Хожибойга ma'ruza



Download 442,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/99
Sana24.02.2021
Hajmi442,15 Kb.
#59630
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   99
Bog'liq
ozbek tili leksikologiyasi

Leksik neologizmlar 

Leksik  neologizmlar  tilda  yangi  paydo  bo’lgan  va  yangilik  bo’yog’ini 

yo’qotmagan so’zlar: internet, marketing, litsenziya va b. 

Har  qanday  neologizm  dastlab  ayrim  shaxs  nutqida  voqe  bo’ladi,  bunday 

paytda u individual nutq neologizmi sanaladi. Mas., “Bek akang ko’rinmay qoldi-



ku?- dedi Kesekpolvon labiga sigaret qistirib. Humkalla cho’ntagidan chaqqonlik 

bilan  yoqqich  olib  unga  olov  tutdi...”  (T.M.)  Bu  so’zda  yoqqich  so’zi  ruscha 

zajigalka so’zining kalkasi tarzida qo’llangan, uni asar muallifi (Tohir Malik) o’zi 

yasagan  va  o’zi  individual  nutq  neologizmi  sifatida  birinchi  bo’lib  ishlatgan. 

                                                           

1

 Qarang: B. To’ychiboyev. O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari. –T.: “O’qituvchi”, 1996, 126-b.  



 


Demak,  bu  so’z  hozircha  umumtil  neologizmi  darajasiga  ko’tarilmagan,  chunki  u 

nutq  ixtiyoridan  til  ixtiyoriga  o’tmagan.  Ba’zan  ancha  ilgari  yaratilgan  individual 

nutq  neologizmlari  ham  umumnutq  neologizmiga  aylanmay  qolib  ketadi.  Buni 

atoqli yozuvchi Abdulhamid Cho’lpon tomonidan o’z vaqtida yasalgan ozitqi so’zi 

misolida  yaqqol  ko’rsa  bo’ladi:  “...Har  bir  ona  suti  og’zidan  ketmagan  tentak 

gimnazistni  bir  “ozitqi”  deb  bilardi

1

.  Abdulhamid  Cho’lpon  bu  gapdagi  ozitqi 



so’zini achitqi, qichitqi tipidagi yasalmalar modeliga (qolipiga) suyanib yasagan va 

uni  “yo’ldan  ozdiruvchi”  (ruscha  “soblaznitel”)  ma’nosida  qo’llagan.  Bu  nutqiy 

parchada  ozitqi  so’zining  yangi  lisoniy-badiiy  topildiq  sifatida  alohida  estetik 

qimmat  kasb  etganligi  shubhasiz,  ammo  u  shu  matndan  tashqariga,  umumtil 

doirasiga  chiqqan  emas,  demak,  umumtil  neologizmi  holatiga  o’tmagan.  Bunday 

holat  Oybekning  “Nur  qidirib”  povestidan  keltirilgan  quyidagi  gapda  ham 

kuzatiladi:  “...chorrahada,  balandlikda  qizil  sallali,  qisqa  ishtonli,  qop-qora 

regulirovshchik-yo’lbon  qo’llarini  ohangdor  o’ynatib,  ko’cha  harakatini 

boshqaradi” (22-bet) (individual neologizm-yo’lbon, regulirovshchik-yo’lbon).  

Umumtil  neologizmi  til  hodisasi,  individual  neologizm  esa  uslubiy  hodisa 

sanaladi. Leksikologiyada, asosan, umumtil neologizmi o’rganiladi. 

Umumtil  neologizmi  ham  nisbiy  hodisadir:  til  taraqqiyotining  ma’lum  bir 

bosqichida  neologizm  bo’lgan  so’z  keyinroq  neologizmlik  “bo’yog’i”ni  yo’qotib, 

zamonaviy  leksik  qatlam  birligiga  aylanishi  mumkin.  Mas.,  telefon,  televizor, 



trolleybus, radio so’zlaridastlabki paytlarda neologizm bo’lgan, hozir esa ularning 

birortasid  yangilik  bo’yog’i  saqlanmagan,  demak,  bu  so’zlar  allaqachon 

neologizmlik holatidan chiqib, qo’llanishi odat tusiga kirgan leksemalrga aylangan. 

Bunday holat ba’zan qisqa davr ichida ham yuz berishi mumkin: keyingi 5-10 yil 

ichida  o’zbek  tili  leksikasida  paydo  bo’lgan  test,  ball,  grant,  litsey,  kontrakt  kabi 

yangi  so’zlarda,  shuningdek,  hokim,  ishbilarmon,  tadbirkor  so’zlarining  yangi 

ma’nolarida  “yangilik  bo’yog’ini  yo’qotish”,  “odat  tusidagi  so’zga  yoki  ma’noga 

aylanish”  sur’ati  shu  daraja  tezlashganki,  natijada  ularni  ko’pchilik  qiynalmay 

anglaydigan va ularni qo’llaydigan bo’lib qolgan. Demak, bu so’zlar neologizmlik 

holatidan  zamonaviy  qatlam  birligi  holatiga  o’tib  bo’lgan  yoki  o’tish  jarayonini 

boshidan kechirmoqda. 

 


Download 442,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish