Fan bo‘yicha o‘quv adabiyotlarning qiyosiy tahlili.
Hozirgi davrda
lizingdan foydalanish nazariyasi va amaliyoti sohasida mamlakatimizdagi va
chet ellik olimlar tomonidan muhim tadqiqotlar amalga oshirilgan. Richard
Breyli, V. Xoyer, K.I. Shpittler kabi chet ellik iqtisodchilarning asarlarida
nazariy-metodologik muammolar tadqiq etilgan. Rossiyalik mutaxassislardan
V.D. Gazman, V.A. Goremikin, E.V. Kabatova, M.I. Leshenko va boshqalar
lizing nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Lizing va undan
foydalanish amaliyotining ayrim masalalari respublikamiz iqtisodchi olimlari
M.I. Yo‘ldashev, A. Ma’murov, O. Sobirov, D.G‘. G‘ozibekovlarning ilmiy
ishlarida yoritilgan.
V.D. Gazman tomonidan 2006 - yilda tayyorlangan “Lizing” nomli
darslikda lizingning paydo bo‘lish tarixi, lizing biznesning iqtisodiy va huquqiy
asoslari, lizing jarayonini texnologiyasi va asosi, lizing faoliyatining asosiy
hujjatlari tahlili kabi dolzarb muammolar batafsil bayon etilgan. Ushbu darslikda
lizing munosabatlarini davlat tomonidan rivojlantirishi
,
lizing faoliyatini
sug‘urtalash va lizing bo‘yicha imtiyozlar va preferensiyalar qo‘llanishi
ko‘rsatilgan.
D.G‘. G‘ozibekov, O.SH. Sabirov, A.G. Mo‘minov, O.M. Kuljonov
tomonidan 2004 - yilda tayyorlangan “Lizing munosabatlari nazariyasi va
amaliyoti” nomli o‘quv qo‘llanmada lizing munosabatlari ilg‘or mamlakatlar
tajribasi, lizing munosabatlarining nazariy asoslari, investitsion loyihalarini
moliyalashtirishda lizing samarasini aniqlash, lizing shartnomalarni tuzish va
lizing to‘lovlarini hisoblash, lizingning buxgalteriya hisobi kabi masalalar
ko‘rsatilgan.
O‘quv qo‘llanmada O‘zbekistonda lizing munosabatlari
rivojlantirish va kengaytirish masalalari, kichik biznes va tadbirkorlar faoliyatini
moliyalashtirishda lizingi qo‘llash imkoniyatlari ham yoritib berilgan.
V.A. Goremikin tomonidan 2003 - yilda tayyorlangan “Lizing” nomli
darslikda Rossiyani qonunlar va normativ hujjatlariga asoslangan holda muallif
tomonidan tuzilgan algoritm-chizmalar bilan lizing biznesini iqtisodiy va
huquqiy asoslari, lizing bitimlarini amaliy amalga oshirish iqtisodiy
2
Каримов И.А. Иқтисодиётни эркинлаштириш ва ислоҳотларни чуқурлаштириш – бизнинг
асосий вазифамиз. - Т.: Ўзбекистон, 2000, 399-б.
6
texnologiyasi, lizing kompaniyalarni tuzish jarayoni, lizing loyihalarni tanlash
va baholash mexanizmi kabi dolzarb muammolar batafsil bayon etilgan.
Mualliflar tomonidan tayyorlangan o‘quv qo‘llana namunaviy o‘quv
dasturi asosida yozildi. O‘quv qo‘llanadagi nazariy xulosalar bevosita amaliyot
bilan bog‘liq holda yoritishga harakat qilindi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |