Formal va sistemaviy (struktural) sintaksis
. Formal sintaksis bevosita
kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisalarni o`rganadi. Boshqacha aytganda, u
yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosilalar bilan band bo`lib,
umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birliklarni (nutqiy
birliklarning lisoniy tomonini) o`rganishni sistemaviy (struktural) sintaksis hukmiga
havola etadi. Shuningdek, formal sintaksis kitob va o`qimoq so`zlari orasidagi
sintaktik aloqani ham tekshiradi. Zero, bundagi o`qimoq fe‘lining tuShum
kelishigidagi so`zni boshqaruvi ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisadir.
Lekin bu aloqa uchun [o`qi] leksemasining biriktirish imkoniyati bo`lmish ob‘ekt
valentligi bevosita kuzatishda berilmagan. Bu esa struktural sintaksis tomonidan
tekshiriladi.
Struktural sintaksis tadqiqotlari uchun formal sintaksis tomonidan qo`lga
kiritilgan yutuqlar zamin, poydevor vazifasini o`taydi. Demak, an‘anaviy sintaksissiz
struktural sintaksisning bo`lishi mumkin emas. Shakliy–tavsifiy sintaksis esa
struktural sintaksissiz ham ish ko`raveradi. Zero, struktural sintaksis mohiyatni tadqiq
etar ekan, buning uchun hodisalar jamlangan bo`lishi kerak. Hodisani jamlash uchun
esa struktural sintaksis tiklaydigan mohiyatga ehtiyoj sezilmaydi.
Har bir nutqiy parchada turli sath hodisalari qorishgan holda voqelanadi.
Masalan, ―Salim keldi‖ gapida fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so`zlar),
morfologik (grammatik shakllar) va uslubiy (masalan, so`zlovchining munosabati
yoki uslubiy betaraflik) sathlar o`z izini qoldirgan. Formal sintaksis nutqiy parchani
Shu holida, turli mohiyatlar zarralarining qorishmasi sifatida o`rganadi va uning
qorishmaligiga e‘tibor qaratmaydi. Struktural sintaksis esa nutqiy parchada qorishiq
holatdagi sintaksisga daxldor bo`lmagan jihatlarni e‘tibordan soqit qiladi. SHakily–
tavsifiy sintaksis keltirilgan gapni muayyan (aniqlik) sifatida e‘tirof etsa, struktural
sintaksis unda turli hodisalar qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini
hisobga olgan holda mavhum (noaniq)lik sifatida qaraydi. qorishiq hodisalar
chetlashtirilgan mohiyat ―tozalangan‖ligi uchun struktural sintaksis tomonidan
muayyanlik, bevosita kuzatishda berilmaganligi uchun esa u formal sintaksis
tomonidan mavhumlik sifatida qaraladi.
Demak, shakliy–tavsifiy sintaksis asosiy diqqatini hodisalarning zohiriy
(bevosita kuzatishda berilgan) tomoniga, struktural sintaksis esa botiniy (bevosita
kuzatishda berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular bir-birini ham taqozo, ham
inkor etadi. Formal sintaksis hodisalar bilan, sistemaviy sintaksis mohiyatlar bilan
Shug`ullanadi deb ularning vazifalarini butunlay qarama-qarshi qo`yish yaramaydi.
Chunki an‘anaviy sintaksis mohiyatga intilganligi kabi sistemaviy sintaksis ham faqat
an‘anaviy sintaksis to`plagan hodisalargagina tayanadi. Bunda shakily–tavsifiy va
sistemaviy sintaksisning o`rganish manbalari jihatdan qarama-qarshiligi so`nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |