22-mavzu Майдон томошалари тушунчаси.
Reja:
1-Ommaviy bayram turlari
2-Maydonlarda tadbirlarni о‘tkazish metodikasi
Kalit so’zlar: Meyerxoldning biomexanikasi, Aktyorlar bilan ishlash texnikasi, biomexanikalar, reaksiya.
Ommaviy bayramlar, konsert dasturlari, tematik kechalar, turli mavzudagi musiqiy, badiiy, publitsistik, xoreografik kompozitsiya va h.k.lar, bog‘lar, maydonlarda о‘tkaziladigan turli janrlardagi tadbirlar umumiy nom bilan madaniy tadbir tushunchasiga teng bо‘ladi. Bir sо‘z bilan aytganda ijodiy, uslubiy jihatdan mukammal, puxta tayyorlangan, tо‘g‘ri tashkil etilgan dasturlar madaniy tadbir deb nomlanadi.
Yuqorida aytib о‘tganimizdek, har qanday madaniy tadbir ijodiy va tashkiliy jarayonlarni о‘z ichiga oladi. Ijodiy ishlarga tadbirning ssenariy rejasini tuzish, ssenariysini yozish, sahnalashtirish, badiiy jamoalar bilan ishlash, tadbir о‘tadigan joyni bezash kabi ishlar kirsa, tashkiliy ishlarga esa ana shu ijodiy ishlarni amalga oshirish uchun qilinadigan barcha ishlar kiradi. Masalan, badiiy jamoalar bilan ishlash uchun mikrofonlar, texnik jihozlarni tayyorlash kabi vazifalar shular jumlasidandir. Yoki, sahnani bezash uchun rassom ijodiy nuqtai nazardan yondoshganda ham unga aynan duradgor kerak bо‘ladiki, u sahnani bezagi uchun kerakli jihoz yoki materiallardan foydalanadi, ya’ni reyka, taxta, mix va boshqalardan sahna uchun kerakli figura, shakl va boshqalarni tayyorlab beradi.
“Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” bо‘limi talabalaridan ikki xil mutaxassisilikni puxta о‘rganishliklari talab etiladi. Birinchisi, madaniyat va san’at muasasalarini tashkil etish va boshqarish (bunda rahbarlikka xos bо‘lgan tamoyillar, madaniyat va san’at muassasalariga oid moliyaviy, iqtisodiy masalalar) va ikkinchisi ijodiy jarayonlarni tashkil etish, ya’ni sahnalashtirish (rejissura), ijrochilar (boshlovchilar, aktyorlar, xonandalar, raqsga tushuvchilar, turli xil janrlarda ijod qiladigan ansambllar) bilan ishlash, mizanssenalar ustida ishlash, kо‘rgan tadbirlarni tahlil qila olishlik, ssenariy mahorati, badiiy bezak, g‘oyaviy talqin kabi tushunchalar bilan tо‘liq qurollangan bо‘lishi zarur.
“Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati” fani tadbirlarni tо‘g‘ri, maqsadli tayyorlash va о‘tkazish bilan bir qatorda sahnalashtirish ishlarini ham о‘rgatadi. Madaniy tadbirlar turlari boyicha ularning spetsifik farqlari jihatidan о‘rganiladi va amaliy jihatdan о‘zlshtirilib boriladi.
О‘quv davri mobaynida talabalar madaniy tadbirlarni tashkil etish uchun aktyorlik, rejissyorlik qobiliyatlarini turlu mashqlar, etyud, sahnaviy parchalar, dramatik asarlar, turli janrlarda yozilgan inssenirovka, masal va boshqa janrlar ustida ishlash, madaniy tadbirlarning turlarini sahnalashtirish orqali ozlashtirib boradilar.
Respublikamizda о‘tkazilayotgan bosh maydon tamoshalari, mustaqillik va navrо‘z bayramlari, sport anjumanlari, «Sharq taronalari» xalqaro festivali dasturlari hamda respublikamiz miqyosidagi bayram tomoshalarini о‘tkazishdagi muvaffaqiyatli rejissura ana shu ijodkorlar nomlari bilan bog‘liqdir. Mustaqillik va navrо‘z tomoshalari 50 dan ortiq davlatlarga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri efirga uzatilmoqda. Bularning barchasi respublikamizda ommaviy bayramlarni tashkil etish va о‘tkazishda birmuncha tajriba tо‘planganligidan dalolatdir. Xulosa qilib aytganda barcha ijodiy kuchlarning hamkorligida tayyorlangan ssenariy dasturi har qanday ommaviy tadbirni muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
Respublikamizda mustaqillikka erishilgach, kishilar ongi, dunyoqarashi, tafakkuri, maqsad va intilishlari, bir sо‘z bilan aytganda ma’naviy-mafkuraviy olamida, ruhi tabiati va hatto qiyofasida ulkan о‘zgarishlar paydo bо‘la boshladi. Bu borada Prezidentimiz va hukumatimizning ma’naviyat, ma’rifat, mafkura, madaniyat va g‘oyaviy yо‘nalishborasida olib borilayotgan hayotiy va odilona siyosati muhim omil bо‘lib xizmat etmoqda. Shu ma’noda kuni kecha qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy g‘oya targ‘iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish tо‘g‘risida”gi qarori (“Xalq sо‘zi”, 26 avgust, 2006 yil) bu borada dasturi amal bо‘lib xizmat etishi tabiiiy. Binobarin, ijtimoiy-madaniy rivojlanishimizda adabiyot va san’atning о‘rni, ahamiyati, maqsad va vazifasi, qolaversa samarasi muhim rol о‘ynaydi. Zero, gap ma’naviyat, mafkura, g‘oya, ma’rifat va madaniyat haqida borar ekan, biror bir tadbir yoki ma’ruza, qо‘llanma bо‘ladimi, badiiy adabiyot va san’at asarlarisiz ular ma’no-mazmunini tasavvur etib bо‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |