O`zbekiston respublikasi оliy va o`rta махsus та’liм vazirligi bухоrо даvlat universiteti


Sintaktik aloqani ta’minlovchi vositalar



Download 1,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/122
Sana30.04.2022
Hajmi1,8 Mb.
#597248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
hozirgi ozbek adabiy tili sintaksis

Sintaktik aloqani ta’minlovchi vositalar
. Erkin birikmalarda so`zlar bir-biri 
bilan har xil bog`lanadi: bu bog`lanishlarda sintaktik aloqa turli vositalar asosida 
amalga oshadi: a‘lochi o`quvchi, o`qituvchini tabriklamoq, paxtani mashina bilan 
termoq, kitobning varag`i va h. kabi. 
So`zlarning turli vositalar yordamida bog`lanishi ularning qaysi lug`aviy-
grammatik tip (so`z turkumi) ga kirishiga, lug`aviy-grammatik xususiyatlariga 
bog`liq. Zero, ayrim lug`aviy-grammatik tip so`zlar, asosan, tobe a‘zo vazifasida 
kelish uchun ixtisoslashgan (masalan, son, ravish, sifat): besh o`quvchi, tez gapirish, 
a‘lochi bola kabi. Shuning uchun ular so`z birikmasida tobe a‘zo mavqeida kelish 
uchun ma‘lum bir grammatik ko`rsatgichni talab qilmaydi. Ayrim so`z turkumlari 
(masalan, ot, fe‘l) asosan, hokim mavqe egallashga xoslangan: issiq non, kitobni 
keltirmoq. Shu boisdan ular tobe a‘zo sifatida nutqda ishtirok etishi uchun o`ziga xos 
grammatik shakl kasb etadi: paxtani termoq, terilgan paxta. 
Sintaktik aloqalarni ifodalovchi vositalar sintaktik shakl hosil qiluvchi 
qo`shimchalar, yordamchi so`zlar, so`z tartibi va ohangdir. 
Aloqa-munosabat (sintaktik ) shakllari. Bular sintaktik shakl hosil qiluvchi 
vositalar - kelishik, egalik, kesimlik shakllaridir. Aloqa-munosabat shakllari so`zlarni 
erkin biriktirishning eng faol vositalaridan hisoblanadi. Men qishloqqa bordim gapida 
-ga shakli qishloq so`zini bormoq fe‘li bilan, -dim kesimlik shaklidagi -m 
ko`rsatgichi men so`zini bormoq fe‘liga tobelash vazifasini o`tamoqda. 
Egalik qo`shimchalari mustaqil so`zlarning hokim mavqeda kelishini ifodalab, 
uning tobe so`zga munosabatini ko`rsatadi (sizning uyingiz). Shuningdek, bog`lash 
bilan birgalikda, hokim va tobe so`zning shaxs va sonda moslashishini ham 
ta‘minlaydi. 
Kelishik mustaqil so`zlarning barchasi uchun tobelikni ta‘minlovchi formal 
ko`rsatgichdir. Masalan, bosh kelishik egani, tuShum kelishigi to`ldiruvchini, 
qaratqich kelishigi aniqlovchini hokim bo`lakka tobelaydi. 
Shaxs-son qo`shimchalari, kesimlikning boshqa shakllari bilan birgalikda, o`zi 
hosil qilayotgan hokim bo`lakni tobe bo`lak -egaga bog`laydi. 
Yordamchi so`zlar. Sintaktik aloqalarni ifodalashda qo`llanadigan yordamchilar 
ko`makchi, bog`lovchi va bog`lamalardir. 
Ko`makchilar bir so`zni ikkinchi so`zga tobelovchi vositadir. Ular ma‘no va 
vazifalari jihatdan kelishiklarga o`xshaydi (telefonda gaplashmoq - telefon orqali 
gaplashmoq). Shuningdek, ko`makchi so`zlarni sintaktik aloqaga kiritishda o`zi bilan 
birga ularning ma‘lum bir kelishik shaklida bo`lishini ham talab qiladi: Marraga 
qadar bir tekisda yugurib borishdi. 
Bog`lovchilar odatda, so`z tizmalarining, gaplarning a‘zolarini bog`lash uchun 
xizmat qiladi. Masalan: olma va anor. Men o`qidim va yozdim. Teng bog`lovchi 
birinchi misolda so`z tizmasi a‘zolarini, ikkinchi misolda esa 


qo`shma gap a‘zolarini bog`lash uchun xizmat qilgan. 
Bog`lama ot kesimni ega yoki boshqa tobe a‘zolar bilan bog`lash uchun xizmat 
qiladi: Biz o`tgan yili talaba bo`ldik. Bunda bo`ldik bog`lamasi shaxs-son va zamon 
ma‘nolarini ifodalagan va kesimni uning shaxs (biz) va zamon (o`tgan yili) 
kengaytiruvchilari bilan bog`lagan. 
So`z tartibi. So`zlar erkin birikuvlarda grammatik shakllar asosida bog`langanda 
so`z tartibi o`zgarsa-da, u ma‘noviy munosabat yoki bog`lanishga ta‘sir qilmaydi: 
Sen kitobni keltirdingmi? Kitobni sen keltirdingmi? Keltirdingmi sen kitobni? 
Birikuvlaridagi so`zlar o`rni almashtirilganiga qaramay, keltirdingmi so`z shakli 
hokim, sen va kitobni so`z shakllari tobe a‘zo sifatida qolavergan. Chunki ular 
sintaktik mavqelarini ta‘minlovchi vositalar - morfologik ko`rsatgichlarga ega. 
So`zlarning hokim-tobeligi (sintaktik mavqei)ni ko`rsatuvchi vositalar bo`lmaganda 
so`z tartibining qimmati oshadi (aChChiq olma). Bunda so`zning gapdagi funktsiyasi, 
asosan, tartibi bilan belgilanadi, tartib o`zgarsa, mazmun bilan birga, sintaktik holat 
ham o`zgaradi: Hayot go`zal (egaQkesim), go`zal hayot (aniqlovchiqaniqlanmish). 
Gapda uslubiy maqsadlarda so`z tartibi o`zgarishi mumkin. O`qituvchi intizom 
haqida gapirdi. Intizom haqida o`qituvchi gapirdi. Tartibning bunday o`zgarishi 
a‘zolarning hokim-tobeligiga ta‘sir qilmaydi, biroq gapning uslubiy jihatlariga 
ma‘nodagi, fikrdagi ottenkaga ta‘siri mavjud. 
Ohang. Ohang ham, yuqorida aytilganidek, birikuvlarning tabiatini ko`rsatuvchi 
nisbiy vosita hisoblanadi. Gap tugallangan ohang bilan aytilsa, gap tarkibidagi ayrim 
birikuvlar sanash (olma va anor), ayrimlari ko`tariluvchi ohangga (qizil qalam) ega 
bo`ladi. 
Ohang (pauza) birikuvlarning sintaktik bo`lishini ko`rsatadi. Masalan, Ko`p 
qavatli uy birikmasini ikki xil ko`p + qavatli uy va ko`p qavatli + uy tarzida aytish 
mumkin. Demak, sintaktik aloqani, unga bog`liq ravishda mazmuniy boshqalikni 
ifodalashda ohangning o`rni bor. Ya‘ni, ko`pg`g`qavatli uy tarzida birinchi so`zdan 
keyin pauza qilinishi natijasida (ko`p) so`z shakli tobe va (qavatli uy) birikmasi unga 
hokim, mavqeda bo`lib, bunda qavatli uylarning ko`pligi ma‘nosi anglashiladi. 
Ikkinchi holatda (ko`p qavatliqquy) esa ko`p qavatli birikmasi tobe, uy so`z shakli esa 
hokim mavqeda bo`lib, birikmadan uyning qavatlari ko`pligi ma‘nosi anglashildi.
Sanash ohangi bir xil bo`laklarning aloqasini ifodalaydi: oltin, kumush tosh 
bo`lar. 
Qo`shma gapning tarkibiy qismlari orasida ham maxsus-qarama-qarshilik 
(Kunduzi issiq - kechasi sovuq), shart (Sen kel - u boradi), sabab (Kecha borolmadim 
- mehmonlar kelib qoldi) mavjud. 
Ko`rinadiki, ayrim o`rinlarda so`zlarni va gaplarni bog`lashni ohangning o`zi 
bajaradi. Bog`lashni boshqa vositalar o`z zimmasiga olganda ohangning roli 
kuchsizlanadi. 

Download 1,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish