54
5.2. Lizingning jahon integrasiyasi bilan bog‘liqlikda rivojlanishi
Amerikaning ikkita yirik kompaniyasi
- General Motors Acceptance
Corp. va GE Capital jahondagi eng yirik lizing kompaniyalari bo‘lib, ularning
lizing operatsiyalari hajmi deyarli bir xil hisoblanadi. Bundan tashqari, GE
Capital aktivlar hajmiga ko‘ra boshqa barcha kompaniyalardan deyarli ikki
baravar oldindadir. U ichki bozor bilangina cheklanib qolmay, xorijiy bozorlarni
ham faollik bilan egallab olmoqda.
Amerikaning keyingi uchta kompaniyasi - AT & Capital, BOT Financial
Corp va IBM Credit Corp ham lizing shartnomalari hajmi sezilarli o‘sib
borayotgan kompanyalardan hisoblanadi. Bundan tashqari, birinchi o‘nlikdan
Yaponiyaning Orix Corporation kompaniyasi va Yevropaning to‘rtta lizing
kompaniyasi o‘rin olgan. Yaponiyaning eng yirik
lizing kompaniyasi Orix
Corporation faoliyatida lizing faoliyatining faollashuvi kuzatilmoqda. Hisobot
ma’lumotlariga ko‘ra, bu kompaniyada lizing hajmi o‘rtacha 1,3 % ortgan.
Fransiyaning Sociate Generale lizing kompaniyasi 1968 - yildan boshlab
dunyoda eng tarqalgan “Sogelease” lizing tuzilmalari tarmog‘ini yarata
boshladi. Bu tarmoq hozirgi kunda jahondagi 27 ta firmani o‘z ichiga oladi. 10
yillik faoliyat davomida lizing operatsiyalari hajmi 1,6 mlrd. AQSH dollaridan
5,4 mlrd. AQSH dollarigacha, ya’ni to‘rt baravar o‘sdi.
1
Bu kompaniyalar uchun umumiy jihat shuki, jahon lizing biznesida
yetakchi o‘rinlarni yirik ishlab chiqaruvchilar
- General Motors, General
Electric, Daimer Benz (debics) va IBM tomonidan tuzilgan moliya tuzilmalari
egallagan. Jahondagi eng yirik lizing kompaniyalari – kelajakdagi potensial
hamkorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mamlakatimizdagi lizing oluvchilar uchun
lizing loyihalarini amalga oshirishda foyda keltirishi shubhasiz, albatta.
Bunga
sabab shuki, yuqorida sanab o‘tilgan kompaniyalardan har birining
imkoniyatlari lizing bitimini amalga oshirish uchun yetarliligini aniqlashga
imkon beradi hamda dastlabki tanishib chiqish uchun muhim ahamiyat kasb
etadi.
Lizing
qo‘llanayotgan
mamlakatlarning
ko‘pchiligida
lizing
kompaniyalari o‘z manfaatlarini himoya qilish va lizing bznesini rivojlantirish
uchun milliy lizing assotsiatsiyalarini tuzib olganlar.
Uchta qit’ada Milliy lizing assotsiatsiyalari lizing tarmog‘ini xalqaro
miqyosda
namoyon etish, boshqa xalqaro tashkilotlar bilan aloqa qilish, lizing
sohasida bilimlar to‘plash, bahs va munozaralar o‘tkazish uchun mintaqaviy
tashkilotlarga asos solganlar.
1
www.innov.ru/leasing/newsi/in-i.htm
55
Yevropada bu shtab-kvartirasi Bryusselь shahrida joylashgan Leaseurope
(asbob-uskunalar lizingi bo‘yicha kompaniyalarning Yevropa federativ
uyushmasi).
Osiyoda – sekretariati Singapurda joylashgan Asia lease.
Janubiy Amerikada – sekretariati Meksikada joylashgan Fela lease Lotin
Amerikasi lizing Federatsiyasi.
Yuqorida sanab o‘tilgan uch federatsiya hamda AQSH va Avstraliyaning
lizing kompaniyalari assotsiatsiyalari Jahon lizing kengashini (World leasing
Counsil) tuzdilar.
Lizing biznesi tobora ko‘proq kompaniyalarni qamrab olmoqda. Bu holat
Rossiyada lizing kompaniyalari assotsiatsiyasini tuzish zaruratini tug‘dirdi va bu
assotsiatsiyaga 1994 - yil 5 - mayda asos solindi.
Bundan tashqari, yengil va yuk avtomobillari, samolyotlar, kompyuterlar
lizingi ishtirokchilari uchta ixtisoslashgan assotsiatsiya tuzdilar. Bular European
Car and Truck Rental Association (ECATRA) – yengil
va yuk avtomobillarini
ijaraga beruvchilarning Yevropa assotsiatsiyasi; International Association of air
craft lessors – samolyotlar lizingi bilan shug‘ullanuvchilarning xalqaro
tashkiloti; Europlan Computer leasing and trading association (ECLAT) -
kompyuterlar lizingi va savdosi Yevropa assotsiatsiyasidir.
Jahonning barcha mamlakatlarida xususiy va davlat korxonalari bilan
lizing operatsiyalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi “Orien Lizing
Grup” turidagi xalqaro lizing birlashmalarini tuzish xalqaro lizing
operatsiyalarini rifojlantirishga xizmat qildi. Bunda xalqaro lizing klublari ham
katta rolь o‘ynadi. Ularning faoliyati bir mamlakatdan boshqasiga lizing
obyektlarini yetkazib berishda vositachilik qilishga asoslanadi. G‘arbiy
Yevropada lizing klublariga misol qilib “Interliz” assotsiatsiyasini ko‘rsatish
mumkin.
U Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya,
Norvegiya, Fransiya, Germaniya, Shveytsariya
va Shvetsiyaning lizing
firmalarini birlashtiradi. “Lizklab” assotsiatsiyasiga esa Avstraliya va Yevropa
mamlakatlarining 10tasi kiradi. Osiyoda esa bunday birlashmalar qatoriga
“Eyshaliz” birlashmasini kiritish mumkin.
Xalqaro lizing bitimlari xalqaro lizing birlashmalaridan tashqari asosan
mamlakat ichida faoliyat yuritishi mo‘ljallangan milliy kompaniyalar tomonidan
ham amalga oshiriladi. Bunda bosh kompaniya chet elda o‘zining shu’ba
bo‘limlarini ochadi. Ularning ichida Amerika kompaniyalari yaqqol ajralib
turibdi – “Siti Korporeyshn”, “Benk Amerika korporeyshn”, “Kemikal Nьyu-
York Korp.”, “Menyufekchurers Xanover Korp.” kabi AQSH transmilliy
56
banklarining lizing bo‘linmalari shu’balari.
Asosan ular eksport lizing
operatsiyalari bilan shug‘ullanadilar.
Amerika kompaniyalariga Angliyaning “Barklayz Benk”, “Lloyds”,
“Neshnl Vestminster Benk” va “Midlend” banklariga mansub bo‘lgan lizing
kompaniyalari jiddiy raqobat ko‘rsatmoqdalar. Ularning umumiy eksport hajmi
1,5-4,5 %ni tashkil etadi.
Tinch okeani havzasida esa Yaponiyaning “Sumitomo” yirik moliyaviy
guruhining vakillari “Orient lizing” va “Djeneral Lizing” boshchiligidagi yapon
kompaniyalari mustahkam o‘rinlarga ega. Ularning umumiy eksportdagi ulushi
esa 2-4 %ni tashkil etadi.
Eksport lizingining ulushi hozircha uning ichki bozordagi rolini
tavsiflovchi ko‘rsatkichlardan ancha pastligi shubhasiz, albatta. Shu bilan birga,
eksport lizing operatsiyalarini o‘stirish uchun mavjud zaxiralar ham katta. Bu
zaxiralar rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida ijara xizmatlari savdosini
o‘stirishdan tashqari ichki bozori katta bo‘lgan rivojlanayotgan va yangi sanoat
mamlakatlarida lizing miqyosini kengaytirish bilan ham bog‘liq. Bu
mamlakatlarning lizing xizmatlariga ehtiyojlari
asosan ularni import qilish
hisobiga qondirilishi ko‘rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: