2 – ma’ruza: Beton va armaturaning fizik – mexanik xossalari


Armatura po‘latlarining mexanik xususiyatlari



Download 495,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana29.04.2022
Hajmi495,11 Kb.
#594257
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2 - Ma'ruza. QK

 
Armatura po‘latlarining mexanik xususiyatlari
. Armaturalarning fizik - 
mexanik xossalari po‘latning kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish va ishlov berish 
usullariga bog‘liq. 
A-I, A-II, A-III
sinfli yumshoq po‘latlarda uglerod 0,2-0,4 foizni 
tashkil etadi. Uglerodning miqdori oshirilsa, po‘latning mustahkamligi ortib, 
qayishqoqligi va payvandlanuvchanligi kamayadi.
Agar po‘lat tarkibiga marganets va xrom qo‘shilsa, uning qayishqoqligi 
kamaymagan holda mustahkamligi ortadi; kremniy qo‘shilsa, po‘latning 
mustahkamligi ortib, payvandlanuvchanligi yomonlashadi. 
Po‘latning mustahkamligini qizdirib toblash yoki oddiy cho‘zish yo‘li bilan 
oshirsa ham bo‘ladi.
Po‘latni qizdirish yo‘li bilan toblanganda, uni 800-900
0
S ga qadar 
qizdiriladi, so‘ngra keskin sovutiladi; keyin yana 300-400
0
Sga qadar qizdirib, asta 
sovutiladi. Buning natijasida po‘lat armatura ning mustahkamligi ortadi.
Po‘lat armatura 3-5% ga cho‘zilsa, uning ichki kristall tuzilishi ma’lum
darajada o‘zgaradi, bu o‘zgarish armatura mustahkamligini oshiradi. Armatura
qayta cho‘zilsa, cho‘zilish diagrammasi boshlang‘ich diagrammadan farq qiladi. 
Ma’lumki, po‘latning asosiy fizik-mexanik xossalari material namunasini 
cho‘zishga sinash jarayonida olinadigan «kuchlanish-deformatsiya» (

-


diagrammasida o‘z aksini topadi.
Bu diagrammaga ko‘ra armatura po‘latlari quyidagi to‘rlarga bo‘linadi: 
a) Oqish chegarasi aniq ko‘rinadigan yumshoq po‘latlar; 
b) Oqish chegarasi aniq ko‘rinmaydigan toblangan po‘latlar; 
v) Deyarli uzilgunga qadar «

-

» diagrammasida chiziqli bog‘lanishga 
ega bo‘lgan o‘ta mustahkam po‘latlar.
Po‘latning asosiy mustahkamlik tavsiflari quyidagilardir: 
- birinchi to‘rdagi po‘latlar uchun oqish chegarasi 

u
, ya’ni elastiklik 
chegarasi doirasida bo‘ladi; 
- ikkinchi va uchinchi to‘rdagi po‘latlar uchun shartli oqish chegarasi

0,2
(bu kuchlanishda namunaning qoldiq deformatsiyasi 0,2% ni tashkil etadi), shartli 
elastiklik chegarasi

0,02
bo‘ladi. 
- po‘latning vaqtinchalik qarshiligi (mustahkamlik chegarasi) -

su

- uzilishdagi chegaraviy uzayishi va shu kabilar. 


Kam uglerodli po‘latlarda oqish maydonchasi mavjud bo‘lib, plastikligi 20% 
ni (

p
=20%) tashkil etadi. Uglerodli po‘latlarning plastikligi ikki marotaba kam 
bo‘ladi. CHegaraviy uzayishi qisqa bo‘lgan armaturalar mo‘rt bo‘lib, yuk ta’sirida 
birdaniga uzilishi va konstruktsiya buzilishi mumkin.
Plastiklik 
xossalari 
yuqori 
bo‘lgan 
po‘latlar 
temirbeton 
konstruktsiyalarining ishlashi uchun qulay sharoit yaratadi; statik noaniq 
sistemalarda, shuningdek, dinamik kuchlar ta’sirida buning ahamiyati ayniqsa 
kattadir. 
Me’yoriy xujjatlarda armaturaning uzilishdagi nisbiy uzayishining eng kam 
miqdori beriladi.
Bu qiymatlar A-I sinfli armaturalar uchun -25%; A-II-19%; A-III-14%; A-
IV-A-VI-6% ga va termik mustahkamlangan armaturalar At-IV; At-V; At-VI 
uchun esa nisbiy uzayish 8,7 va 6% ga teng. 
Toblangan armatura larni payvandlash yaramaydi, chunki bunda armatura
qiziganida mustahkamligi pasayadi. 

Download 495,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish