Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/26
Sana20.02.2021
Hajmi0,96 Mb.
#59372
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
Mantiq ilmining predmeti

Tushunchaning turlari  

Mantiqda  tushunchalar  mazmuni  va  hajmi  bo‗yicha  bir  qancha  turlarga 

bo‗linadilar. Xususan, hajmiga ko‗ra yakka va umumiy tushunchalar farq qilinadi.  

YAkka  tushunchaning  hajmida  bitta  predmet  fikr  qilinadi.  Masalan,  «Mars 

planetasi yakka tushunchadir. Umumiy tushuncha predmetlar guruhini aks ettiradi. 

«Planeta» tushunchasi umumiy tushuncha hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks 

ettiruvchi  predmetlarning  miqdori  chegaralangan  va  chegaralanmagan  bo‗lishi 

mumkin. Masalan, «kimyoviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar 

soni  chegaralangan.  «YUlduz»  tushunchasi  hajmini  tashkil  qiluvchi  predmetlar 

soni esa Cheksiz .   

Fikr  yuritish  jarayonida  umumiy  tushunchalar  ayiruvchi  va  to‗plovchi 

tushunchalar  tarzida  bo‗lishi  mumkin.  Ayiruvchi  tushuncha  shunday  umumiy 

tushunchaki,  u  aks  ettiruvchi  belgilar  berilgan  sinfning  har  bir  predmetiga 

xosdir.To‗plovchi tushuncha ham umumiy tushuncha bo‗lib,u aks ettirgan belgilar 

shu  umumiylikni  tashkil  etuvchi  har  bir  predmetga  taaluqli  bo‗lmaydi.Masalan, 

―konferensiya‖ – to‗plovchi, ―konferensiya ishtirokchisi‖ – ayiruvchi.  

 Mazmuni  bo‗yicha  tushunchalar,  avvalambor,  abstrakt  va  konkret 

tushunchalarga bo‗linadi. Konkret tushunchalarda predmet o‗zining belgilari bilan 

birgalikda  fikr  qilinadi.  Abstrakt  tushunchalarda  esa  predmetning  belgilari  undan 

                                                           

1

 Morris R. Cohen, Ernest  Nagel. An  Introduction to Logic and Scientific Method. New Delhi/ 2007. 



P.31  


fikran  ajratib  olinib,  alohida  aks  ettiriladi.  Masalan,  «Inson»,  «Tabiat» 

tushunchalari – konkret tushunchalar, «Qahramonlik» (insonga xos xususiyatni aks 

ettiradi),  «Sistemalilik»  (borliqdagi  predmetlarga  xos  xususiyatni  ifoda  qiladi) 

tushunchalari abstrakt tushunchalardir.  

Mazmuni bo‗yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish 

mumkin.  Nisbatsiz  tushunchalar  nisbatan  mustaqil,  alohida  mavjud  bo‗lgan 

predmetlarni 

aks 


ettiradi. 

«Davlat», 

«Badiiy 

asar» 


ana 

shunday 


tushunchalardir.Nisbatdosh  tushunchalar  esa  zaruriy  ravishda  bir-birining  mavjud 

bo‗lishini  taqozo  qiladigan  predmetlarni  aks  ettiradi.  Masalan,  «O‗qituvchi»  va 

«O‗quvchi»,  «Ijobiy  qahramon»  va  «Salbiy  qahramon»,  «Sabab»  va  «Oqibat» 

tushunchalari nisbatdosh tushunchalar qatoriga kiradi.  

Bazi  hollarda  ijobiy  va  salbiy  tushunchalar  ham  farq  qilinadi.  Ijobiy 

tushunchalarning  mazmunida predmet  unga  xos belgilar  orqali  fikr  qilinsa, salbiy 

tushunchalarning  mazmunida  predmet  unga  xos  bo‗lmagan  belgilar  orqali  fikr 

qilinadi.  Masalan,  «savodli  kishi»,  «vijdonli  kishi»  –  ijobiy  tushunchalar, 

«savodsiz kishi», «vijdonsiz kishi» esa salbiy tushunchalardir.  

Biz  yuqorida  tushunchalarning  bir  qancha  turlari  bilan  tanishib  chiqdik.  U 

yoki  bu  tushunchaning  ana  shu  turlardan  qaysilariga  mansub  ekanligini  aniqlash 

unga  mantiqiy  tavsif  berish  demakdir.  Masalan,  «talaba»  –  umumiy,  ayiruvchi, 

chegaralangan,  aniq,  nisbatsiz,  ijobiy  tushuncha;  «A.  Navoiy  nomli  O‗zbekiston 

davlat kutubxonasi» – yakka, to‗plovchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy 

tushunchadir.  


Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish