O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/111
Sana29.04.2022
Hajmi2,55 Mb.
#592851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
Lizing

 
 
 
 
 
 
 
 
 
moliyaviy oqimlar 
mulkiy munosabatlar 
1-chizma. Lizing bitimi va moliyaviy oqimlarning umumiy sxemasi. 
Ta’minotchi 
Lizing beruvchi 
Lizing oluvchi 
Bank 
Sug’urta 
kompaniyasi 



Mulkiy munosabatlar nuqtai nazaridan lizing bitimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan 
ikkita tarkibiy qismdan – oldi-sotdi munosabatlari va mulkdan vaqtinchalik 
foydalanish bilan bog‘liq munosabatlardan iboratdir.
1
Majburiyat huquqi nuqtai nazaridan bu munosabatlar ikki xil turdagi 
shartnomalar – oldi-sotdi va lizing (mulkni vaqtinchalik foydalanishga berish) 
shartnomalari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Lizing shartnomasida 
shartnoma muddati tugagach mulkni sotish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, bu holda 
mulkdan vaqtinchalik foydalanish munosabatlari oldi-sotdi munosabatlariga 
aylanadi. Faqat bu safar munosabatlar lizing beruvchi va mulkdan foydalanuvchi 
o‘rtasida bo‘ladi. 
Lizingga xos bo‘lgan jihatlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, uning murakkab uch 
tomonlama asosini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra 
lizing xuddi kredit bitimlaridagi kabi, mablag‘larni qaytarib olish shartida asosiy 
kapitalga kiritishni anglatadi. Boshqa tomondan, bitim ishtirokchilari kapitaldan 
pul ko‘rinishida emas, balki ishlab chiqarish shaklida foydalanadilar, bu esa uni 
investitsiyalash bilan yaqinlashtiradi. Uchinchidan esa, lizing ijara mexanizmi 
bilan chambarchas bog‘liqdir.
2
Biroq yuqorida sanab o‘tilgan munosabatlarning 
lizingga aynan xosligi to‘g‘risida gapirish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki ulardan 
hech biri alohida ravishda lizingda mulkchilik munosabatlari majmuasini 
tartibga sola olmaydi. Ulardan bir vaqtning o‘zida foydalanish va ularning 
o‘zaro bog‘liqligigina lizingni iqtisodiy faoliyatning yangi shakli sifatida yuzaga 
keltiradi. 
Demak, lizing murakkab tizim bo‘lib, o‘z ichiga investitsiya, kredit va ijara 
bitimlari elmentlarini kiritadi. Natijada ishlab chiqarish vositalarini ularni sotib 
olish va keyinchalik ijaraga berish yo‘li bilan vaqtinchalik foydalanishga berish 
bilan bog‘liq mulkchilik munosabatlari majmuasi amalga oshiriladi. 
Endi lizingga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlarni sanab o‘tamiz. Ular 
quyidagilardan iborat: 
1. Mulk va mulk ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)ni tanlash huquqiga mulkdan 
foydalanuvchi ega. 
2. Mulk sotuvchisi mulk lizingga berish uchun sotib olinayotganligini 
biladi. 
3. Mulk mulkdorga berilmasdan bevosita foydalanuvchiga beriladi va 
foydalanuvchi tomonidan ekspluatatsiya qilishga qabul qilinadi. 
1
Горемыкин В.А. Лизинг М.: Дашков и К
о
, 2003, 33 б.
2
Лещенко М.И. “Основы лизинга” М.: “Финансы и статистика”, 2001, 47 б. 


10 
4. Mulkdan foydalanuvchi kamchilik va nuqsonlar aniqlangan holda o‘z 
e’tirozlarini mulkdorga emas, balki hech qanday shartnoma munosabatlari bilan 
bog‘liq bo‘lmagan sotuvchiga bevosita bildiradi. 
5. Lizingga beruvchi mulkni o‘zi foydalanish uchun emas, balki uni 
vaqtinchalik foydalanishga berish uchun atayin xarid qiladi. 
6. Lizing shartnomasi amal qilayotgan davr mobaynida mulk lizingga 
beruvchining mulki hisoblanadi. 
7. Mulk egasiga uni vaqtinchalik foydalanishga berish uchun haq 
to‘lanadi. 
8. Mulkdan foydalanuvchi muddatidan oldin yoki shartnoma muddati 
tugagach uni sotib olish huquqiga ega bo‘ladi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish