so`z birikmasidagi nome‘yoriylik gap tarkibida barham topadi.
O`rin hollari ham so`z
kengaytiruvchisi emas, balki gap kengaytiruvchisi
ekanligi bunday vazifada keluvchi so`zlarni gapda va gapdan tashqarida SB hosil
qilish uchun ot leksemalarga tobelab ko`rish asosida amin bo`lish mumkin.
qiyoslang: 1.qishloqda muallim, zavodda ishchi. 2.Halim shaharda
o`qituvchi, g`afur zavodda ishchi.
Ko`rinadiki, birinchi guruh birikuvlar g`ayrime‘yoriy, ikkinchi guruh
birikuvchilar esa o`zbek nutqiga xos me‘yoriy qurilma
ekanligi hech kimda Shubha
uyg`otmaydi. Demak, o`rin hollari payt hollari kabi gap kengaytiruvchilaridir.
Endi holning boshqa turlariga diqqat qilamiz:
1.Ilgari ikkalamiz birga talaba edik.
2.Bu payt sen kabi o`qituvchiman.
3.Shu boisdan dadam ishchi edi.
Birinchi gapda birga so`zi ravish, ikkinchi gapda sen kabi o`xshatish,
uchinchi gapdagi Shu boisdan so`z shakli sabab hollaridir. Ular gap
kengaytiruvchilarimi
yoki so`z kengaytiruvchilari ekanligini aniqlash uchun
birikuvlarni gap tarkibidan Chiqarib, zikr etilgan so`zshakllar talaba, o`qituvchi,
ishchi so`zshakllarining ma‘noviy valentligini to`ldirayotgan-to`ldirmayotganligini
tekshiramiz:
1)birga talaba;
2)sen kabi o`qituvchi;
3)Shu boisdan ishchi.
Ko`rinadiki, birikuvlar nome‘yoriy va tobe so`zshakllar
hokimlarning
lug`aviy-ma‘noviy birikuvchilari emas, balki ularning kesimlik vazifasi, mavqei bilan
bog`langandir. Demak, holning mazkur turlari ham gap kengaytiruvchilaridir.
Biz holning gap kengaytiruvchisi ekanligini asoslash uchun ot-kesimli gaplardan
foydalandik. Chunki hollar otga ular kesim vazifasida kelgandagina bog`lanadi.
Fe‘llar bilan esa kesim vazifasida kelganda ham, boshqa hollarda ham
bog`lanaveradi.
Hol gap markazini shakllantiruvchi Pm bilan bog`lanar ekan, u, umuman, gap
konstruktiv tizimida qanday mavqega ega bo`ladi?
Hol gapning mutlaq konstruktiv uzvi emas. Chunki holsiz ham gap tashkil
topaveradi. Demak, hol kesimdan quyi mavqeni egallaydi. Ko`pincha
holning gap
tarkibiga kiritilishi Pm ma‘nolari bilan zich bog`lanmaydi. Shu boisdan hol egadan
ham quyi mavqeni egallaydi. Chunki nutqiy gaplarda kesim orqali egani tiklash holni
tiklashdan ancha o`ng`aydir. Ifodalanmagan holni tiklash qiyin. Ammo Shuni
takidlash lozimki, ba‘zan kesimning W si maqomida o`rin, payt, sabab, maqsad va
boshqa ma‘noli aktantlar bilan kuchli aloqada bo`ladigan leksemalar yuzaga
chiqqanda, gapning yuza qolipida hol egadan ko`ra zarurroq foliyatga ega bo`ladi.
Masalan, yurish fe‘llari (bormoq, kelmoq, yetmoq, ketmoq)
kesim vazifasida
kelganda gapda o`rin hollarining ishtirok etishi zaruriyati kuchayadi: Uyga bordi.
SHahardan keldi. Maktabga ketdi. Manzilga yetdi. Bu albatda, kesimlik kategoriyasi
birikuvchanligi bilan emas, balki kesim vazifasida kelayotgan fe‘lning ma‘noviy
xususiyatlari bilan belgilanadi.
Demak, holning gap qurilishidagi zaruriy bo`lak darajasiga ko`tarilishi kesimdagi W
ning muayyanlashish ehtiyoji bilan belgilanadi. Hol gapning konstruktiv bo`laklari
sifatidagi kesim va egadan keyin uchinchi o`rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: