SB va sintagma
. Gapning tuzilish va mazmun jihatdan birlashgan parchalari
nutq jarayonida qisqa to`xtam bilan ajraladi. Bunday parchalar sintagma deyiladi.
Masalan: A‘lochi o`quvchilar barcha imtihonlarni muvaffaqiyat
bilan topshirdilar
gapi uchta sintagmaga bo`linadi:
1)a‘lochi o`quvchilar; 2) barcha imtihonlarni; 3) muvaffaqiyat bilan topshirdilar.
Har bir sintagma bir havo chiqarish bilan - bir nafas kuchi bilan aytilib, qisqa
to`xtamdan so`ng yangi sintagma boshlanadi. Gap yaxlitlik sifatida boshqa gapdan
kattaroq
pauza bilan ajratilsa, sintagmalarni ajratib turadigan pauzalar undan
kichikroq bo`ladi. Sintagma grammatik-semantik jihatdan yaxlitlangan fonetik
butunlikdir.
Gap bir tugal sintagmali yoki bir necha sintagmali bo`lishi mumkin. Sintagma
ba‘zan bir so`zdan ham tashkil topishi mumkin. Sintagma bir necha so`zli bo`lganda
ko`pincha yetakchi va unga tobe so`zlardan tashkil topadi. Lekin sintagmadagi hokim
tobelik SBdagi hokim tobelik munosabatidan farq qiladi.
Sintagmadagi bir hokim
so`z keyingi sintagma uchun tobe bo`lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan gapdagi
a‘lochi o`quvchilar sintagmasidagi hokim uzv (o`quvchilar) ga tobe bo`lolmaydi.
Lekin SBning tarkibiy uzvida u uchinchi sintagmadagi topshirdilar so`ziga
tobelanadi.
Sintagma SBga teng bo`lishi ham mumkin. Bunda SBdagi
yonma-yon kelgan
tobe va hokim a‘zolar sintagma hosil qila oladi: a‘lochi o`quvchilar birikuvi ham SB,
ham sintagmadir. O`quvchilar topshirdilar birikmasi SB bo`lsa-da, sintagma emas,
Chunki ular bir pauza bilan birlashtirilmagandir.
Sintagmaning SBdan farqli yana bir
xususiyati Shundan iboratki, sintagmaning
unsurlari orasiga boshqa sintagmaning uzvi ajralib kirmaydi. Lekin SBning uzvlari
orasida nutqda bu SBga daxldor bo`lmagan boshqa SB uzvlari joylashgan bo`lishi
mumkin: kitobni kecha o`qidim gapidagi kitobni o`qidim SBsi orasidagi unga daxli
bo`lmagan kecha so`zi joylashgan.
Sintagmalanishning o`ziga xos qonuniyatlari bor. Asosan, yonma-yon kelgan
aniqlovchi va aniqlanmish, to`ldiruvchi va to`ldirilmish, hol va hollanmish bir
sintagmani hosil qiladi.
Sintagmaning mazmun va grammatik jihatdan nisbiy yaxlitlanganligiga uni bir
butun
holda ajratib olib, gapning boshqa bir o`rniga ko`Chirib ko`rish asosida amin
bo`lish mumkin: Barcha imtihonlarni a‘lochi o`quvchilar muvaffaqiyat bilan
topshirdilar.
So`zlovchining maqsadi gapni sintagmaga bo`lishda muhim rol o`ynaydi.
Demak, sintagma nutqiy, individual hodisa bo`lib, har bir so`zlovchi
bir gapni
turlicha sintagmaga bo`lish mumkin. Masalan: Salim shofyor akamning o`rtog`i
gapini quyidagicha sintagmalash va uni turlicha tushunish mumkin; 1.Salim -
shofyor, akamning o`rtog`i. 2.Salim shofyor - akamning o`rtog`i. Demak, gapning
lisoniy mohiyatini gap tarkibidagi nutqiy SBlarning qaysi SB LSQsi hosilasi
ekanligini aniqlashda sintagmalanishga ham tayanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: