O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Ovqatning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv  bo‘ladi.(2 - rasm)  ANIMATSIYA



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/103
Sana30.04.2022
Hajmi4,58 Mb.
#595729
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103
Bog'liq
2. YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENA. Majmua. O.N. Imomov

 
Ovqatning tarkibida oqsillar, yog’lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suv 
bo‘ladi.(2 - rasm) 
ANIMATSIYA 
Og’iz bo’shlig’ida ovqat fizikaviy va dastlabki kimyoviy qayta ishlovi
amalga oshiriladi. Yana bu yerda mavjud bo’lgan retseptorlar yordamida uning 
hazm bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadigan mazasi qayd qilinadi. Ovqatning
maydalanishi og’iz bo’shlig’idagi tishlar yordamida sodir bo’ladigan fizikaviy 
o’zgarish bo’lib, katta odamlarda 32 ta tishlar mavjud (kurak, qoziq, kichik va
katta oziq tishlar). Bolaning 6 -8 oyligidan boshlab sut tishlari chiqa boshlaydi. 
Dastlab pastki jagdagi o’rta kurak tishlar, keyin tepa jagdagi o’rta va yonbosh kurak
tishlar paydo bo’ladi. Birinchi yoshning oxiriga kelib bolada sakkizta tish
chiqadi. Sut tishlarining barchasi (ular 20 ta) ikkinchi yoshning oxiri yoki
uchinchi yoshning boshida paydo bo’ladi. Ularning rivojlanishi ovqatlanish omili
bilan ham bog’liq, shu sababdan sut tishlarining chiqishi bolaning oziqlanish
xususiyatlariga qarab qayd qilingan muddatdan biroz kechikishi yoki tezlashishi
ham mumkin (3 - rasm). 
3-rasm.
Og’iz bo’shlig’i. 1- yuqorigi jag' tishlar; 2- pastki jag' tishlar; 3-tomoqdagi 
bodomsimon bez; 4- til; 5- yumshoq tanglayning tilchasi; 6- yumshoq tanglay. 
 
Bola 6 -7 yoshga to’lganida sut tishlarining ildizlari so’rilib, yuqori
qismlari esa tushib ketadi va ularning o’rnida doimiy yoki haqiqiy tishlar paydo
bo’ladi. Kichik oziq tishlar va uchinchi katta oziq tishlar (aql tishlar) sut
tishlarisiz mustaqil rivojlanadi. Odatda, 14 yoshga kelib doimiy tishlar chiqib 
bo’ladi, faqat aql tishlar ayrim kishilarda 25 -30 yoshlarga kelib o'sib chiqadi.
Ba’zilarda esa yuqori jag’da, ular umuman kuzatilmaydi.Tishlarning soglom va 
to’liq bo’lishi inson salomatligi uchun juda muhim, shuning uchun yoshlikdan 
boshlab ularni parvarish qilish, turli jarohatlardan, turli kasalliklardan ehtiyot qilish 
lozim.


159 
Hozirgi paytda keng tarqalgan tish kasalliklariga karies, ya’ni tishlarning 
chirishi kiradi. Uning kelib chiqishi tish emalining sut kislotasi ta’sirida 
demineralizatsiyalanishidan boshlanadi. Sut kislotasi esa tishlar orasidagi
uglevodlar qoldig’ining achib, parchalanishidan hosil bo’ladi. Emali yemirilgan 
tishning dentini tishning asosiy qismi ustiga mikroblar (asosan streptokoklar)
joylashib olib uni emiradi va chirish boshlanadi. Shuning uchun ovqatlanilgandan 
keyin tishlarni tozalash, og’izni iliq suv bilan bir necha marta chayqab tashlash
kerak. Ma’lumki, bolalar shirinlikka ancha o’ch bo’ladi, hatto uyqudan oldin ham
ayrim bolalar shirinlik yoki non yeb yotishadi. Unday holat aytilgan sut kislotasi 
hosil bo’lishi uchun qulay sharoit tug’diradi. Yana tish emalining shikastlanishi
issiq va sovuq suv, ovqatlarni aralashtirib iste’mol qilish, qattiq narsalarni tishlash 
(danak va yong’oq chaqish va boshqalar) tufayli ham kuzatiladi. Kariesning 
oldini olish uchun har kuni ikki mahal, kechqurun uyqudan oldin va ertalab
turganidan keyin tishlarni pastalar yoki poroshoklar bilan yuvib tozalash
darkor.Tishlarning soglom bo’lishi yana balanslashtirilgan ovqatlanishga (iste’mol
taomlari tarkibida barcha oziq moddalari, vitaminlar va mineral moddalarning
yetarli miqdorda va me’yoriy nisbatda bo’lishi) ham bog’liq. 
Og’iz bo’shlig’ida ovqat maydalanishdan tashqari yana dastlabki kimyoviy
parchalanishga ham uchraydi. Bu o’rinda asosiy vazifani uch juft katta (quloq 
oldi, til osti va jag osti) va ko’plab mayda (og’iz bo’shlig’i, tilda sochilib 
joylashgan) so’lak bezlaridan ajralib chiqadigan so’lak shirasi bajaradi. 
So’lak bezlari bola tug’ilishi bilan o’z funktsiyasini boshlab, 9 —12 oylik
bolalarda so’lak jadal ajraladi. O’rtacha sutka davomida bolalarda 800 sm
3
atrofida so’lak ajraladi. So’lak 99% suvdan iborat bo’lib, tarkibida ayrim 
fermentlar (masalan amilaza) ham uchraydi, ular ta’sirida ovqat tarkibidagi
kraxmal shakargacha parchalanadi, shuning uchun og’izga biroz qotgan non olib 
uzoq vaqt chaynalsa, shirin maza seziladi. So’lakda yana shilimshiq organik
modda mutsin bo’lib, u ovqat luqmasini qizilo’ngach orqali oshqozonga o’tishini
osonlashtiradi. Qizilo’ngach og’iz bo’shlig’ini me’da bilan bog’lab turadi, uning 
uzunligi yoshga qarab oshib boradi, agar u endi tug’ilgan bolalarda 10 sm bo’lsa,
5 —yoshlilarda 16 —sm, 15 —yoshlilarda 19 —sm va katta odamga kelib, 25 -
sm ga yetadi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish