Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan. Ma’ruzalar matnining



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/231
Sana30.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#596281
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   231
Bog'liq
Umumiy farmokologiya Ma\'ruza matni-конвертирован

Atropin sulfat 
(Atropini stilfas). A ro‘yxatida. Atropin - ituzumdoshlar oilasidagi 
o‘simliklar: belladonna, mingdevona, darmanada bo‘ladi. 
Kukunda va 0,1 % li eritina ko‘rinishida ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. 
Ko‘z kasalliklari amaliyotida diagnostika maqsadida ko‘z tubini funksional 
tekshirishda qorachiqlarni kengaytirish uchun, ko‘zoynak tanlashda gavhar egriligini 
o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi. Ko‘zning yallig‘lanish kasalliklarida va shikastlarida ko‘z 
mushaklariga funksional osoyishtalikni ta’minlash maqsadida tayinlanadi. Atropinning 
ko‘zga ta’siri M-xolinomimetiklar ta’siriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshidir (7-rasmga 
q). Atropin pilokarpindan farq qilib, rangdor pardaning doira mushagini bo‘shashtiradi, 
bu qorachiqlarning kengayishi va ko‘z ichi bosimining oshishi bilan o‘tadi. Ko‘z kiprik 
mushagining bo‘shashishi akkomodatsiya falajini keltirib chiqaradi. Kiprik mushagi 
bo‘shashganda gavharni tortib turadigan sinn boylami cho‘ziladi: u birmuncha yassi 
bo‘lib qoladi, uning sindiruvchi kuchi kamayadi, ko‘z ko‘rishning olis nuqtasida turadi. 
Ko‘z kasalliklari amaliyotida ko‘z tomchilari holida 1% li eritmasi va 1% li malhami 
qo‘llaniladi. Glaukomada ishlatib bo‘lmaydi. Atropin spazmolitik vosita sifatida spastik 
(sanchiq) og‘riqlarni qoldiradi, bronxospazmni yo‘qotadi, nafasni yengillashtiradi. 


Me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, gastritda, me’da va ichak 
silliq mushaklarining spazmida, xoletsistitda, o‘t-tosh kasalligida, siydik yo‘llari va 
qovuq spazmida, bronxospazmda, bradikardiyada (yurak ritmi sekinlashganda) 
qo‘llaniladi. 
Ichishga kukunlarda va tabletkalarda 0,00025-0,001 g dan va 0,1% li eritma holida 
5-8 tomchidan tayinlanadi. M-xolinomimetik va antixolinesteraza moddalardan 
zaharlanganda silliq mushaklar spazmini yo‘qotish uchun teri ostiga. mushak orasiga va 
venaga 0,1 % li eritma holida 0,25-0,5-1 ml dan yuboriladi. Yuqori dozasi: 0,001 g 
(0,003 g). 
Anesteziologiya amaliyotida operatsiyadan oldin so‘lak va bronxial bezlar 
sekretsiyasini kamaytirish maqsadida, bronxo- va laringospazm, yurak to‘xtashining 
oldini olish uchun qo‘llaniladi. 
Qo‘shimcha hodisalar: ko‘rishning buzilishi, yorug‘likka qaray olmaslik 
taxikardiya, qabziyat, qovuq tonusining siyishning to‘liq tulilishigacha pasayishi, 
glaukomaning qaytalanishi, termoregulyatsiya buzilishi ehtimol. 
Atropindan o‘tkir zaharlanishda og‘iz shilliq pardasi quriydi, bunda yutinish va 
nutq buziladi. Ten quruq, issiq, tana harorati oshgan. Kuchli ruhiy qo‘zg‘olish avj olib, 
hatto gallyutsinatsiyalar yuz beradi. Qorachiqlar kepgaygan. Yorug‘likka qaray olmaslik 
(fotofobiya) kuzatiladi. 
D a v о l a sh asosan simptomatik. Bemorni qorong‘u qilingan xonaga 
joylashtiriladi. Me’da-ichak yo‘Iidan zaharni haydaladi (me’dani tannin eritmasi bilan 
yuviladi, aktivlangan ko‘mir, tuz surgilar beriladi), uxlatadigan dorilar, teri ostiga va 
mushak orasiga flzostigmin (antixolinesteraza moddasi) yuboriladi. 
Atropin belladonnadan olinadigan preparatlarning asosiy ta’sir qismi hisoblanadi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish