2 – MA’RUZA:
Beton va armaturaning fizik – mexanik xossalari.
Reja:
1. Betonlarning tasniflanishi.
2. Betonning mustahkamligi.
3. Betonning kirishishi.
4. Armatura to‘rlari, po‘lat armaturalar sinflari.
5. Payvandlangan to‘rlar va sinchlar.
6. Alyuminiy qotishmalari.
Tayanch so‘z va iboralar:
beton,
suv o‘tkazmaslik, suv ta’siriga chidamlilik,
sovuqbardoshlik, olovbardoshlik, korroziyabardoshlik, past issiq va tovush
o‘tkazuvchanlik, beton tarkibi, beton sinfi, mustahkamlik, kirishish, hajm
o‘zgarishi, armatura, po‘lat, cho‘yan, xossalari, mustahkamlik, himoya qatlami,
armaturalarga qo‘yiladigan talablar, alyuminiy qotishmalari, ishchi armaturalar,
sterjenlar.
1. Betonlarning tasniflanishi
.
Temirbeton konstruktsiyalarni tayyorlashda qo‘llaniluvchi betonlar oldindan
belgilangan aniq fizik-mexanik asoslarga ega bo‘lishi kerak. Ularning
mustahkamligi yetarli darajada yuqori bo‘lishi zichligi yuqori bo‘lib, armatura
bilan yaxshi tishlashishi, uni korroziyadan ishonchli himoya qilishi va
konstruktsiyaning uzoqqa chidashini ta’minlashi zarur. Ba’zan vazifasiga ko‘ra
qo‘shimcha ravishda: suv o‘tkazmaslik, suv ta’siriga chidamlilik, sovuqbardoshlik,
olovbardoshlik, korroziyabardoshlik, past issiq va tovush o‘tkazuvchanlikka ega
bo‘lishi kabi talablar ham qo‘yiladi.
Oldindan zo‘riqtiriladigan konstruktsiyalar uchun mustahkamligi va zichligi
yuqori, kirishishi kam bo‘lgan betonlar ishlatiladi.
Betonlar o‘zining bir necha belgilariga, chunonchi, tarkibi, hajmiy massasi,
bog‘lovchi va to‘ldiruvchi materiallar turi, tarkibining donadorligi va qotish
sharoitlariga qarab tasniflanadi. Tarkibiga ko‘ra betonlar qo‘yidagilarga bo‘linadi:
zich tarkibli, yirik g‘ovakli va g‘ovaklashtirilgan to‘ldiruvchi materialli va
to‘ldiruvchi donalari orasi batamom qotgan bog‘lovchidan hosil bo‘lgan sun’iy
g‘ovakli; yacheykali sun’iy yo‘l bilan hosil qilingan berk g‘ovakli.
Zichligiga ko‘ra betonlar: o‘ta og‘ir, og‘ir, yengillashtirilgan, yengil, o‘ta
yengil;
Bog‘lovchi material turiga ko‘ra: tsementli, silikatli, gips bog‘lovchili,
aralash va maxsus bog‘lovchili betonlar;
To‘ldiruvchi turiga ko‘ra: zich, g‘ovakdor yoki maxsus talablarni
qondiradigan (biologik himoyalovchi, olovbardosh, kimyoviy moddalar ta’siriga
chidamli) betonlar;
Donadorligiga ko‘ra: yirik donador yirik va mayda to‘ldiruvchili va mayda
donador mayda to‘ldiruvchili qo‘shilgan betonlarga bo‘linadi.
Qotish sharoitlariga ko‘ra: tabiiy sharoitda qotgan, atmosfera bosimi ostida
issiqlik va nam ta’sirida ishlov berilgan, avtoklavda ishlovyuqori bosim ostida
ishlov beriladigan betonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |