Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
“QOBUSNOMA” ASARIDA KOMIL INSON TARBIYASI HAQIDAGI IBRATLI
FIKRLAR
Babanova Sharapat Abilkasimovna
Navoiy viloyat Konimex tumani
5-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +998 939551919
Annotatsiya:
kaykovusning “qobusnoma” asarining inson tarbiyasidagi ahamiyati, kitobda
farzandning ota-ona oldidagi burchlai, ota-onaning farzandlar tarbiyasidagi vazifalari, asarda ilm
o‘rganish, do‘st tutinish masalalari bayon etilgan.
Tayanch so‘zlar:
“qobusnoma”, asarning yaratilishi, muqaddima, o‘zbek tili, tarjima, asosiy
g‘oya, “qur’on”, “ hadis”, tarbiya, meros, ilm, mol-dunyo, do‘st.
kaykovusning “qobusnoma” sharq va markaziy osiyo xalqlari orasida keng tarqalgan
axloqiy-ta’limiy asar bo‘lib, fors-tojik badiiy nasrining birinchi va yirik yodgorligi hisoblanadi.
Bu asarning yaratilishi haqida manbalarda keltirilishicha, Xi asrning 82-83-yillarida g‘arbiy eron
podshohining nabirasi kaykovus ibn iskandar o‘z o‘g‘li gilonshohga bag‘ishlab “nasihatnoma”sini
yaratadi va uni bobosi podshoh shamsul maoniy qobus sharafiga “qobusnoma” deb ataydi.
Bu asar juda ko‘p sharq va g‘arb tillariga tarjima qilingan. 1860-yilda “qobusnoma” asari
birinchi marta buyuk mutaffakkiri muhammad rizo ogahiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima
qilingan. asar muqaddima va qirq to‘rt bobdan iborat. “qobusnoma” pand-nasihat tarzida yozilgan
asar bo‘lib, unda yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor berilgan. kaykovus yoshlarda yuksak axloqiy
fazilatlarni tarkib toptirishni istaydi, yoshlarni doimo to‘g‘rilikka, yaxshilikka, adolatlilikka
undaydi. asarda asosan o‘zgalarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lishlik uqtiriladi.
kitobdagi asosiy g‘oya – yoshlarni ota-onani hurmat qilishga, e’zozlashga chaqirishdir.
koshifiy kitob muqaddimasida asarning nomlanishi va gilonshoh shajarasi xususida shunday
deydi: “ey farzand, ikki tarafdan sening asling va nasabing pokdur va ulug‘dur”.
kaykovus “qobusnoma” asarida ilmning ahamiyatini ta’riflaydi. olim o‘z asarida ilmni uchga
bo‘ladi: biror kasb-hunarga bog‘liq ilm, ilm bilan bog‘liq bo‘lgan kasb-hunar hamda xayr va
dalolatga taalluqli odat. ilm olish yo‘liga kirgan toliblarga hamma vaqt parhezli va qanoatli
bo‘lish, bekorchilikdan o‘zini tiyish, doimo shod-xurram va harakatchan bo‘lish, kitobni diqqat
bilan qilish, ilmni yodda saqlash uchun uni takrorlab borish, ilmda haqiqat uchun kurashish, oz
so‘zlab, ko‘p tinglash haqida fikr-mulohazalar bayon etiladi.
pandnomada farzandning ota-ona oldidagi burchi haqida ibratli fikrlar bayon qilinadi.
kaykovus asarining 5-bobi “ota va ona haqqini bilmoq zikrida” deb nomlanadi. unla muallif
“qur’on” va “ hadis”lardan kelib chiqib: “o‘z farzanding sening haqingda qanday bo‘lishini
tilasang, sen ham ota- onang haqida shunday bo‘lgil, nedinkim, sen ota-onang, haqinda nima
qilsang, farzanding ham sening haqingda shundoq ish qilur, odam mevaga, ota-ona daraxtga
o‘xshaydur”,-dedi. u farzandlarno ota-onaga mehr-muhabbatli bo‘lishga chaqiradi: “har bir
farzandki, oqil va dono bo‘lsa, ota-ona mehr-muhabbatini ado etmakdin bosh tortmagay”.
shuningdek, “qobusnoma”da ota-onalarning burch va vazifalari ham belgilab berilgan. “agar
sen, - deydi kaykovus, - o‘g‘lingni tarbiyalamasang zamon, sharoit tarbiyalaydi.” Bu yerda
kaykovus kimni ota-onasi tarbiyalamasa, uni kechalar, kunlar tarbiyalaydi, degan hikmatli so‘zni
keltiradi. har bir ota-ona o‘z farzandiga bilim, ta’lim-tarbiya va hunarni meros etib qoldirishi
kerak, chunki tarbiyadan ko‘ra yaxshiroq meros yo‘qdir. “nima eksang shuni o‘rasan”- degan
o‘zbek va tojik xalqlarida keng tarqalgan maqolni ishlatib, u oilada bola tarbiyasining qo‘yilishi
ana shu muhim maqol asosida qaralsa, maqsadga muvofiq bo‘lishini ta’kidlaydi.
kaykovus toliblarni ilm egallashga chorlaydi. u bilim va aql mol-dunyodan ustun ekanligini
shunday uqtiradi: “agar molsizlikdan qashshoq bo‘lsang, aqldan boy bo‘lmoqqa say’ ko‘rguzgilki,
mol bila boy bo‘lgandan, aql bila boy bo‘lg‘on yaxshiroqdur, nedinkim, aql bila mol jam etsa
bo‘lur, ammo mol bilan aql o‘rganib bo‘lmas. Bilgil, aql bir moldurki, uni o‘g‘ri ololmas, u
o‘tda yonmas, suvda oqmas, inson odobi ham aqlning belgisi ya’ni “al adab – suratil aql ” deb
xulosa chiqaradi.
kaykovus asarda o‘zining yoshlarni adolatli, insonparvar, saxovatli, sabr-qanoatli, muruvvatli,
to‘g‘ri so‘z, rostgo‘y bo‘lish haqidagi qarashlarini ifoda etadi. Jumladan, uning yaxshilik haqidagi
42
Do'stlaringiz bilan baham: |