Ku isitmasi bolalarda va kattalarda kechishi
Shahodat Boynazarovna Mirzaeva
Sobir Baxtiyorovich Amonov
Qurbonali Ismatulloyevich Nurulloyev
Xadicha O’tkirovna Hakimova
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali
Annotatsiya:
Ushbu maqolada isitma, uni kelib chiqish etiologiyasi, klinikasi,
shuningdek, isitmalar orasida uchraydigan hududga xos ku isitmasi, uning aniqlanish
tarixi, klinikasi, etiologiyasi haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar:
Isitma, etiologiyasi, infeksiya, mikroblar, rikketsiya, temperatura.
Ku fever in children and adults
Shahodat Boynazarovna Mirzaeva
Sabir Bakhtiyorovich Amonov
Qurbonali Ismatulloyevich Nurulloyev
Khadicha Utkirovna Hakimova
Termez branch of Tashkent Medical Academy
Abstract:
This article deals with fever, its etiology, clinic, as well as regional
fever, its history, clinic, etiology.
Keywords:
Fever, etiology, infection, germs, rickettsia, temperature.
Isitma deb, organizmdagi o’zgarish jarayoniga nisbatan moslashish va himoya
reaksiyasiga aytiladi. Bu reaksiya infeksiya yoki to’qimalarning parchalanish
mahsulotlaridek kuchli ta’sirotlarga javoban tana haroratining ko’tarilishi bilan
namoyon bo’ladi.
Mikroblar va ular ajratadigan mahsulotlar (mikrob pirogenlar), bir tomondan
issiqlikni boshqaradigan nerv markazlariga ta’sir ko’rsatib, ularning qo’zg’alishiga
sabab bo’lsa, ikkinchi tomondan oq qon tanachalarini
(netrofillarni)
ta’sirlantiradi,
ular bunga javoban o’z pirogenlarini ishlab chiqarib, qonga ajratadi. Bu pirogenlar
infeksiyaga qarshi faol kurashadi.
Xuddi shunga o’xshash virus infeksiyasiga javoban organizmda interferon ishlab
chiqariladi. Hujayralar tomonidan himoya moddalar (pirogenlar, interferon) ishlab
chiqarish jarayoni ko’p quwat sarflanishini talab qiladi va isitmadagina ro’y berishi
mumkin, tana harorati normal bo’lganda esa bu jarayon to’xtaydi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
92
Shunday qilib, isitma kasallik vujudga kelgan sharoitlarda organizmning tirik
qolishini ma’lum darajada yengillashtiradi. Vrachlarga qadimdan ma’lum bo’lgan
usul - issiq tutib davolashning yaxshi kor qilishi ana shundan dalolat beradi.
Biroq, yuqori isitma har bir kasallikda organizmga foydali bo’lavermay, balki
yomon ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. Shunga ko’ra, issiqni tushiradigan vositalarni
qo’llashning o’rni bor-yo’qligini har bir holda puxta o’ylab ko’rish kerak.
Kelib chiqish sababiga ko’ra,
infeksion
va
infeksion bo’lmagan
isitmalar farq
qiladi. Isitmaning keyingi xili shikastlangan to’qimalarga dori surtilayotganda, qon
quyilayotganda organizmga yot narsa tushganda, markaziy nerv tizimi
shikastlanganda, odam zaharlanganida kuzatiladi.
Ku isitma, Ku rikketsioz, Avstraliya kasalligi, Orta Osiyo isitmasi, Termiz
isitmasi - rikketsiya mikroorganizmlari qo’zg’atadigan yuqumli isitmali kasallik.
Kasallik birinchi marta 1933 - 35 yillarda Avstraliyaning Queensland - Kvislend
shtatida aniqlangan. Qoramol, qoy, it, ot, tuya, chochqa va yovvoyi parrandalar,
yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar va odam kasallanadi. Bunda, asosan, o’pka
zararlanib, isitma chiqadi, Kasallik qo’zg’atuvchisi kokk yoki tayoqcha shaklidagi
rikketsiya. Tabiatda bu kasallik chaqiruvchisi kanalar, kemiruvchilar organizmida
saqlanib, kasallik ular ozuqalarni ifloslashi yoki qon sorishi paytida yuqadi. Kasal
hayvondan rikketsiya sut, siydik, axlat orqali tashqi muhitga chiqadi. Odamga kasal
hayvon sutini qaynatmay iste’mol qilganda, go’sht mahsulotlari orqali yoki kana
chaqqanda yuqadi. Kasallik koproq chorvadorlarda, ferma va kushxona xodimlarida
uchraydi. Klinik belgilari - kasallikning yashirin davri 8 kundan 4 haftagacha davom
etadi. Qisqa muddatli isitma ko’tarilishi, ishtaha yoqolishi, shilliq pardalar qizarishi,
bog’oz hayvonlarda mastit, vaginit va bola tashlash, erkak hayvonlarda orxit
kuzatiladi.
Ku-isitmasi yuqish yo’llari har xil bo’lgan, isitma sindromi va boshqa
intoksikatsiya simptomlari bilan kechuvchi tabiiy o’choqli zoonoz rikketsioz kasallik
hisoblanadi. Qo’zg’atuvchisi R.burnetii. Qo’zg’atuvchining rezervuari bo’lib iksod,
gamaz kanalari, yovvoyi qushlar, o’rdak, g’ozlar, kabutarlar, qarg’alar va uy
hayvonlari hisoblanadilar. Antropurgik o’choqlarda odamlarga alimentar, havo-
chang, kontakt, transmissiv yo’l bilan yuqadi. Inson kasallik manbai hisoblanmaydi.
Lekin ona suti bilan bolaga, homilador ayoldan akusherlarga yuqishi mumkin.
Kasallikning yashirin davri 9-32 kungacha davom etadi. Ko’pincha kasallik isitma va
qaltirrash yoki et uvishishi bilan o’tkir boshlanadi. Tana harorati 39-40°S gacha
ko’tariladi va umumiy intoksikasiya belgilari ko’chayib boradi. Kasallikning birinchi
kunlaridan darmonsizlik, badanda qaqshash, terlash, kuchli bosh og’rig’i ko’proq
peshona sohasida, bel va oyoqlarda, ko’z soqqasi harakatida og’riq kuzatiladi. Ayrim
bemorlarda tomoqda qizarish, sklera tomiri tiqilishlari, yo’tal, ko’krak qafasida
og’riq, chanqash, og’iz qurishi, jig’ildon qaynashi belgilari bo’ladi. Burundan qon
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
93
ketishi mumkin. Isitma 2-3 kundan - 25 kungacha, ayrim hollarda oylab davom etadi.
Odatda tana harorati o’tkir 39-40°S gacha ko’tarilib, bir necha kundan so’ng asta-
sekin (zinasimon) me’yorgacha tushadi. Kam hollarda kritik tushishi mumkin.
Temperatura egri chiziqlari turlicha tipda bo’ladi: doimiy (38-40% hollarda),
remittirlovchi (25%), to’lqinsimon (27%). Ayrim bemorlarda isitma subfebril
darajagacha tushib bir necha kundan so’ng yana yuqori darajaga ko’tariladi.
Isitmaning qayta ko’tarilishi kasallikning boshqa klinik belgilarining yana kuchayishi
bilan birga kechadi. Bemorlarda doimiy bo’lmagan bradikardiya, biroz gipotoniya,
yurak tonlari bo’g’iqligi, sistolik shovqin eshitiladi. 13-15% hollarda bronxit, raxeit,
pnevmoniya rivojlanadi. Bemorlar yo’talganda, chuqur nafas olganda ko’krak
qafasidagi og’riqqa shikoyat qiladilar. Yo’tal odatda quruq, gohida qon aralash
balg’amli bo’lishi mumkin. Periferik limfa bezlari kattalashimagan. Gemogrammada
leykopeniya, neytro va eozinopeniya, nisbiy limfotsitoz, monotsitoz, EChT biroz
tezlashishi kuzatiladi. Laborator tashxisoti: qon, balg’am, likvor suyuqligi, ona suti,
siydikdan bakteriologik usul bilan qo’zg’atuvchini ajratib olish mumkin. Biologik
usulda dengiz cho’chqasi, oq sichqon va kalamushlarga yuqtirib 7 kundan so’ng
ularning jigari, talog’i va boshqa a’zolarda R.burnetii ni to’planishi kuzatiladi.
Serologik reaksiyalardan KBR kasallikning 10-12 chi kunlaridan boshlab
diagnostik titrda (1:8 1:16) bo’ladi. Yana immunoflyuoressensiya, teri osti sinamalari
mavjud.
Oldini olish: yaylov davri paytida qayvonlar kanalarga qarshi va molxonalar
kemiruvchilarga qarshi dezinfeksiya qilinadi. Kasallikka gumon qilingan hayvonlarni
tana haporati olchanadi. Qoni tekshiriladi, kasallik aniqlansa, tegishli tadbirlar
o’tkaziladi.
Davolash.
Isitmani uy sharoitida davolash organizmning hayotiy kuchlarini
saqlab qolish, tana haroratini nazorat qilish, suv-tuz balansini to’ldirishga qaratiladi.
Bemor dam olishi va yengil ovqatlar iste’mol qilishi, ko’proq suyuqlik ichishi, issiq
kiyinmasligi, hammom qabul qilmasligi va kuniga 4-6 marta tana haroratini o’lchashi
kerak. Agar harorat 38 darajadan oshsa, bemorga isitma tushiruvchi (antipiretik)
preparatlar buyuriladi.
Pediatriyada tana haroratini me’yorlashtirish uchun yoshga bog’liq dozalarda
parasetamol, ibuprofen yoki nimesulid qo’llaniladi. Aspirin ishlatilishi taqiqlanadi,
chunki u bola hayoti uchun xavfli bo’lgan gepatoserebral sindrom rivojlanishiga olib
kelishi mumkin. Shuningdek isitmani tushirish uchun bemor tanasiga spirt, sirkaning
suvli eritmalarini surtish mumkin.
Tibbiy tekshiruvlar doirasida bemor tana haroratining oshishi sababi aniqlanadi
va tegishli davolash belgilanadi. Ba’zi hollarda bemorni shifoxonaga yotqizish yoki
ambulatoriya sharoitida qo’shimcha tekshiruvlar o’tkazish kerak bo’lishi mumkin.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
94
Do'stlaringiz bilan baham: |