160
0,4% xlorid kislota saqlanadi. Oshqozon bezlarida
shilliq modda ham ishlab
chiqariladi. Bu modda shillik qavatni turli kimyoviy, mexanik ta’sirlardan saqlaydi.
Bolaning yoshi ortishi bilan oshqozonning hajmi ham o‘zgarib boradi. Yangi
tug‘ilganlarda – 30-45 sm
3
bo’lsa, 10-12 yoshda 1500sm
3
bo‘ladi. Bolaning yoshi
ortishi bilan oshqozonning shakli ham o‘zgarib boradi. 2 yoshgacha oshqozon nok
shaklida bo‘lsa, 7 yoshda kolba shaklida bo‘ladi.
Ingichka ichakda ovqatning hazm bo‘lishi.
Ingichka ichakning uzunligi
katta odamda 6-7 m, diametri 2,5 sm. Ingichka ichak o’n
ikki barmoq ichak, och
ichak va yon bosh ichaklarga bo’linadi. Ingichka ichakning shilliq qavatida juda
ko’p miqdorda vorsinkalar joylashgan, ana shu vorsinkalar
hisobiga ingichka
ichakning yuzasi 8 marta ortib, 40 m
2
ga yetadi. U o’n ikki barmoq ichakda ovqat o’t
suyuqlig’i va me`da osti bezi shirasi hamda o’n ikki barmoq ichak devorlarida
ishlanib chiqqan ichak shirasi ta`sirida kimyoviy parchalanadi. Ichak shirasining 99-
99,5% suv, qolgan qismi organik moddalar, turli xil fermentlar va tuzlardan iborat.
Ichak shirasi tarkibida pepsin, enterokinaza, lipaza va amilaza fermentlari va turli
tuzlar bo’ladi. Ovqat asosan ingichka ichak devorlaridagi shilliq qavatga tegib
parchalanadi. Bir kecha-kunduzda 1 - 1,5 litr shira ishlanib chiqadi.
Ichak shirasi
ishqoriy xususiyatga ega. (7 - rasm)
6 – rasm.
Ichaklarning tuzilishi
Me`da osti bezi refleks va nerv-gumoral yo’l bilan shira ishlab chiqaradi.
Me`da osti bezi shirasining 98,7% suv bo’lib, qolgan qismi turli oqsillar va tuzlardan
iborat. Me`da osti bezi shirasi ishqoriy xususiyatga ega.
Jigar organizmdagi eng katta bez bo’lib, vazni katta odamda 1,5 kg keladi.
Asosiy qismi o’ng qovurg’alar ostida, chap qismi esa chap qovurg’alar ostida
joylashadi. Jigar organizmda hayotiy ahamiyatga ega. U ovqat hazm qilish kanalidan
qonga so’rilgan moddalarni zararsizlantiradi. Jigarda 10% qon g’amlanib
turadi.Yosh bolalar jigarida eritrotsitlar ishlanib chiqadi, kattalarda nobud bo’lgan
eritrotsitlar jigarda to’planadi. Jigarning Kupper hujayralaridan doimo o’t suyuqligi
ishlanib chiqib, o’n ikki barmoq ichakka quyilib turadi. Bundan tashqari, jigar tana
haroratini turg’un saqlashda ishtirok etadi. Ovqatlangandan 20-30 minutdan so’ng
161
o’n ikki barmoq ichakka o’t suyuqligi ajrala boshlaydi. Katta odamda bir kecha-
kunduzda 700-1200 sm
3
o’t suyuqligi ajraladi.
Ovqat hazm qilish kanalida
ovqat moddalar mexanik, kimyoviy ravishda
parchalanib, suvda erigan holga keltirilgandan so’ng ichaklar devori orqali qonga va
limfaga so’rila boshlaydi. Ovqat moddalarning oxirgi mahsulotlari asosan och va
yonbosh ichaklarda so’riladi. Ichaklar shilliq qavatida juda ko’p
miqdordagi
silindirsimon hujayralardan tuzilgan bir qavatli epiteliy bilan qoplangan vorsinkalar
(tukchalar) joylashgan. So’rilish vaqtida bu vorsinkalar qisqarib, suv, turli tuzlar,
oziq moddalarning oxirgi mahsulotlari shular orqali kapillyar qon tomirlarga va
limfaga o’tadi.
Oqsillar ichak devorlaridan aminokislotalar,
qisman albumoza, peptonlar
holida, uglevodlar esa suvda erigan monosaxaridlar holida qonga, yog’lar esa yog’
kislotalar, glitserin holida limfaga o’tadi. Yo’g’on ichak devorida oziq moddalar,
asosan dag’al o’simlik mahsulotlari parchalanadi va suvi so’riladi. Ovqat hazm
qilish kanalida hazm bo’lgandan so’ng chiqindi moddalar najasga aylanib, yo’g’on
ichakka yig’iladi. Hojat murakkab refleks yo’l bilan bajariladi.
Hojatning nerv
markazi orqa miyaning 3-4-bel segmentida joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: