E. M. Colocassides College of Tourism & Hotel Management, Doctor of Science in



Download 32,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/402
Sana30.04.2022
Hajmi32,47 Mb.
#595351
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   402
Bog'liq
Science and Education Volume 2 Issue 12 (2)

Qishloq xo‘jalik
hayvonlarining trematodozlari haqida 
ma’lumot
 
Ramazon Qo‘ziboy o‘g‘li Normamatov 
Zebo Xudoyberdiyevna Isoqulova 
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti 
 
Annotatsiya: 
Maqolada qishloq xo‘jaligi hayvonlarida parazitlik qiluvchi 
trematodlarning qo‘zg‘atuvchilari, ularning biologiyasi, epizootologiyasi adabiyotlar 
asosida batafsil yoritilgan.
 
Kalit so‘zlar: 
Trematoda, mollyuska, fassiolyoz, dikroselioz, parafistomatozlar, 
orientobilxarsioz 
 
Information on agricultural trematodes 
 
Ramazan Koziboy oglu Normamatov 
Zebo Khudoiberdiyevna Isoqulova 
Samarkand Institute of Veterinary Medicine 
 
Abstract: 
The article describes in detail the pathogens of trematodes parasitic 
on farm animals, their biology, epizootology on the basis of the literature.
 
Keywords: 
Trematode, mollusk, fasciolosis, dichroseliosis, paraphistomatosis, 
orientobilcharsiosis
 
 
Kirish.
Chorvachilik sohasining asosiy tarmoqlardan biri qoramolchilik bo‘lib, u 
respublikamiz aholisini sifatli go‘sht, sut hamda yog‘ mahsulotlari bilan, sanoatni esa 
xom-ashyo sifatida teri mahsuloti bilan ta’minlaydi. Ammo bunday ijobiy ishlarni 
to‘liq ro‘yobga chiqarishda ushbu sohani rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi abiotik va 
biotik omillar ham mavjud. Ular jumlasiga hayvonlar orasida uchrab turadigan turli 
parazitar kasalliklar, jumladan gelmintozlar orasida esa keng tarqalishi va 
keltiradigan iqtisodiy zarari bo‘yicha trematodozlar ko‘pchilik holatlarda to‘siq bo‘lib 
kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida ushbu kasalliklarni epizootologik holatini va ularga 
qarshi kurashish choralarini izlab topishni talab etadi. 
Mavzuning dolzarbligi.
Chorvachilik sohasini rivojlantirishda, barcha xo‘jalik 
yurituvchi subyektlarda chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish, ularni 
mahsuldorligini oshirish, turli yuqumli, yuqumsiz va invazion kasalliklarga qarshi 
kurashish va oldini olish choralarini ko‘rib borish jarayonida, ushbu sohani 
rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi qator omillar ham mavjud. Shu jumladan, qishloq 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
97


xo‘jalik hayvonlari orasida uchrab turadigan parazitar kasalliklar orasida, ayrim 
gelmintozlar tarqalishi va keltiradigan iqtisodiy zarari bo‘yicha muhim o‘rin 
egallaydi. Ushbu kasalliklarga qishloq xo‘jalik hayvonlarining trematodozlarini misol 
keltirish mumkin. Ushbu kasalliklarga fassiolyoz, dikroselioz, paramfistomatoz va 
oriyentobilxarsioz kabi kasalliklarni ko‘rsatish mumkin. 
Trematodalar-parazit 
gelmintlar
hisoblanib, 
yassi 
chuvalchanglar-
Plathelminthes 
tipi, so‘rg‘ichlilar 
Trematoda 
sinfiga mansub. Barcha trematodalar 
parazitlik hayot tarzida rivojlanib, hayvon va odamlarning turli organ va 
to‘qimalarida joylashadi. Trematoda sinfiga mansub so‘rg‘ichli gelmintlar tomonidan 
qo‘zg‘atiladigan kasalliklar guruhi-trematodozlar deb nomlanadi[8]. Trematodalar 
barg yoki lansetnik shaklidagi yassi gelmintlardir. Ularning kattaligi turlariga qarab 
0,1 mm dan 15 sm gacha bo‘lishi mumkin. Ular turiga fassiolalar, dikroselliylar, 
paramfistomalar va boshqalar kiradi[6].
Trematodalarning bialogiyasi.
Barcha trematodalar biogelmint bo‘lib, asosiy, 
oraliq va qo‘shimcha oraliq xo‘jayinlar ishtirokida rivojlanadi. Barcha trematodalar 
jinsiy va partenogenetik yo‘llar bilan ko‘payadi va xo‘jayin almashtirish yo‘li bilan 
rivojlanadi. Shunga ko‘ra ular ikki, uch va to‘rt xo‘jayinli bo‘ladi. O‘zbekiston 
hududidagi qishloq xo‘jalik hayvonlarida ikki va uch xo‘jayinli trematodalar 
uchraydi[9]
 
Fassiolyoz
surunkali yoki o‘tkir shaklda kechadigan, qoramol, qo‘y-echki va 
boshqa tur uy va yovvoyi hayvonlar (asosan kavsh qaytaruvchilar) ning jigarida 
Fasciola hepatica 
va
Fasciola gigantica
trematodalarining parazitlik qilib yashashi 
natijasida yuzaga keladigan invazion kassalik bo‘lib, hayvon organizimida 
kamqonlik, sarg‘ayish, keskin oriqlash va kassalikning surunkali davrida jag‘osti va 
ko‘krakda shish paydo bo‘lishi, o‘tkir davrida esa qorinda 5-10 l.gacha qizg‘ish sariq 
suyuqlik to‘planishi bilan tavsiflanadi[11]
 
Dikroselioz - 
qoramol, qo‘y, yovvoyi kavsh qaytaruvchi, bir tuyoqli va yirtqich 
hayvonlar, shuningdek, kemiruvchilarning kassaligidir. Bu kasallikni 
Dicrocoellidae 
oilasi vakili 
Dicrocoelium lanceatum 
trematodi chaqiradi. Trematodaning rivojlanish 
davri 
Helicella, Chodrula, Zonitodes 
va boshqa avlod mollyuskalari (oraliq 
xo‘jayinlari) va
 Formika 
va 
Proformika 
avlodi chumolilari (qo‘shimcha xo‘jayinlari) 
ishtirokida o‘tadi. Hayvonlar yetilgan lichinkalar - metatserkariylarni yeb 
kasallanadilar. Trematodalar asosiy xo‘jayinlarining jigarida, o‘t yo‘llarida 55-77 
kunda jinsiy voyaga yetadi. Ular to‘rt yildan ko‘proq yashashi mumkin[1].
Paramfistomatoz
qoramol va boshqa kavsh qaytaruvchi hayvonlarga xos 
invazion 
kasallik 
bo‘lib, 
Paramphistomatata
kenja 
turkumiga 
kiruvchi 
trematodalarning ingichka ichakda, katta qorinda, bazan to‘r qorinda parazitlik qilishi 
oqibatida kelib chiqadi. Kasallikning o‘tkir kechishida 50-100% buzoqlar nobud 
bo‘ladi, surunkali shaklida hayvonlarning mahsuldorligi kamayadi. Epizootologik 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
98


holatining keskinlashib borishi yer osti sizot suvlarining ko‘tarilishi natijasida zax 
joylarning kengayib borishi, qoramollarni yaylovda uzoq ushlab turilishi, 
hududlarning ekologo-geografik muhitining o‘zgarishi, Zarafshon daryosining yuqori 
va quyi qismlaridagi to‘qayzorlarni kengayib borishi bilan bog‘liq. Bularning 
barchasi kasallik qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘jayini-
Planorbidae 
oilasiga mansub 
mollyuskalarni tarqalishi uchun qulay ekologik sharoit yaratadi[2,7].
Orientobilxarsioz
bu yigirmaga yaqin tur sut emizuvchi hayvonlarning 
surunkali oqimda kechuvchi trematodoz kasalligi bo‘lib, uni 
Schistomatidae
oilasiga 
mansub 
Orientobilharzia turcestanica-
ning ichak tutqichlari va jigar qon tomirlarida 
parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik holsizlanish, tana haroratining 
ko‘tarilishi, hazm organ faoliyatining izdan chiqishi, kuchli hatto qon aralash ich 
o‘tishi, oriqlanish, mahsuldorlikni keskin kamayishi va yosh hayvonlar orasida o‘lim 
kuzatilishi bilan xarakterlanadi, ushbu kasallik hozirgi paytda Samarqand 
viloyatining ayrim tumanlarida avj olgan. Bundan tashqari kasallik qo‘zg‘atuvchisini 
respublikaning shimoli-g‘arbiy mintaqasida va Toshkent viloyatining ayrim 
tumanlarida uchrashi qayd qilingan[4,10].
So‘ngi yillarda O‘zbekistonning sug‘oriladigan va tog‘ oldi, tog‘ hududlarida, 
shimoliy mintaqadan tashqari, qishloq xo‘jalik hayvonlar orasida jigar trematodalari 
Fasciola hepatica, Fasciola gigantica 
va
 Dicrocoelium lanceatum
hamda oshqozon-
ichak trematodalari 
Calicophoron calicophorum, Gastrothylax crumenifer 
va 
Liorchis scotiae
paramfistomatidlari juda keng tarqalmoqda. Ushbu kasallikdan 
dehqon va fermer xo‘jaliklari katta iqtisodiy zarar ko‘rmoqda[5]. 
Trematodalarning oraliq xo‘jayinlari.
Mollyuskalar yaylovlarda nafaqat 
o‘simliklarni istemol qilib zarar keltiradi, balki u yerda o‘tlab yuruvchi hayvonlar 
uchun og‘ir kechuvchi gelmintoz (dikroselioz, fassiolyoz, paramfistomatidoz) 
kasalliklarini keltirib chiqaruvchilar hisoblanadi[3]
 
Xulosa. 
Biz oldimizga o‘rganish uchun maqsad qilib qo‘ygan tremadodozlar 
adabiyot ma’lumotlarini urganish bilan shunday xulosaga keldikki bu tur parazitlar 
bilan kurashish bugungi kunda ham juda muhim bo‘lib parazitlar rivojlanish 
bosqichida moslashuvchanlik xususiyatini namoyon etmoqda va yosh olimlar uchun 
uni doimiy o‘rganib borish dolzarb hisoblanadi.

Download 32,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish