Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana20.02.2021
Hajmi0,96 Mb.
#59372
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
Mantiq ilmining predmeti

Tariflash  (yoki  definitsiya)  tushunchaning  mazmunini  ochib  beradigan 

mantiqiy  amaldir.  Tarif  aniqlanuvchi  va  aniqlovchi  qismlardan  tashkil  topadi. 

Aniqlanuvchi qismni mazmuni ochib berilishi lozim bo‗lgan tushuncha, aniqlovchi 

Д   


С   

В    А   




qismni  esa,  aniqlanuvchi  tushunchaning  mazmunini  ochib  beruvchi  tushunchalar 

tashkil  etadi.  Masalan,  «mantiq  to‗g‗ri  tafakkur  shakllari  va  qonunlarini 

o‗rganuvchi  falsafiy  fandir»  degan  tarifda  «Mantiq»  aniqlanuvchi  qismni, 

qolganlari  esa  aniqlovchi  qismni  hosil  qiladi.  Tariflash  bilishda  quyidagi  asosiy 

vazifalarni  hal  qilishda  yordam  beradi:  1)  tushunchada  aks  etuvchi  predmetning 

muhim belgilarini ko‗rsatadi; 2) tushunchani ifoda qiluvchi so‗zning (terminning) 

manosini  ochib  beradi;  3)  termin  hosil  qilishga  imkon  beradi.  YUqoridagi 

vazifalardan  qaysi  birining  hal  qilinishiga  qarab  nominal  va  real  tariflar  farq 

qilinadi.  

Nominal tariflar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar yangi 

termin  bilan  almashtiriladi  hamda  uning  manosi  aniqlanadi.  Masalan,  «Mantiq 

grekcha  «logos»  so‗zidan  olingan  bo‗lib,  tushuncha,  fikr,  so‗z,  qonuniyat  kabi 

manolarga ega», desak, mantiq tushunchasiga nominal tarif bergan bo‗lamiz. «Til 

belgilarini  o‗rganuvchi  fan    semiotikadir»,  degan  tarif  ham  nominal  tarifga 

misoldir.  

Real  tarifda  predmetning  muhim  belgisi  aniqlanadi.  Masalan,  «Atom  – 

moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasi», real tarifdir.  

Real  tarif  aniq  va  noaniq  ko‗rinishlarda  bo‗lishi  mumkin.  Aniq  real  tarif 

predmetlarning  muhim  belgilarini  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  ko‗rsatib  beradi.  Noaniq  real 

tarifda  esa  tushunchaning  mazmuni  yordamchi  vositalar  orqali  ochib  beriladi. 

Masalan,  o‗qigan  parchamizda  notanish  terminlar  uchrab  qolganda,  uning 

manosini  lug‗atdan  foydalanmasdan,  boshqa  so‗zlarning  manosiga  qarab 

aniqlashimiz mumkin.  

Aniq real tarifning ikkita asosiy turi mavjud: 1)  yaqin jinsi va tur belgisini 

ko‗rsatish orqali tariflash; 2)  genetik tarif.  

YAqin jinsi va tur belgisini ko‗rsatish orqali tariflash real tarifning eng ko‗p 

ishlatiladigan  turi  bo‗lib,  u  ikkita  bosqichdan  tashkil  topadi.  Birinchi  bosqichda 

aniqlanuvchi  tushunchaning  yaqin  jinsi  topiladi.  SHu  tariqa  uning  mazmuni 

qisman  ochib  beriladi.  Ikkinchi  bosqichda  aniqlanuvchi  tushunchaning  shu  jinsga 

kiruvchi  boshqa  tur  tushunchalardan  farqi  aniqlanadi,  yani  uning  tur  belgisi 

ko‗rsatiladi.  SHu  tariqa  mazkur  tushuncha  mazmunining  qolgan  qismi  ochib 

beriladi.  Masalan,  bizning  oldimizda  «metafora»  tushunchasining  mazmunini 

aniqlash  vazifasi  turibdi,  deylik.  Bunda,  avval  aniqlanuvchi  tushunchaning  yaqin 

jinsi  topiladi:  u  «so‗z»  tushunchasidir.  «Metafora  so‗zdir»  deyish  bilan  «so‗z» 

tushunchasi  mazmunida  fikr  qilinadigan  muhim  belgilarning  metaforaga  ham 

tegishli  ekanligini  ko‗rsatamiz,  yani  «metafora»  tushunchasi  mazmunini  tashkil 

etuvchi  umumiy  belgilarni  aniqlaymiz.  Ko‗chirma  manoda  ishlatilishi  esa, 

metafora  sifatida  ishlatilayotgan  so‗zning  tur  belgisi,  yani  individual  belgisi 

hisoblanadi.  Bu  tur  belgini  yaqin  jinsga  qo‗shib  «Metafora  ko‗chirma  manoda 

ishlatiladigan  so‗zdir»,  degan  to‗la  tarif  hosil  qilamiz.  SHu  tariqa  eng  qisqa  yo‗l 

bilan,  yani  yaqin  jinsi  va  tur  belgisini  ko‗rsatish bilan  tushunchaning  mazmunini 

aniqlaymiz.  





Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish