E. M. Colocassides College of Tourism & Hotel Management, Doctor of Science in



Download 32,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/402
Sana30.04.2022
Hajmi32,47 Mb.
#595351
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   402
Bog'liq
Science and Education Volume 2 Issue 12 (2)

Tadqiqot borishi 
Tadqiqotda insultdan keyin yuqori oyoq-qoʻllarining harakatchanligi va mushak 
tonusi muammolari boʻlgan 40 nafar bemor ishtirok etdi. Bemorlar ikki guruhga 
boʻlingan holda, har bir guruh 20 kishidan iborat boʻldi.

I guruhdagi yuqori kinezioterapiya mashqlari yordamida reabilitatsiya qilindi 

II guruh NDT-Bobat usuli (Neurodevelopmental Treatment Bobat) bilan 
birlashtirilgan holda ikki terapevtik usul bogʻliq holda kinezioterapiya mashqlaridan 
foydalanildi.
Bemorlarni reabilitatsiyadan oldin mushak tonusi baholab olindi va mushak 
tonusini baholash uchun Asvort shkalasi va funktsional holatni baholash uchun 
Rivermead Motor Assessment (RMAIII) shkalasi ishlatilgan.
Ikki guruh bemorlarda ham besh haftalik neyroreabilitatsiyaning tanlangan 
terapevtik kinezioterapiya reabilitatsiya olib borildi. Faol gimnastik mashgʻulotlar 
oʻqituvchining maxsus nazorati ostida oʻtkazildi. Kinezioterapevt mashqlarni bajarish 
texnikasini muvofiqlashtiradi, diafragma nafas olish va mustaqil mashqlarni bajarish 
texnikasini oʻrgatib bordi.
Bemorlarda yurakning majburiy monitoringi va periferik tomirlarning ultratovush 
tekshiruvi oʻtkazilib turishi ham zarurdir va ushbu tadqiqot mobaynida ushbu 
koʻrsatkich ham doimiy nazorat qilib borildi.
Besh haftadan soʻng II guruhdagi bemorlarning koʻpchiligida mushaklar 
tonusining pasayishi va yuqori oyoq-qoʻllarining funktsional holatining yaxshilanishi 
kuzatildi. I guruhda mushak tonusi ham pasaygan va funktsional holat yaxshilangan, 
ammo II guruhga qaraganda kamroq taʼsir koʻrsatgan. Klassik kinezioterapiya NDT-
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
88


Bobat usuli bilan birgalikda yuqori oyoq-qoʻllarning neyroreabilitatsiyasida faqat 
insultdan keyingi bemorlarda kinezioterapiya mashqlarini qoʻllashdan koʻra yaxshiroq 
natijalar berishi qayt qilindi. Neyroreabilitatsiya jarayonida bemorni uyda parvarish 
qiladigan bemorning qarindoshlari bilan maʼlum miqdorda ish olib boriladi. 
Mutaxassislar ularga uyda reabilitatsiyani qanday qilib toʻgʻri davom ettirishni 
oʻrgatadi, chunki reabilitatsiya uzluksiz va keng qamrovli boʻlishi kerak.
XULOSA VA TAVSIYALAR 

Bemorni Insultdan keyingi neyroreabilitatsiya qilish imkon qadar erta boshlash 
kerak. Ideal holda, oʻtkir holatdan tuzalib, kasalxonadan chiqqandan soʻng darhol. 
Buning sababi shundaki, Insultdan keyin bir muncha vaqt oʻtgach, funktsiyalarni 
tiklash tezligi pasayadi va normal hayotga qaytish ehtimoli kamayadi.

Reabilitatsiya qanchalik tez boshlansa, nevrologik nuqsonlar tezroq yoʻqoladi 
va funktsiyalar koʻproq tiklanadi.

Takroriy insult lezyonlari har doim ogʻirroq boʻladi va unda koʻproq nogironlik 
xavfi kutiladi. Insultdan omon qolgan bemorlar qon bosimi, qon shakar va xolesterin 
darajasiga alohida eʼtibor berishlari, yomon odatlarni nazorat qilishlari, uyqu va faol 
dam olishni nazorat qilishlari kerak. Sogʻlom turmush tarzini eʼtiborsiz qoldirish oʻlim 
ehtimoli yuqori boʻlgan takroriy ishemik hujumlarga olib keladi.
Xulosa 
Shunday qilib, erta reabilitatsiya insult bilan kasallangan bemorlarga statsionar 
yordam koʻrsatish tizimining zaruriy boʻgʻinidir. Uning asosiy yoʻnalishlari: 
faollashtiruvchi parvarish, pozitsiya boʻyicha davolash, ontogenetik kinezioterapiya, 
gomeostaz jarayonlari uchun dori-darmonlar (shu jumladan gemodinamik va 
mikrosirkulyatsiya), plastisiya va faol mobilizatsiyasidir.
Izlanishlar va tadqiqotlar orqali maʼlum boʻldiki kinezioterapiyaning vositali 
funktsiyalarini tiklashga va tananing funktsional tizimlarining samaradorligini 
oshirishga ijobiy taʼsirini koʻrsatadi. Toʻgʻri tanlangan va oʻz vaqtida boshlangan 
jismoniy reabilitatsiya uzoq muddatli insult oqibatlarini davolash muddatini 
qisqartirishga yordam beradi 
Boshqa har qanday muolajalar singari, kinezioterapiya dasturining afzalliklari va 
kamchiliklari mavjud boʻlib bularga 
Afzalliklari 
- usulning koʻp qirraliligi sanaladi oʻz ichiga - kinezioterapiya koʻplab 
kasalliklar va jarohatlarni davolash uchun javob beradi; kinezioterapiya xavfsizlik 
taʼminlash muhim u boshqa davolash choralari kabi xar xil tarkibida narkotik 
moddalarni saqlovchi konservativlarni isteʼmol qilishni oʻz ichiga olmaydi; jins va 
yosh boʻyicha hech cheklovlar yoʻq, barcha yoshdagi bemorlarda qoʻllash mumkin; 
profilaktik taʼsir - relaps ehtimoli kamayadi; umumiy tiklanish - reabilitatsiya kursidan 
soʻng bemorning immuniteti va mushaklarning ohangini oshiradi.
Kamchiliklari 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
December 2021 / Volume 2 Issue 12
www.openscience.uz
89


Usulning kamchiliklari - bu rejim, yaʼni belgilangan hayot rejimiga rioya qilish 
zarurati, shuningdek, kinezioterapiyani taʼsirni sezish uzoq vaqt talab qilishi va 
usulning uzoq vaqt davomida davom etishi. Mening fikrimcha, kimyoviy moddalarni 
qoʻllash orqali ijobiy dinamikaga erishishdan koʻra, Insultdan keyin yoʻqolgan 
funktsiyalarni bosqichma-bosqich tiklash yaxshiroqdir. Nogironlik sabablari orasida 
insult birinchi oʻrinda turadi. Insultdan keyin uch yil mobaynida yashab kelayotgan 
bemorning yarmi maʼlum darajada hayotidan norozi. Shu sabab kinezioterapiya ham 
bemorga birinchi navbatda harakatlariga dadillik ulashadi ularga hayotga boʻlgan 
umidini qayta uygʻotadi va kinezioterapiya guruhli mashgʻulotlari uni yana ijtimoiy 
hayot bilan bogʻlaydi.
Insult bilan kasallangan bemorlarni neyroreabilitatsiya qilish global muammodir. 
Insultga uchragan odam toʻsatdan qoʻl yoki oyogʻini boshqarish qobiliyatini yoʻqotadi, 
nutqi yomonlashadi, u oʻzi erkin ovqat yeyolmay qoladi, harakatlana olmaydi. Bemor 
oʻzi sevgan kasbiga qaytolmaydi, ishdan ayriladi. Ushbu sabablar tufayli bemor 
tushkunlikka tushib, unda chuqurroq umidsizlik hisi paydo boʻladi. Bunday bemorni 
tiklash va reabilitatsiya qilish muhim tibbiy va ijtimoiy vazifadir.
Har bir shifokorning maqsadi bemorga kasallikka qarshi kurashda yordam berish 
va unga toʻliq yashash istagi va imkoniyatini qaytarishdir! 

Download 32,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   402




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish