Annotatsiya ushbu ma’ruza matnda, mavzular haqida tushuncha, ularning tasnifi, dori preparatlarining yangi avlodlari, tibbiyot amaliyotida eng ko’p qo’llaniladigan xillari haqida axborot berilgan. Ma’ruzalar matnining



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/231
Sana30.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#596281
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   231
Bog'liq
Umumiy farmokologiya Ma\'ruza matni-конвертирован

Retseptlarga misоllar. 
Rp.: Cytitoni 1 ml 
D.t.d. N. 6 in ampull.
S. 1 ml dan venaga. 
Rp : Sol. Lobelini hydrochloridi 1% -1 ml
D.t.d. N. 6 in ampull.
S. 1 ml dan venaga (asta-eekin). 
 
Antixolinesteraza moddalar.
Xolinesteraza funksiyasini blokada qiladigan moddalar antixolinesteraza deb 
ataladi. Atsetilxolinesteraza - postsinaptik membrananing tashqi yuzasida bo‘ladigan 
ferment. U atselilxolin mediatorini parchalaydi (gidrolizlaydi) va shu bilan uning 
xolinoretseptorlarga ta’sir qilishini to‘xtadi. Atsetilxolinesteraza funksiyasining 
antixolinesteraza vositalaridan buzilishi xolinergik sinapslarda mediatorning yig‘ilishiga 
va M- hamda N-xolinoretseptorlarning qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi. 
Bu gruppaning dorivor preparatlaridan biri prozerin hisoblanadi. 


Prozerin 
(Proserinum). A ro‘yxatida. Kukun, tabletkalarda 0,015 g dan, 0,05% li 
eritma ko‘rinishida ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. 
Ko‘z doira mushaklarining qisqarishini keltirib chiqaradi, natijada ko‘z ichi 
bosimi pasayadi va akkomodatsiya spazmi ro‘y beradi, ko‘z ko‘rishning yaqin nuqtasida 
turadi. U glaukomada (ko‘z ichi bosimining oshishi), miasteniyada (mushak zaifligi), 
ichak va qovuq atoniyasida, tug‘ruq faoliyati sust bo‘lganda, poliomielitdan keyingi 
falajlikda tayinlanadi. Ichishga 0,01 -0,015 g dan kuniga 2-3 marta, ten ostiga 1 ml dan 
0,05% li eritmasi tayinlanadi. Glaukomada ko‘z tomchilari holida 0,5% li eritmasi 
qo‘llaniladi. Antidepolyarizatsiya qiladigan kuraresimon vositalar antagonisti sifatida 
venaga yuboriladi. 
Prozerin dozasi oshirib yuborilganda dispeptik buzilishlar, tez-tez siyish, til va 
skelet mushaklarining uchib turishi, umumiy behollik kuzatiladi. 
Ishlatib 
bo‘lmaydigan 
hollar: 
tutqanoq, 
bronxial 
astma, 
yurak 
o‘tkazuvchanligining buzilishi, Parkinson kasalligi. 
Bir martalik yuqori dozalari: ichishga 0,015 g, teri ostiga 0,01 g. 
U qo‘zg‘alishning markaziy nerv sistemasiga o‘tishini osonlashtiradi. Bronxlar, 
hazm va ter bezlari sekretsiyasini kuchaytiradi. 
Sutkalik yuqori dozalari: ichishga 0,006 g, teri ostiga 0,02 g. 
Ta’sir tipi antixolinesterazali moddalarga shuningdek fosfororganik birikmalar, 
jangovar zaharlovchi moddalar (JZM) va ko‘pincha turmushda va qishloq xo‘jaligida 
qo‘llaniladigan insektitsidlar (tiofos, karbofos, xlorofos) kiradi. Bu moddalardan 
zaharlanish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu antixolinesterazaning butkul 
pasayib ketishi va organizmda atsetilxolinning ko‘p miqdorda yig‘ilishi bilan bog‘liq. 
O‘tkir zaharlanish qorachiqlarning torayishi, ko‘p terlash, so‘lak oqishi, qo‘zg‘alish, 
bronxlar spazmi, komatoz (behollik) holat, mushaklar tortishishi alomatlari bilan yuzaga 
chiqadi. Arterial bosim avvaliga oshadi, so‘ngra tushib ketadi, qo‘zg‘alish tormozlanish 
bilan almashinadi. O‘lim nafasning to‘xtab qolishidan yuz beradi. 
Dorilar bilan davolash M-xolinoretseptorlarga ta’sir qilish bo‘yicha atsetilxolin 
antagonistlarini (0,1 % li atropin sulfat eritmasini venaga 2-4 ml dan) va 
atsetilxolinesterazani bog‘langan holatidan ozod qiladigan atsetilxolinesteraza 
reaktivatorlarini (10 % li diproksim eritmasini venaga 10-20 ml dan) yuborishdan iborat. 
Nafas funksiyasi pasayib ketganda sun’iy nafas oldirish va kislorod yuborish kerak. 
Zahar me’daga tushgan taqdirda uni zond orqali yuviladi. Agar bemor hushini 
yo‘qotmagan bo‘lsa, unga aktivlangan ko‘mir va tuz surgi dorilar beriladi. 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish