bo’layotgani hamda bitkoinlar maksimal
soni chegaralangani (21 million) narxning ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda.
Biroq narxlar ko’tarilishiga bundan boshqa sabablar ham mavjud. Eng asosiy
sabablardan biri bitkoinni Xitoy, Yaponiya va Januviy Koreya singari
rivojlangan davlatlar rasman to’lov vositasi sifatida qabul qilayotgani bitkoin
tangalarga nisbatan talabni o’ta
kuchaytirib, uning narxi 2017 yilning o’zida
998 AQSH dollaridan salkam 20000 AQSH dollarigacha o’sdi (850 foiz).
Shuning uchun ham dunyoning yetakchi birjalari va yirik banklari bitkoin
savdosini treyding tizimida yo’lga qo’ymoqdalar. Garchi kriptovalyutalar
bozorining gurkirab rivojlanishi butun jahon moliy-iqtisodiy tizimiga katta
ta’sir qilgan xolda mavjud tizimning yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’lishi
mumkin bo’lsada, ayni paytda katta daromad ko’rish istagida bo’lgan
investorlar bitkoinlar bozorining rivojlanishidan manfaatdor bo’lmoqdalar.
Shuningdek, kriptovalyutalar bozorining gurkirab rivojlanishidan eng ko’p
manfaatdor
insonlar
– yashirin iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi
investorlardir. Shu va shu kabi faktorlar oqibatida hozirgi davrda bir qancha
iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bitkoin orqali turli noqonuniy va jinoiy
faoliyatlarning rivojlanib ketishining oldini olish maqsadida kriptovalyutalari
(
shu jumladan, bitkoinni ham
) to’lov vositasi
sifatida qabul qilishga
274
shoshilishmayaptilar. Bitkoinni harid qilish masalasiga to’xtaladigan bo’lsak,
hozirgi
vaqtda
uni
bir
necha
maxsus
birjalar
va
bitkoin
egalaridan
(ishtirokchilardan
) to’g’ridan-to’g’ri sotib olishning bir qancha
usullari mavjuddir. Bu savdoda bitkoinning joriy qiymati ishtirokchilar
orasida o’zaro kelishilgan xolda aniqlaniladi. Agar savdo birjalar orqali
amalga oshirilgan bo’lsa, u xolda to’lovlar halqaro VISA, Master Card
kartalari orqali va va bundan tashqari Webmoney, Qiwi, Perfect Money,
Advcash, Payeer, Paypal hamda boshqa turdagi electron hamyonlar orqali
sotib olish mumkin. Agarda siz 2010 yilda 0,003 kurs bo’yicha 100
dollarga
bitkoin sotib olgan bo’lsangiz, bugungi kunga kelib uning qiymati 153
million dollardan oshgan bo’lar edi. Biroq bitkoin yagona kriptovalyuta
emas, xozirgi vaqtda undan tashqari boshqa bir qancha turdagi
kriptovalyutalar ham mavjud. Quyida ular haqida bir qancha ma’lumotlar
keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: