Ноябрь 2020 10-қисм



Download 2,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/124
Sana30.04.2022
Hajmi2,69 Mb.
#597473
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
“QOBUSNOMA” ASARIDA KOMIL INSON TARBIYASI HAQIDAGI IBRATLI 
FIKRLAR 
Babanova Sharapat Abilkasimovna 
Navoiy viloyat Konimex tumani 
5-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998 939551919
Annotatsiya:
kaykovusning “qobusnoma” asarining inson tarbiyasidagi ahamiyati, kitobda 
farzandning ota-ona oldidagi burchlai, ota-onaning farzandlar tarbiyasidagi vazifalari, asarda ilm 
o‘rganish, do‘st tutinish masalalari bayon etilgan. 
Tayanch so‘zlar:
“qobusnoma”, asarning yaratilishi, muqaddima, o‘zbek tili, tarjima, asosiy 
g‘oya, “qur’on”, “ hadis”, tarbiya, meros, ilm, mol-dunyo, do‘st. 
kaykovusning “qobusnoma” sharq va markaziy osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan 
axloqiy-ta’limiy asar bo‘lib, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi hisoblanadi. 
Bu asarning yaratilishi haqida manbalarda keltirilishicha, Xi asrning 82-83-yillarida g‘arbiy eron 
podshohining nabirasi kaykovus ibn iskandar o‘z o‘g‘li gilonshohga bag‘ishlab “nasihatnoma”sini 
yaratadi va uni bobosi podshoh shamsul maoniy qobus sharafiga “qobusnoma” deb ataydi. 
Bu asar juda ko‘p sharq va g‘arb tillariga tarjima qilingan. 1860-yilda “qobusnoma” asari 
birinchi marta buyuk mutaffakkiri muhammad rizo ogahiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima 
qilingan. asar muqaddima va qirq to‘rt bobdan iborat. “qobusnoma” pand-nasihat tarzida yozilgan 
asar bo‘lib, unda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. kaykovus yoshlarda yuksak axloqiy 
fazilatlarni tarkib toptirishni istaydi, yoshlarni doimo to‘g‘rilikka, yaxshilikka, adolatlilikka 
undaydi. asarda asosan o‘zgalarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishlik uqtiriladi.
kitobdagi asosiy g‘oya – yoshlarni ota-onani hurmat qilishga, e’zozlashga chaqirishdir. 
koshifiy kitob muqaddimasida asarning nomlanishi va gilonshoh shajarasi xususida shunday 
deydi: “ey farzand, ikki tarafdan sening asling va nasabing pokdur va ulug‘dur”. 
kaykovus “qobusnoma” asarida ilmning ahamiyatini ta’riflaydi. olim o‘z asarida ilmni uchga 
bo‘ladi: biror kasb-hunarga bog‘liq ilm, ilm bilan bog‘liq bo‘lgan kasb-hunar hamda xayr va 
dalolatga taalluqli odat. ilm olish yo‘liga kirgan toliblarga hamma vaqt parhezli va qanoatli 
bo‘lish, bekorchilikdan o‘zini tiyish, doimo shod-xurram va harakatchan bo‘lish, kitobni diqqat 
bilan qilish, ilmni yodda saqlash uchun uni takrorlab borish, ilmda haqiqat uchun kurashish, oz 
so‘zlab, ko‘p tinglash haqida fikr-mulohazalar bayon etiladi.
pandnomada farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida ibratli fikrlar bayon qilinadi. 
kaykovus asarining 5-bobi “ota va ona haqqini bilmoq zikrida” deb nomlanadi. unla muallif 
“qur’on” va “ hadis”lardan kelib chiqib: “o‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini 
tilasang, sen ham ota- onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim, sen ota-onang, haqinda nima 
qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, odam mevaga, ota-ona daraxtga 
o‘xshaydur”,-dedi. u farzandlarno ota-onaga mehr-muhabbatli bo‘lishga chaqiradi: “har bir 
farzandki, oqil va dono bo‘lsa, ota-ona mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tortmagay”. 
shuningdek, “qobusnoma”da ota-onalarning burch va vazifalari ham belgilab berilgan. “agar 
sen, - deydi kaykovus, - o‘g‘lingni tarbiyalamasang zamon, sharoit tarbiyalaydi.” Bu yerda 
kaykovus kimni ota-onasi tarbiyalamasa, uni kechalar, kunlar tarbiyalaydi, degan hikmatli so‘zni 
keltiradi. har bir ota-ona o‘z farzandiga bilim, ta’lim-tarbiya va hunarni meros etib qoldirishi 
kerak, chunki tarbiyadan ko‘ra yaxshiroq meros yo‘qdir. “nima eksang shuni o‘rasan”- degan 
o‘zbek va tojik xalqlarida keng tarqalgan maqolni ishlatib, u oilada bola tarbiyasining qo‘yilishi 
ana shu muhim maqol asosida qaralsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlaydi. 
kaykovus toliblarni ilm egallashga chorlaydi. u bilim va aql mol-dunyodan ustun ekanligini 
shunday uqtiradi: “agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa say’ ko‘rguzgilki, 
mol bila boy bo‘lgandan, aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroqdur, nedinkim, aql bila mol jam etsa 
bo‘lur, ammo mol bilan aql o‘rganib bo‘lmas. Bilgil, aql bir moldurki, uni o‘g‘ri ololmas, u 
o‘tda yonmas, suvda oqmas, inson odobi ham aqlning belgisi ya’ni “al adab – suratil aql ” deb 
xulosa chiqaradi.
kaykovus asarda o‘zining yoshlarni adolatli, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, muruvvatli, 
to‘g‘ri so‘z, rostgo‘y bo‘lish haqidagi qarashlarini ifoda etadi. Jumladan, uning yaxshilik haqidagi 


42

Download 2,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish