5.3. Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari.
Ish kuchi soni va uning tarkibi bu sohadagi masalaning miqdor tomoni
hisoblanadi, ish vaqti va undan foydalanish darajasi esa uning
sifat tarafini
belgilaydi. Ish vaqtidan foydalanishni tahlil qilish uchun ish vaqti
fondlarini tarkibini o ‘rganishni, ish kuni va ish davri uzunligini, ishlagan
ish vaqti xajmiga xar hil omillar ta’sirini o ‘rganishni taqozo etadi.
Ish vaqti
statistikasi - mexnat statistikasining bir bo‘limi hisoblanadi.
Ish vaqtini yo‘qotishni o ‘rganish mexnat muammolari bilan
shug‘ullanuvchi davlat organlari, ijtimoiy ta’minot bo‘limlari, kasaba
uyushmalari, korxona va tashkilotlarning rahbarining doimiy e ’tiborida
turadi.
Ish vaqti sarflangan mexnat meyorini ifodalaydi
va u amaliyotda ikki
ko‘rsatkich yordamida o‘lchanadi: 1) ishlagan kishi - kuni xodimning
korxona ro‘yxatida turgan va ishga kelgan kunlarini bildirib, unga ish vaqti
davomida xaqiqiy ishlangan va ishlanmagan soatlar kiraveradi. Ishlangan
kishi-kunlariga shu korxonada o‘z xodimlari tomonidan amalda ishlangan
kishi kunlari, bu korxona yo‘llanmasi bilan
boshqa korxonada ishlangan
kishi-kunlari, shuningdek xizmat safarida bo‘lgan xodimlarning ishlagan
kunlari kiritiladi.
2)
Ishlangan kishi-soati ish vaqtining aniq o ‘lchov birligi hisoblanadi,
chunki uning tarkibiga tanaffus vaqtlari, kechikib
kelish va vaqtli ketib
qolish vaqtlari kiritilmaydi.
Ish vaqtidan foydalanish darajasini bilish uchun statistika quyidagi
ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanadi:
1) Bir ishchi tomonidan ishlangan kunlardan, ya’ni ish oyi
uzunligidan foydalanish koeffitsienti;
2) Ish kuni uzunligidan foydalanish koeffitsienti;
3) Ish vaqtidan to ‘liq foydalanish koeffitsienti;
Bir ishchi tomonidan amalda ishlangan kunlar
sonini aniqlash uchun
korxonada ishlangan barcha kishi-kunlar soni o ‘rtacha ro‘yxatdagi
xodimlar soniga bo‘linadi. Bu ko‘rsatkichning amaldagisini bazis darajasi
bilan solishtirilib birinchi koeffitsient aniqlanadi.
Ish kunining amaldagi uzunligini aniqlash uchun ishlangan barcha
kishi-soatlar soni, ishlangan kishi-kunlar soniga bo‘linadi. Bunda ikki hil
ko‘rsatkich aniqlanadi: a) ish kunining to ‘liq uzunligi (bunda
odatdagi va
odatdan tashqari soatlar e’tiborga olinadi) va b) ish kunining odatdagi
uzunligi
(bunda
faqat
odatdagi
soatlar
e’tiborga
olinadi).
Bu
ko‘rsatkichning amaldagi bazis davrdagisi bilan solishtirilib ikkinchi
88
koeffitsient aniqlanadi. Birinchi koeffitsientni ikkinchisiga ko‘paytirib
uchinchi ya’ni ish vaqtidan to ‘liq foydalanish koeffitsienti aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: