Birinchi imperator
, prinsipiat (
shu
sababli imperiyani prinsipiat deb atalgan)
bo‘lgan
Oktavian
ga Senat
Avgust
unvonini ― “Muqaddas kishi” faxriy nomini bergan. Oktavian
davridan boshlab butun Apenin yarim oroli Italiya
1
deb atala boshlangan.
Besh asr davom etgan Rim imperiyasida Avgust davri (mil. av. 20-14) Rim
madaniyatining oltin davri hisoblanadi.
Din va mifologiya.
Qadimgi rimliklar juda ko‘p ma’budlarga e’tiqod
1
Italiya ― yunoncha buzoqlar mamlakati degani.
qilganlar, turli narsalarning, masalan, buloq, o‘rmon, daraxt, joylarning va
ekinlarning ilohiy homiysi — ma’budasi mavjud deb ishonganlar. Bu
ma’buda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari
ta’sirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan
(
masalan, hosilni oshirishni so‘rab sigir qurbonlik qilingan
).
Ibtidoiy dinlarga e’tiqod qilgan kishilar chakalakzor, tog‘, maydonlarda
ibodat qilganlar (
shu erlarda mehroblar ishlangan
). Ibodatxonalar qurish
odati rimliklarga etrusklardan o‘tgan. Mars (dastlab
dala va hosil ma’budasi;
keyinchalik - urush ma’budasi
), Diana (
yunonlarda - Artemida; ov
ma’budasi
), Venera (
bog‘, hosildorlik ma’budasi, keyinchalik -Afrodita -
muhabbat va go‘zallik ma’budasi
), Fortuna (
omad ma’budasi
), Feroniya (
er
ma’budasi
) kabi umum-italyan xalqlarining ma’budlari deb qaralgan. Ayrim
ma’budlarga ma’lum tabaqalar, ma’lum kasb egalari ko‘proq e’tiqod bilan
qaraganlar. Macalan, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar
Dianaga ko‘proq e’tiqod qilishgan.
Ma’naviy madaniyat sohasida rimliklar yunon madaniyatining vorislari
hisoblanadilar. Ko‘plab yunon ma’budlari nomlari o‘zgartirilgan.
CHunonchi, Zevs - YUpiterga, Kronos-Saturnga, Paseydon-Neptunga,
Germes Merkuriyga, Gefest-Vulkanga, Gera ― YUnonaga, Afrodita ―
Veneraga, Artemida ― Dianaga, Afina-Minervaga aylangan.
Rimliklarda oila homiysi ma’bud
Vesta
ga alohida e’tibor berganlar.
Vesta ibodatxonasi uchun zodagon oilalardan vestalkalarni-yosh qizlardan
tanlaganlar. Ular 30 yil mobaynida ibodatxonada xizmat qilishlari kerak
bo‘lgan. Vestalkalarni juda xurmat qilishgan. Agar vestalkaga jinoyatchi
to‘g‘ri kelib qolsa-yu, vestalka iltimos qilsa jinoyatchining aybi kechirilgan.
Vestalka o‘zaro urishayotganlar oldiga kelsa, janjalni darhol to‘xtatishgan.
Ularni o‘choq-olovni saqlovchi homiylar deb hisoblashgan. Vestalkalar
xizmat davrida bokiraligini saqlay olishmasa, unda ularni tiriklayin erga
ko‘mishgan.
Rimda fan va maorif katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Ta’lim uch
bosqichdan iborat edi: boshlang‘ich ta’lim, grammatika va ritorika maktabi.
Imperatorlar ritorika maktabi uchun katta mablag‘ ajratganlar. Barcha ta’lim
bosqichlarida o‘qish, yozish va hisoblash o‘rgatilgan. O‘rta maktablarda
muallimlar yunon tili va etti fan: grammatika, dialektika, ritorika, musiqa,
arifmetika, geometriya, astronomiyani o‘rgatganlar. Bular qatorida
arxitektura va tibbiyot ham o‘qitilgan. Boshlang‘ich maktabda o‘qish 7
yildan 12 yilgacha davom etgan.
Rimda keng yoyilgan oliy gumanitar maktab
ritor
maktabi deb atalgan.
Undagi 3 bosqichli ta’lim ushbu tizimning yuqori cho‘qqisi bo‘lgan.
Boshlang‘ich, o‘rta va grammatik maktabdan so‘ng. Ritor maktabida chiroyli
so‘zlash san’ati, notiqlik mahoratini egallash o‘rgatilgan. Ularda notiqlik
san’atidan tashqari yosh notiqlarning dunyoqarashini shakllantirishga yordam
beradigan turli fanlar, xususan, ritorika, huquqshunoslik, tarix, adabiyot,
falsafa o‘qitilishiga e’tibor qaratilgan. Mark Tulliy Sitseron va Mark Fabiy
Kvintilianlarning «Notiqlik san’ati bo‘yicha o‘gitlar» kitobi pitor maktabini
boshqarishda foydalaniladigan asosiy qo‘llanma hisoblangan. Ular ritor
maktabini rivojlanishning yangi bosqichiga olib chiqdilar va Rimda bu
maktablarning davlat tasarrufiga o‘tishini ta’minladilar.
Rimliklarda quyidagi ommaviy yirik bayramlar bo‘lgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |