62
Qonunga asosan moliyaviy lizingning ta’riflanishi quyidagicha: «
lizing
oluvchi sotuvchidan xarid qilingan va lizing shartnomasida ko‘rsatilgan lizing
predmetini belgilangan haq to‘lash evaziga va belgilangan shartlarda
tadbirkorlik maqsadlrida foydalanish uchun uch yildan kam bo‘lmagan
muddatga lizing oluvchiga beruvchi investitsion faoliyat turi hisoblanadi».
Bunda lizing shartnomasi bo‘yicha lizing predmetini berish quyidagi shartlardan
hech bo‘lmaganda bittasiga javob berishi lozim:
lizing predmetini lizing oluvchiga mulk qilib berish va (yoki) lizing
oluvchiga qat’iy belgilangan narxda lizing predmetini xarid qilish huquqini
berish lizing shartnomasida belgilab qo‘yiladi;
lizing muddati lizing predmetining foydali xizmat ko‘rsatish
muddatining 75 %idan ortishi lozim;
butun lizing muddati bo‘yicha joriy (diskontlangan) lizing to‘lovlari
qiymati berilayotgan lizing predmetining 90 %idan ortadi.
Qozog‘iston Respublikasida buxgalteriya hisobini yuritish 1995 - yilning
26 - dekabrida qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar
to‘g‘risida»gi Qonun,
shuningdek, korxonalar mulkchilik shakli va faoliyat
turidan kelib chiqqan holda qo‘llanuvchi buxgalteriya hisobi milliy standartlari
tomonidan tartibga solib boriladi.
Lizing bitimlarini tartibga solishning
bojxonaga doir masalalari
quyidagilarga taalluqli:
xalqaro lizing, bunda lizing oluvchi rezident lizing predmetini chet ellik
lizing beruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oladi yoki Qozog‘iston rezidenti bo‘lgan
lizing oluvchi (sublizing beruvchi) lizing predmetini chet ellik lizing
beruvchidan sublizingga berish uchun oladi, yoki Qozog‘iston rezidenti bo‘lgan
lizing beruvchi lizing predmetini chet ellik lizing oluvchiga beradi;
Qozog‘iston rezidenti bo‘lgan lizing beruvchi lizing predmetini
kelgusida lizingga berish uchun chet ellik ta’minotchidan sotib oladi.
Qozog‘istonga xalqaro lizing shartnomalari bo‘yicha
kiritiluvchi
tovarlarga nisbatan vaqtinchalik kiritish va erkin muomalaga chiqarish bojxona
rejimlari qo‘llanishi mumkin.
Tovarlarni erkin muomalaga chiqarishni faqat ko‘zda tutilgan barcha
bojxona to‘lovlari va soliqlar to‘langandan so‘ng amalga oshirish mumkin.
Lizingga nisbatan bunday rejim xalqaro lizing shartnomasi bo‘yicha mulkka
egalik huquqi lizing beruvchidan lizing oluvchiga o‘tgan
hollarda yoki lizing
kompaniyasi lizing predmetini kelgusida lizingga berish uchun chet ellik
ta’minotchidan sotib olgan hollarda qo‘llanadi.
63
Vaqtinchalik kiritish rejimi xalqaro lizing shartnomalari bo‘yicha
kiritiluvchi, lekin mulkka egalik huquqining lizing beruvchidan lizing oluvchiga
o‘tishi ko‘zda tutilmagan hollarda qo‘llanadi. Ko‘rsatilgan rejim bojxona
to‘lovlari va soliqlarni to‘lashdan to‘liq (2001 - yilning 21
- avgustida
tasdiqlangan Hukumatning 1092-sonli Qarorida tasdiqlangan ro‘yxatga
kiritilgan tovarlar bo‘yicha) yoki qisman (ushbu ro‘yxatga kiritilmagan tovarlar
bo‘yicha) ozod qilishni ko‘zda tutadi.
Vaqtinchalik kiritish muddati uch yildan ortishi mumkin emas. Yuqorida
qayd etilgan qaror bilan tasdiqlangan «Transport vositalari va tovarlarni
vaqtinchalik kiritish bojxona rejimi qo‘llanuvchi lizing predmetlari ro‘yxati»ga
kiritilgan tovarlar bo‘yicha vaqtinchalik kiritish muddati lizing shartnomalari
muddatiga muvofiq belgilanadi.
Vaqtinchalik kiritish rejimi erkin muomala rejimiga o‘zgartirilgan
hollarda (masalan, lizing shartnomasiga mulkka egalik huquqining boshqalarga
berilishi ko‘zda tutiluvchi o‘zgartirishlar kiritishda) bojxona to‘lovlari va
soliqlar to‘liq yoki ilgari to‘langan summani hisobga olgan holda to‘lanishi
lozim. Bunda keyinchalik moliyaviy lizingga berish
uchun import qilishda
QQSdan ozod qilinuvchi asosiy vositalar ro‘yxatiga kiritiluvchi lizing
predmetlari bo‘yicha QQS to‘lanmaydi.
Hozirgi paytda
Do'stlaringiz bilan baham: