O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/111
Sana29.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#592851
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111
Bog'liq
Lizing

Lizing beruvchi uchun: 
ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish va 
eski mijozlarni saqlab qolish; yangi mijozlarni jalb qilish; o‘zlarining bekor 
turgan mablag‘laridan samarali foydalanish, shuningdek qo‘shimcha foyda 
olish; mijozning to‘lov layoqati yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotishlarning 
kamayishi; davlat manfaatlariga rioya qilinishi. 
Lizing mulkini sotuvchi uchun: 
mahsulotni sotish bozorini kengaytirish; 
asbob-uskunalar uchun darhol kafolatlangan to‘lovni olish; asbob-uskunalarning 
kamchilik va nuqsonlarini aniqlash maqsadida aloqa o‘rnatish; mahsulotni 
yangilash sur’atlarini tezlashtirish; hisob-kitoblarning qulayligi; yordamchi 
asbob-uskunalarga 
talabning 
mavjudligi; 
vaqtincha 
foydalanilmayotgan 
texnikalardan daromad olish. 


14 
Davlat uchun: 
investitsiya qo‘yilmalaridan maqsadli foydalanish kafolati; 
investitsiya siyosatini faollik bilan amalga oshirish; mablag‘larni asosiy 
fondlarga an’anaviy moliyalashtirish kanallariga qo‘shimcha ravishda kiritish; 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi ishlab 
chiqaruvchilarning 
rivojlanishini 
rag‘batlantirish; 
ishlab 
chiqarishning 
rivojlanishiga qo‘shimcha ma’muriy organlar yaratmasdan, faqat iqtisodiy 
usullar yordamida investitsiyalar kiritish. 
Shu tariqa, lizing mulkni ishlab chiqaruvchi uchun ham, uni iste’mol 
qiluvchi uchun ham, investor uchun ham qiziqish uyg‘otadi. Iste’molchi uchun 
bu tadbirkorlik faoliyati uchun zarur bo‘lgan mulkni moliyalashtirish vositasi 
bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi uchun sotuv hajmini kengaytirishga imkon beruvchi 
qo‘shimcha sotish kanali hisoblanadi. Investor uchun esa lizing o‘z pul 
mablag‘laridan samarali foydalanish imkonini beruvchi kapital kiritishning 
foydali usulidir. 
Lizing to‘g‘risidagi fikrlarning obyektiv bo‘lishi uchun unga xos bo‘lgan 
bir qator kamchiliklarni ham sanab o‘tish lozim bo‘ladi:
1

inflyatsiya tufayli lizing mulkni sotib olish uchun olinuvchi qarzga 
qaraganda qimmatga tushishi mumkin; 

fan-texnika taraqqiyoti natijasida foydalanilayotgan mulk eskiradi, 
lizing to‘lovlari esa shartnoma muddati tugaguncha amalga oshiriladi; 

lizing oluvchi bankrotga uchragan taqdirda lizing beruvchi shartnomada 
ko‘rsatilgan badallarning qolgan qismi to‘lanishini talab qilishga haqli emas; 

lizing muddati tugagandan so‘ng lizing oluvchi eskirgan asbob-
uskunalarga ega bo‘ladi. 
Shu bilan bir paytda lizingda ijobiy xislatlar salbiy xislatlarga qaraganda 
ancha ko‘p bo‘lib, aksari mamlakatlarda lizingning rivojlanish tarixi jamiyatning 
xo‘jalik hayotida uning katta ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish