Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida


Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/26
Sana20.02.2021
Hajmi0,96 Mb.
#59372
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26
Bog'liq
Mantiq ilmining predmeti

Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish  

Tushunchalarni  chegaralash va  umumlashtirish  tushunchalar  ustida  olib 

boriladigan amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va hajmi o‗rtasidagi 

teskari  nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi.  

Tushunchani chegaralash hajmi keng tushunchadan hajmi tor tushunchaga 

(jins  tushunchadan  tur  tushunchaga)  fikran  o‗tishdan  iborat.  Masalan,  «mexanik 

harakat»  tushunchasidan  «aylanma  harakat»  tushunchasiga  o‗tsak,  uning  hajmini 

chegaralagan  bo‗lamiz.  CHegaralashda  berilgan  tushuncha  –  «mexanik  harakat» 

jins  tushuncha,  deb  qabul  qilinib,  uning  mazmuniga  tur  tushuncha  hosil  qiluvchi 

belgilar  qo‗shiladi.  Natijada  unga  nisbatan  tur  hisoblangan  yangi  tushuncha  – 

«aylanma harakat» tushunchasi hosil bo‗ladi.  

CHegaralash  amalini  davom  ettirib,  «Erning  o‗z  o‗qi  atrofida  aylanishi» 

tushunchasiga o‗tish mumkin. Demak, chegaralash davomida hosil bo‗lgan har bir 

yangi  tushuncha  avvalgisiga  nisbatan  tur  tushuncha  bo‗ladi.  CHegaralash  amali 

yakka  tushuncha  hosil  bo‗lguncha  davom  ettirilishi  mumkin.  CHunki  yakka 

tushunchaga nisbatan tur bo‗lgan tushuncha yo‗q.  

Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha:  

  

A – Harakat.  



V – Mexanik harakat.  

S – Aylanma harakat.  

B   


C   

А 

В   


В эмас   

Д   


С   

В   


А   


D – Erning o‗z o‗qi atrofida aylanishi.  

  

 Tushunchani  umumlashtirish  hajmi  tor  tushunchadan  hajmi  keng 



tushunchaga  (tur  tushunchadan  jins  tushunchaga)  fikran  o‗tishdan  iborat.  Bunda 

berilgan  tushuncha  tur  tushuncha  deb  qabul  qilinib,  uning  mazmunidan  tur  hosil 

qiluvchi  belgilar  chiqarib  tashlanadi.  Natijada  mazmun  jihatidan  unga  nisbatan 

torroq, lekin hajmiga ko‗ra kengroq bo‗lgan jins tushuncha hosil bo‗ladi. Masalan, 

«aylanma  harakat»  tushunchasi  mazmunidan  faqat  ungagina  xos  bo‗lgan  tur 

belgilarni  chiqarib  tashlasak,  «mexanik  harakat»  tushunchasini  hosil  qilamiz. 

Umumlashtirish  amalining  chegarasi  eng  umumiy  tushuncha,  yani  kategoriyadir. 

CHunki kategoriyalar uchun jins bo‗lgan tushuncha yo‗q.  

Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha:  

A – Erning o‗z o‗qi atrofida aylanishi.  

V – Aylanma harakat.         

S – Mexanik harakat.  

D – Harakat.  

Tushunchani chegaralash va umumlashtirish 

amallari kundalik hayotimiz va ilmiy bilishda keng 

qo‗llaniladi.  Xususan,  barcha  kategoriyalar,  ular 

yordamida 

ifodalanadigan 

nazariy 

qonunlar, 

g‗oyalar, 

nazariyalar 

mavjud 

empirik 


tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‗ladi.  

Umumlashtirish  muhokama  yuritish  jarayonida  induktiv  xulosa  chiqarish 

usulida  yaqqol  ifodalangan  bo‗ladi.  Tushunchalarni  umumlashtirishsiz  fanning 

fundamental  tushunchalarini  yaratib  bo‗lmaydi;  mavjud  bilimlarni  tizimga  solish 

qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.  

Tushunchalarni  chegaralash  amali  esa,  yaratilgan  umumiy  bilimlarni 

(nazariy  tushuncha,  g‗oya,  nazariya  va  shu  kabilarni)  talqin  etishda  ishlatiladi. 

Masalan,  Nyuton  mexanikasidagi  «Inersiya»  tushunchasi  Galiley  nazariyasidagi 

«Erkin tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.  


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish