ro‘yhatdagi xodimlar soni - 300 kishi; ushbu m a’lumotlar asosida
quyidagi ko‘rsatkichlarni hisoblash mumkin:
1) ishga kelgan kishi kunlar soni - ishlangan
kishi - kunlar va kun
bo‘yi to ‘xtab turishlar soni yig‘indisiga teng.
5868+200 =6068 kishi/kuni
2) kalendar ish vaqti fondi
6068+3032 =9100 kishi/kuni
3) tabel ish vaqti fondi
9100-2400 =6700 kishi/kuni
4) maksimal imkoniyatli ish vaqti fondi
6700-480 =6220 kishi/kuni
5) may oyidagi kalendar vaqt fondi (agar o ‘rtacha ro‘yhatdagi
xodimlar soni o ‘zgarmay qolsa)
300 x 31 =9300 kishi/kuni
4. Ishlangan ish vaqti fondi. Ishlangan kishi/soatlar soniga
xodimlarning ishlagan barcha soatlari kiritiladi (bayram va dam olish
kunlari, hamda odatdan tashqari ishlangan soatlar ham qo‘shiladi). Ammo
bunga smenalar ichidagi to ‘xtab turishlar,
betobligi sababli ishga
kelmaslik, mexnat ta’tillari va shunga o ‘xshashlar qo‘shilmaydi.
Odatdan tashqari ishlangan vaqtlar - qonunda belgilangandan tashqari
vaqtlardagi ish soatlari kiritiladi (bayram va dam olish kunlari, smenadan
tashqari ishlangan vaqtlar va h.k.).
5. To‘langan kishi-soatlar soni - bu xodimlar tomonidan ishlangan
kishi-soatlar va ishlanmagan bo‘lsa ham, ammo haqqi to ‘langan soatlardan
tashkil topadi. K o‘rsatkichda
yillik mexnat tatili vaqti, qo‘shimcha va
o ‘quv tatillari vaqti, rahbariyat qarori bilan berilgan ta’tillar vaqti, malaka
oshirish tizimida o ‘tkazilgan vaqt, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlarga jalb
qilingan vaqt, 18 yoshga etmagan o‘smirlar uchun qisqartirilgan ish vaqti
kiritiladi, ammo betob bo‘lgan vaqt uchun to iov lar ijtimoiy fondlardan
to ‘langan uchun to‘langan soatlar kiritilmaydi.
Ish vaqti fondlaridan (kalendar, tabel, maksimal imkoniyatli)
foydalanish koeffitsienti quyidagicha aniqlanadi:
^
_
Amalda ishlangan vaqt
Taaluqli vaqt fondi
Bu koeffitsient taaluqli vaqt fondining
qancha qismi amalda
foydalanilganini ifodalaydi.
Maksimal imkoniyatli vaqt fondi tarkibini o ‘rganish uchun ushbu vaqt
fondi 100% deb olinadi va quyidagilar necha foizni tashkil etishi
aniqlanadi:
90
1) ishlangan vaqt; 2) uzrli sabablar bilan ish vaqtini yo‘qotish (shu
jumladan, ayrim sabablar bo‘yicha); 3) uzrli sabablar bilan ish vaqtini
yo‘qotish (shu jumladan, ayrim sabablar bo‘yicha).
Masalan, avvalgi misoldagi ma’lumotlar
asosida quyidagilarni
aniqlaymiz: amalda ishlangan vaqt, kalendar vaqt fondining 64% ini
tashkil etgan (5668/9100 x 100 = 64%); tabel ish vaqti fondining 87,4%
(5668/6700 x 100 = 87,4%); maksimal imkoniyatli ish vaqti fondining
94,2% (5668/6220 x 100 = 94,2%) tashkil etgan. Binobarin,
bunda ish
vaqtini yo‘qotish 3,5%ni, uzurli sabablar bilan yo‘qotish esa 2,2%ni
(1336/6220 x 100 = 2,2%) tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: